5-мавзу: Кредитнинг бахоси ва унга таъсир килувчи омиллар Режа


Муомала харажатларини тежаш функтсияси


Download 50.64 Kb.
bet6/7
Sana25.02.2023
Hajmi50.64 Kb.
#1230269
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5(s)-mavzu.Kreditning bahosi va unga ta\'sir qiluvchi omillar

3. Муомала харажатларини тежаш функтсияси.
Кредит вужудга келиш давридан бошлаб ҳақиқий пулларни (олтин, кумуш) кредит пуллари – векселлар, банкноталар, чеклар билан алмашинишини таъминлаб келган. Лекин, олтиннинг монетар аҳамияти йўқолиши туфайли кредит шу функтсияси ёрдамида нақд пулсиз ҳисобкитобларни ривожлантириб, ҳисобкитобларнинг тезлигини ва кам харажатлигини таъминламоқда. Капиталнинг муомалада бўлиш вақтининг иқтисод қилиниши унинг ишлаб чиқаришда бўлиш вақтини оширади ва бу ишлаб чиқаришни кенгайтиришга, фойданинг ортишига олиб келади.
Бу функтсиянинг амалга ошиши кредитнинг иқтисодий моҳиятидан келиб чиқади. Унинг манбаи саноат ва савдо капиталининг доиравий айланиши жараёнида вақтинча бўшаган молиявий маблағлар ҳисобланади. Хўжалик субъектлари пул маблағларининг келиб тушиши ва ишлатилиши ўртасидаги вақт бўйича фарқ фақатгина ортиқча маблағлар ҳажмини эмас, балки молиявий маблағларнинг этишмовчилигини ҳам аниқлаб беради. Шунинг учун корхона ва ташкилотларнинг ўз айланма маблағларининг вақтинчалик этишмовчилигини тўлдириш учун ссудалар бериш кенг тарқалиб борган.
4. Капитал тўпланишининг жадаллашуви ва контсентратсиялашуви функтсияси.
Капитал тўпланиши жараёни иқтисодий ривожланишнинг барқарорлашуви ва хўжалик юритувчи ҳар бир субъектнинг мақсадга эришишининг муҳим шарти ҳисобланади. Бу масалани ҳал қилишга ва ишлаб чиқаришни кенгайтиришга, шунинг билан бирга қўшимча фойда олишга қарз маблағларидан фойдаланиш ёрдам беради. Шуни таъкидлаб ўтиш зарурки, иқтисодий инқироз даврида бу ресурсларнинг қимматлилиги кўпчилик хўжалик фаолияти жабхаларида капитал тўпланишини жадаллаштириш масаласини хал қилишда тўсқинлик қилади. Шунга қарамасдан, кўриб чиқилаётган функтсия хозирги шароитда режали иқтисодиёт даврида ривожланмаган ва маблағлар билан таъминланмаган фаолият жабҳаларини молиявий маблағлар билан таъминланиш жараёнини сезиларли тезлаштирди.
5. Муомалага тўлов воситаларини чиқариш функтсияси.
Бу функтсиянинг амалга ошиши жараёнида кредит фақатгина товар эмас, балки пул муомаласининг жадаллашувига, ундан нақд пулларни сиқиб чиқариб, тўловлар айланишининг тезлашувига ижобий таъсир кўрсатади. Кредит туфайли пул муомаласи доирасига вексел, чек, кредит карточкалари каби воситалар киритилиб, нақд пулли ҳисобкитобларни нақдсиз оператсиялар билан алмаштиради. Бу эса ички ва халқаро бозордаги иқтисодий муносабатлар механизмини осонлаштиради ва тезлаштиради. Бу масалани ҳал этишда тижорат кредити замонавий товар алмашинувининг керакли элементи сифатида муҳим ўрин тутади.
Фантехника тараққиётининг жадаллашуви ҳам кредит орқали самаралироқ амалга оширилиши мумкин. Урушдан кейинги йилларда фантехника тараққиёти ҳар бир мамлакат ёки алоҳида хўжалик юритувчи субъект иқтисодий ривожининг ҳал қилувчи омилига айланган. Кредитнинг фантехника тараққиётини жадаллаштиришдаги ўрнини фантехника ташкилотларининг фаолиятини молиялаштириш жараёни орқали кузатиш мумкин. Илмий тадқиқот ишларини олиб борувчи марказларнинг нормал ишлаб туришини таъминлаш учун ҳам, улар фаолиятини молиялаштиришда кредит ресурслари ишлатилиши мумкин. Шунингдек, кредит инноватсион жараёнларда ишлаб чиқаришга илмий тадқиқот натижаларини жорий қилиш ва ишлаб чиқариш технологиясини ўзгартириш билан боғлиқ харажатларни молиялаштириш жараёнларини амалга ошириш учун зарур.
Албатта, корхоналарнинг маблағлари этарли бўлгани ҳолда, бу турдаги харажатлар дастлаб корхоналарнинг ўз маблағлари ҳисобидан молиялаштирилади, шунингдек, ўз маблағлари этарли бўлмаган шароитда банкнинг мақсадли ўрта ва узоқ муддатли ссудалари ҳисобидан ҳам амалга оширилиши мумкин.


Hozirga qadar insoniyat kreditdan uch asosiy shaklini biladi 1. Sudxo’rlik krediti 2. Tijorat krediti 3. Bank krediti Kredit munosabatlarini rivojlanishini birinchi bosqichi quldorlik tizimiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda sudxo’rlik krediti paydo bo’ldi. Sudxo’rlik kreditini yuzaga kelishi uchun quyidagi shart sharoitlar mavjud edi: 1. Aholining kambag’al qatlamining juda og’ir sharoitlarda yashaganligi 2. Pul shaklidagi kapitalning aholining ma’lum qatlamlari qo’lida to’planib qolganligi 3. Harbiy xarajatlarni moliyalashtirishning zarurligi Sudxo’rlik krediti juda yuqori foizda berilgan va uning muddati juda qisqa bo’lgan. Natijada sudxo’rlik krediti olganlarning asosiy qismi kreditni qaytara olmay qullarga aylangan. Natijada jamiyatda sudxo’rlik bilan qarzdorlar o’rtasida juda kuchli dushmanlik paydo bo’lgan. Natijada sudxo’rlik krediti jamiyat tomonini ham davlat tomonini ham qatti qoralandi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan tovarlarni kreditning sotish zaruriyati yuzaga keldi. Natijada tijorat krediti paydo bo’ldi. Bu kredit munosabatlari rivojlanishining 2-bosqichi edi. Lekin insoniyat kreditning eng qulay shakli sifatida babnk kreditini tanladi. Eng asosiy sabab bank kreditining pulga berilishidir. Pul butun dunyoda eng yuqori likvidli aktiv hisoblanadi. Sudxo’rlik krediti jamiyat a’zolari o’rtasida kuchli dushmanlik kayfiyatining shakllanishining sabab bo’lganligi uchun butun dunyoda qonun hujjatlari bilan taqiqlandi. Sudxo’rlik krediti quldorlik tuzumining yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ldi. Yevropalik va Amerikalik olimlar sudxo’rlik krediti faqat pulda berilganligini e’tirof etishadi.lekin bizning ajdodlarimiz tovar ko’rinishida ham sudxo’rlik krediti berganlar. Tijorat kreditining paydo bo’lishining ikkita asosiy sababi bor: 1. Tovar ishlab chiqarishhjmining oshishi bilan Tovar ishlab chiqarishda tovarlarni sotish muammosi paydo bo’ldi. Natijada omborxonalarda tayyor maxsulotlar to’planib qoldi. 2. Tovarlarni sotib oluvchilar har doim ham tovarni sotib olish uchun zarur zarur bo’lgan miqdorda pul mablag’lariga ega bo’lmaydilar Tijorat kreditida kreditning obyekti tovarlar hisoblanadi. Tijorat krediti veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bu vekselga foiz to’lanadi. Ana shu foiz tijorat kreditining foiz stafkasi hisoblanadi. Mol yetkazib beruvchilarning ma’lum qismi pul mablag’larining muhtoj bo’lib tovarlarning summasini oldinroq olishni xohlar edilar. Bu masalani hal qilish uchun banklar yetib keldi. Mol yetkazib beruvchini vekselni bankka sotishi iqtisodiy fanda vekselni bankda hisobni olish deb ataladi. Bank vekselini o’zining hisob stavkasi bo’yicha sotib oladi. Tijorat vekselini banklarda hisobga olinishi natijasida bank kreditining 2 yangi shakli paydo bo’ldi. 1. Faktoring 2. Forfeyting Tijorat krediti qator kamchiliklariga ega: 1. Tijorat kreditini egiluvchanlik darajasi past ya’ni tijorat krediti hisobidan aniq bir tovar sotib olinadi. Shu kredit berilgan tovarlar xarid qilish imkoni yo’q 2. Tijorat krediti bank kreditining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin 3. Tijorat krediti pul muomalasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Chunki tijorat vekseli pulning to’lov vositasi funksiyasini bajara oladi. Shu sababli muomalada tovarlar bilan ta’minlanmagan veksellarni paydo bo’lishi pul muomalasini izdan chiqaradi. Tijorat krediti quyidagi avzalliklarga ega: 1. Tijorat kreditini indossament orqali boshqa shaxsga uzatish mumkin. Bu esa korxonalar o’rtasidagi debitor va kreditor qarzlarni qisqartirish imkonini beradi. Indossament vekselning orqa tomoniga yoziladigan maxsus yozuv bo’lib u vekselni qabul qilgan shaxs indassat deyiladi 2. Tijorat krediti korxonalarning foizli xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Agar tijorat krediti bo’lmaganda korxonalar faqat bank kreditini foydalangan bo’lar edi. Bank kreditining foiz stavkasi esa har doim tijorat kreditining foiz stavkasi yuqori bo’ladi Bank krediti faqat pul mablag’lari shaklida beriladi. Pul esa likvidlik darajasi eng yuqori bo’lgan aktiv hisoblanadi. Bank kreditlar iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o’rin eggalaydi. Banklarning qisqa muddatli kreditlari hisobidan xo’jalik yurituvchi subyektlarning aylanma mablag’lariga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsion xarajatlari banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Korxonalarning investitsion xarajatlariga texnika va texnologiyalar sotib olish hamda ishlab chiqarish obyektlarni qurish kiradi. So’nggi yillarda yirik investitsion loyihalarni sinditsiyali kredit hisobidan moliyalashtirish jadal rivojlanmoqda. Sinditsiyali kredit bitta loyihani ikki yoki undan ortiq banklar tomonidan moliyalashtirish uchun berilgan kredit. Banklarning kreditlari aholining turmush faravonligi oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday bank krediti qaytarib berishlik, muddatlilik, foiz to’lashlilik va ta’minlanganlik prinsipi orqali beriladi. Shu sababli kredit oluvchi kreditni qaytara oladigan darajada to’lovga qobil bo’lishi kerak. Kreditlar foiz stavkalari asosida beriladi. Foiz stavkasi kreditning bahosi hisoblanadi. Shu sababli foiz stavkasining ko’tarilishi kreditlarga bo’lgan talabni kamaytiradi, stavka pasaysa, kreditlarga bo’lgan talab oshadi. Kreditlarning foiz stavkalarining quyidagi turlari mavjud: 1. Nominal foiz stavka 2. Real foiz stavka = nominal foiz stavka +inflyatsiya 3. Qat’iy belgilangan stavka. Bu stavka kreditlash davomida o’zgarmaydi 4. Suzuvchi foiz stavkasi. Bu stavka doimiy ravishda o’zgarib turadi va kredit o’zgargan stavkada to’lanadi. Banklar har doim suzuvchi stavkada kredit berishdan manfaatdordir. Chunki kredit suzuvchi stavkada berilsa, foiz stavkasi qanday o’zgarishidan qat’iy nazar bank oladigan foyda o’zgarmaydi. Banklarni kreditlardan foiz ko’rinishida oladigan daromadi 2 xil shaklda bo’ladi. 1. Marja 2. Spred Marja bank bilan mijoz o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Spred bank bilan bank o’rtasidagi munosabatni xarakterlaydi. Kreditlar mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishining salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Ushbu salbiy ta’sir quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1. Hukumatning xarajatlarini Markaziy bankning kreditlari hisobidan qoplanishi, muomalaga tovar – moddiy qiymatliklar bilan ta’minlanmagan pullar paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu esa inflyatsiyaning kuchayishiga va milliy valyuta qadrsizlanishiga olib keladi 2. Kreditlarning o’z vaqtida qaytmasligi, tijorat banklarida likvidlilik moammosini keltirib chiqaradi. Natijada banklar orqali o’tadigan to’lovlarni o’tmay qoladi. Bu esa iqtisodiyotga jiddiy ziyon yetkazadi. 3. Kreditlar bahosining yuqori ekanligi yoki kreditlarni suzuvchi stavkada berilishi natijasida ularning bahosining oshib ketishi kreditlarning qaytmasligiga sabab bo’ladi. Bu esa ko’plab tadbirkorlarni o’z biznesini mahrum bo’lishiga olib keladi. 4. Xalqaro kreditlarning o’z vaqtida qaytmaslig

Download 50.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling