5-Mavzu. Korxonaning asosiy va aylanma fondlari, ishlab chiqarish quvvatlari


Uskunalarni yuklanish koeffisienti


Download 68.14 Kb.
bet6/12
Sana22.03.2023
Hajmi68.14 Kb.
#1285884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ISH

Uskunalarni yuklanish koeffisienti ham uskunalardan vaqt bo`yicha foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffisientidan farqli ravishda, u mahsulotning mehnat sig’imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig’imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu koeffisient quyidagicha bo`ladi:  0, 72 Кyuk
2
Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to`liq baholash uchun ekstensiv ko`rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo`yicha yuklanish tabiatini o`rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda yuqorida aytib o`tilganidek, texnologik uskunalar amaldagi unumdorligining, ya`ni texnik asoslangan progressiv unumdorlikning me`yoriy unumdorlikka nisbati asosida, ya`ni uskunalardan intensiv foydalanish koeffisientidan foydalanish, uni quyidagi formula bo`yicha hisoblash mumkin:
ICh

 int  ICh haq ;
m
Bu erda: ICHxak  vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy mahsulot miqdori;
ICHm  vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish me`yori.
Misol. Pasport ma`lumotlari bo`yicha dastgohda bir soatda 100 ta detal’ yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta detal’ tayyorlandi. U holda Kintq0,8 (80:100), ya`ni dastgohdan quvvat bo`yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi.
Uskunadan integral foydalanish koeffisienti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffisientlarining ko`paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo`yicha band bo`lishini (foydalanilishini) majmuaviy tavsiflaydi.
Bizning misolimizda Keks q 0,71 va Kint q 0,8 bo`lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffisienti quyidagiga teng bo`ladi:
Кintegr . К eks * Кint  0, 71 * 0,8  0, 57
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat ko`rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo fond qaytimi haqida to`xtalib o`tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo`yicha) to`g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni tavsiflaydi.
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (T) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:
F  Т k F
k
Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo`lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
F
F o’r
s
Т
Fond sig’imi kapital qo`yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko`paytirish bilan uzviy ravishda bog’liq bo`ladi. Masalan, mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o`suvchi bo`lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo`yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
I k  F s  V
Bu erda: Ik – kapital qo`yilmalarni tejash, so`m;
Fs – hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o`tgan yildagiga nisbatan o`zgarishi, so`m.
Har bir korxona o`z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta`minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o`tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zarurat tug’diradi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

  • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;

  • uskunalarning smenalik koeffisientini oshirish;

  • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;

  • ta`mirlash va profilaktika tadbirlarini o`z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;  uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;  ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta`minlashni yaxshilash.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol’ o`ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha salohiyat imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – ma`lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo`lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko`ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko`rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o`rtasidagi o`zaro nisbatiga ko`ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko`rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • uskunalar tarkibi va turlar bo`yicha soni;

  • uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy me`yor

(me`yor)lari;

  • uskunalarning ishlash vaqti fondi;

  • ishchilar soni;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilmaxilligi).

Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o`rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko`zda tutilgan bo`ladi. qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. SHu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko`pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zaxiradagi uskunalardan tashqari, barcha o`rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba`zi bir sexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt me`yori yoki har bir uskunaning unumdorlik me`yorlari muhim ahamiyatga ega bo`lib, ular ilg’or hamda progressiv bo`lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo`g’inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:
K  n  F maks M
t
Bu erda: K -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o`lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati; n - sex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
Fmaks – etakchi uskunadan foydalanish mumkin bo`lgan maksimal ish vaqti fondi soat; Mt – etakchi uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, me`yori, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba`zida xatolar, ular o`rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zaxiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo`lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o`rtasidagi printsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo`lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o`rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Кo’r.yil  Кy. b  К k  n 1  К ch  n 2
12 12
Bu erda: qo`r.yil – korxonaning o`rtacha yillik quvvati;
qy.b. – korxonaning yil boshidagi quvvati; qk – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Kch – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo`q qilinuvchi) quvvat; n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish
quvvatlari yo`q qilingandan to yil oxirigacha o`tgan to`liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo`lgan mazkur chora-tadbirlar, ko`pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo`li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta`minlash manbalariga bo`lgan ehtiyoji aniqlanadi.

Download 68.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling