5-Mavzu. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi
Download 0.59 Mb.
|
5 mavzu SM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari
3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi. Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi. Yuqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini bajarishlari lozim. SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir” 5.2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi. Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy ko’rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. 36
(4. rasm) Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling