5-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida “Ilk qadam” dasturining ahamiyati. Reja
Download 44.43 Kb.
|
5-mavzu taxrirlandi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ilova Namunaviy o‘quv dasturi ilova Yillik mavzuviy reja namunasi
- ilova 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
- ilova 57 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi
bob. Ilovalar.
ilova MTM ta'lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar ilova Bolalar to‘liq kun mobaynida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi. Bolalar qisqa muddatda bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi ilova Namunaviy o‘quv dasturi ilova Yillik mavzuviy reja namunasi ilova 26 Namunaviy haftalik ish reja ilova 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi 5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi ilova 57 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. 1-bob. Umumiy qoidalar Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. MTM davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy: • davlat maktabgacha ta'lim muassasalari; • maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; • maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; • maktabgacha va boshlang‘ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. MTMda davlat o‘quv dasturini qo‘llash MTM davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim muassasasi davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi . MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. bob. MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari MTM ta'lim jarayonining maqsadlari O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari MTM ta'lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: • bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish; • ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; • bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; • bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; • o‘yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish; • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; • bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash; • MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; • milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Bolaning maktabgacha ta'lim muassasasidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. 2.3. Qo‘shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil qilish Qo‘shimcha ta'lim xizmatlari maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Qo‘shimcha ta'lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin. 2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta'lim faoliyati Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi. 2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: • ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; • ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. Download 44.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling