5-Mavzu. Lobachevskiy geometriyasi elementlari. Lobachevskiy tekisligida to’g’ri chiziqlar, ekvidistant va orisikl chiziqlar
Download 193.83 Kb.
|
5-Ma\'ruza geometriya
b va c toʻgʻri chiziqlar a toʻgʻri chiziqdan turli tarafda yotadi (10- chizma). b toʻgʻri chiziqda B nuqtani va c toʻgʻri chiziqda C nuqtani olamiz. BC kesmaning chetlari a toʻgʻri chiziqdan turli tarafda yotgani uchun BC kesma a bilan A nuqtada kesishadi. Shartga koʻra a ga b paralleldir, shu sababli, bBC burchakdagi istalgan r toʻgʻri chiziq a toʻgʻri chiziq bilan (S nuqtada) kesishadi va aSC burchak ichiga qarab, c toʻgʻri chiziq bilan kesishadi. Bundan tashqari, a toʻgʻri chiziqdan turli tarafda yotgani sababli, b va s toʻgʻri chiziqlarning oʻzlari ham kesishmaydi. Shunday qilib, b toʻgʻri chiziq c toʻgʻri chiziqqa paralleldir.r nurning SBC yarimtekislikda oʻtkazilganligi tufayli, b bilan c a toʻgʻri chiziqqa qaysi yoʻnalishda parallel boʻlsa, b oʻsha yoʻnalishda c ga paralleldir.
b va c toʻgʻri chiziqlar a ga bir yoʻnalishda parallel, lekin a toʻgʻri chiziqdan bir tarafda yotadi (11-chizma). Uchta nuqta olaylik. A ni a toʻgʻri chiziqda, B ni b da va C ni c da. B va C nuqtalarni A bilan tutashtiramiz; aniqlik uchun b toʻgʻri chiziq a bilan c orasida yotsin. c ning b bilan kesishmasligini isbotlaylik. Haqiqatan, c toʻgʻri chiziq b bilan kesishsa, u holda c bir-biriga parallel b va a toʻgʻri chiziqlar orasidagi sohaga ularning parallellik tomonidan kirar edi va shuning uchun a bilan kesishar edi. Ammo c ning bu yoʻnalishda a ga parallelligi tufayli, bu hol yuz bera olmaydi. Endi Bad va CAa burchaklarning umumiy qismiga qarashli boʻlgan istalgan p toʻgʻri chiziqni olaylik (chizmaga qarang), a ning b va c ga parallelligi sababli, p toʻgʻri chiziq ham b bilan (C da) ham c bilan (R da) kesishadi. cRA burchakda istalgan r toʻgʻri chiziq oʻtkazaylik. c ning a ga parallelligidan a toʻgʻri chiziq bilan r (Q nuqtada) kesishadi. Demak, r toʻgʻri chiziq b bilan ham kesishadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun ARQ uchburchak va b toʻgʻri chiziqqa Pash postulatini qoʻllash kifoya qilinadi. Shunday qilib, teoremaning ikkinchi qismi ham isbotlandi. Endi parallel ikki toʻgʻri chiziqni olib, ularning bir - biridagi nuqtadan ikkinchi toʻgʻri chiziqqacha boʻlgan masofaning nuqta birinchi toʻgʻri chiziq boʻylab parallelizm yoʻnalishida yoki unga qarama – qarshi yoʻnalishda harakatlana borishi bilan ,oʻzgarishini tekshiraylik. Olingan nuqta A boʻlsin. A nuqtaning parallelizm yoʻnalishi boʻylab harakatlanishi bilan, AB masofaning monoton ravishda kamaya borganligini isbotlash oson. A ning qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanishi bilan AB monoton ravishda oʻsadi (12-chizma). 12-chizma Chindan ham, — oʻtkir, — oʻtmas boʻlganidan A'B' 13-chizma c ning b toʻgʻri chiziq bilan kesishganligini isbotlaylik. Buning uchun, C nuqtadan ilgarigi yoʻnalishda a ga parallel d toʻgʻri chiziqni oʻtkazamiz. d toʻgʻri chiziq b ga ham parallel boʻladi. c toʻgʻri chiziq dCA burchakka qarashlidir, demak u b toʻgʻri chiziq bilan C nuqtada) kesishadi, chunki d toʻgʻri chiziq b toʻgʻri chiziqqa parallel edi. b toʻgʻri chiziqda S ga nisbatan parallellik yoʻnalishida yotuvchi shunday D nuqtani olamizki, SDqCS boʻlsin. a ga tushirilgan DE perpendikulyarning uzunligi ga tengdir, chunki C va D nuqtalar va shu singari B va E nuqtalar S dan a ga tushirilgan perpendikulyarga nisbatan simmetrikdir va CBqDE q . Agar D nuqtani b boʻylab parallellik tomonga qarab siljitsak, masalan D׳ vaziyatiga keltirsak, uning a toʻgʻri chiziqqacha boʻlgan masofasi dan kichik boʻladi. DE DE . Hosil qilingan natija qisqacha shunday ifoda etiladi: parallel toʻgʻri chiziqlar parallellik tomonida bir-biriga asimptotik ravishda yaqinlashadi. Ba’zi mualliflar “parallel toʻgʻri chiziqlar” termini oʻrniga asimptotik toʻgʻri chiziqlar terminini ishlatadilar. Bunday toʻgʻri chiziqlarni Lobachevskiyning oʻzi yaqinlashuchi toʻgʻri chiziqlar deb atagan edi. Endi, parallelizm yoʻnalishiga qarama – qarshi tomonda parallel toʻgʻri chiziqlar nuqtalari orasidagi masofaning cheksiz oʻsishini koʻrsatamiz. Buning ma’nosi quyidagidan iborat: n kesma qancha katta olingan boʻlsada, b da harakatlanuvchi nuqtaning shunday D׳ vaziyatini koʻrsatish mumkinki, uning a toʻgʻri chiziqqacha boʻlgan masofasi n dan katta boʻladi. BA perpendikulyarda BCqn kesmani olib, berilgan yoʻnalishga qarama-qarshi yoʻnalishda a toʻgʻri chiziqqa C nuqtadan parallel c toʻgʻri chiziqni oʻtkazamiz (14-chizma). Bu c toʻgʻri chiziq b toʻgʻri chiziq bilan S nuqtada kesishadi, chunki b toʻgʻri chiziqning Ab' nurga qarashli nuqtalarining a toʻgʻri chiziqqacha boʻlgan masofalari, A dan B gacha boʻlgan masofadan katta; c toʻgʻri chiziqdagi nuqtalar esa, uning a ga parallellik tomonida a ga cheksiz yaqinlasha boradi. Bundan soʻngra, SDqSC ni qoʻyamiz va D dan a ga DE perpendikulyar tushiramiz. Xuddi oldingi holdagidek, DE va CB kesmalarning n ga tengligiga (DE=CB=n) 14-chizma ishonch hosil qilamiz va S nuqtadan D ga qaraganda uzoqroq turuvchi D' nuqtani olib, D'E' ning n dan kattaligini ( DE n ) isbot
Ixtiyoriy ikki a, b va a',b' mintaqani olaylik (15-chizma). b toʻgʻri chiziqda A nuqtani olib, undan a ga AB perpendikulyar tushiramiz. A' nuqtalarning a' toʻgʻri chiziqqacha masofalari nol bilan cheksizlik orasidagi barcha qiymatlarni qabul qilgani sababli, shunday A' nuqta topiladiki, A'B'q AB boʻladi; endi A'B' ni AB bilan ustma-ust keltirsak, olingan mintaqalardan birini ikkinchisiga yotqizgan boʻlamiz. Pirovardida AOB burchakning OA tomoniga tik va uning QB tomoni bilan kesishmaydigan qilib oʻtkazilgan birinchi perpendikulyar p ga qaytaylik (16-chizma) 16-chizma Download 193.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling