5-Mavzu. Lobachevskiy geometriyasi elementlari. Lobachevskiy tekisligida to’g’ri chiziqlar, ekvidistant va orisikl chiziqlar
Download 193.83 Kb.
|
5-Ma\'ruza geometriya
tashqarqaridagi T nuqtada kesishgan edi. Pash postulatini ACS uchburchak va uning uchlaridan oʻtmagan r toʻgʻri chiziqqa nisbatan qoʻllab r ning CS bilan C va S orasidagi kesishganini, ya’ni r toʻgʻri chiziqning a bilan kesishganini isbotlaymiz. Teorema toʻla isbotlandi. Bundan buyon a ga parallel boʻlgan b toʻgʻri chiziq haqida gapirganda, b da alohida nuqtani koʻrsatib oʻtirmaymiz, chunki isbot qilishimizga asosan, bm toʻgʻri chiziq a ga oʻzining hamma nuqtalariga nisbatan berilgan yoʻnalishda paralleldir. Teorema. Agar b toʻgʻri chiziq a toʻgʻri chiziqqa berilgan yoʻnalishda parallel boʻlsa, a toʻgʻri chiziq ham oʻz navbatida b toʻgʻri chiziqqa oʻsha yoʻnalishda paralleldir (9-chizma). 9-chizma Buni isbotlash uchun quyidagilarga ishonch hosil qilish kerak: 1) a toʻgri chiziq b toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydi; 2) aAC burchakning a bilan ixtiyoriy burchak tashkil qilgan har qanday p toʻgʻri chizigʻi b bilan kesishadi (C bilan b dagi ixtiyoriy nuqta belgilangan). b ning a ga parallelligi, va shu tufayli a ning b bilan kesishmasligiga asosan, bu tasdiqlarning birinchisi toʻgʻridir. Ikkinchisini isbotlash qoladi, b toʻgʻri chiziqqa AB perpendikulyar tushiramiz va b da B nuqtaning turli tarafidan shunday ikki M, N nuqta olamizki, NAB BAM 2 boʻlsin. AMB burchakni γ bilan belgilaylik; γ<bNA, chunki bNA burchak ANM uchburchakning tashqi burchagidir. AN toʻgʻri chiziq bilan δ (δ= AMB=γ) burchak tashkil qilgan r toʻgʻri chiziqni yasaylik. r toʻgʻri bilan S nuqtada kesishadi. Bu — b ning a toʻgʻri chiziqqa parallelligidan kelib chiqadi. Soʻngra b toʻgʻri chiziqqa M nuqtadan boshlab parallellik tomoniga qarab MR=NS kesmani qoʻyamiz va AMR ni olamiz. Bu uchburchak NAS uchburchakka tengdir, chunki yasashimizga koʻra: AM=AN, MR=NS va . Agar ΔANS ni soat strelkasiga qarshi tomonga A nuqta atrofida 2 dan iborat burchakka burasak, u AMR uchburchak bilan ustma-ust keladi. Jumladan, AS tomon buralishdan
soʻng AR bilan ustma-ust keladi; demak RAS 2 lekin
2 yoki
2 , shu sababli p toʻgʻri chiziq MAR uchburchakning A burchagi ichiga kiradi va shuning uchun, bu uchburchakning MR tomoni bilan kesishadi. Xullas, p toʻgʻri chiziq b bilan kesishadi. Ammo p esa BAa burchakning ixtiyoriy toʻgʻri chizigʻidir. Shunday qilib, a toʻgʻri chiziqning b toʻgʻri chiziqqa A nuqtaga nisbatan parallelligi isbot qilindi. Oldingi teoremadan, a toʻgʻri chizq b ga oʻzining istagan nuqtasiga nisbatan ham parallel degan natijani chiqaramiz. Hozir isbotlangan teorema, a va b toʻgʻri chiziqlar berilgan yoʻnalishda oʻzaro parallel deb gapirishga imkoniyat beradi. 10-chizma 11-chizma Download 193.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling