5-Mavzu. Korxonaning asosiy va aylanma fondlari, ishlab chiqarish quvvatlari
Download 68.14 Kb.
|
ISH
birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko`rsatkichlari bo`lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zaxiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko`rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig’imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.
ikkinchi guruh - xususiy va natural ko`rsatkichlar bo`lib, ko`proq asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq. Ko`rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffisienti, ulardan vaqt bo`yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi; asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffisienti, ulardan quvvat bo`yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi; asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffisienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi. Ko`rsatilgan ko`rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma`noga ega bo`lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo`yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-uskunalarning smenalik koeffisienti, uskunalarni koeffisienti, smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan smenalarda foydalanish koeffisienti kabi ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffisienti mazkur uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo`yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi. t haq К eks t rej Bu erda: txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar; trej – uskunalarning me`yorga asosan foydalanish muddati, soatlar. Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta`mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo`lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffisienti 0,71 (5(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi. Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o`nta yoki yuztasidan foydalaniladi. SHu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffisienti - sutka davomida mashina-smenalarning o`rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o`rinlariga nisbatini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu holda smenalilik koeffisienti quyidagi formula asosida aniqlanadi: MS K sm A u. s Bu erda: MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig’indisi; Au.s. - o`rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni. Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360 mashinasmena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta quyuv stanoklari esa 30 mashinasmena ishlagan. Ushbu holda barcha stanoklardan foydalanishning smenalilik koeffisienti quyidagicha topiladi: К sm 1 , 47 200 60 40 Uskunalarning smenalilik koeffisientini aniqlashning yana bir yo`li bo`lib, unga ko`ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan ham to`liq foydalanilmasligi ko`zda tutiladi. Masalan, sexda 270 dona uskuna o`rnatilgan bo`lib, birinchi smenada ulardan 200 tasi, ikkinchi smenada esa 190 tasi ishlagan. Bu holda uskunalarning smenalilik koeffisienti 1,44 (200190)270) ni tashkil qiladi. Download 68.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling