5 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja


Download 370.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana11.02.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1188605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 seminar

 
Gimnastika turlari va tasnifi 

Gimnastika kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan, uning asosiy 


fiziologik jarayonlarini kuchaytiradigan, garmonik rivojlanishiga yordam 
beradigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir. Gimnastika mashqlari tufayli 
hayotiy zarur harakat kо‘nikmalari, harakatlarning gо‘zalligi va aniqligi 
shakllanadi, asosiy jismoniy sifatlar – chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik
egiluvchanlik rivojlanadi. Gimnastika ilk bolalik chog‘idan qо‘llaniladi va kishi 
hayotining barcha yosh davrida davom ettiriladi. 
Gimnastikaning vazifasi kishi sog‘lig‘ini mustahkamlash jismoniy 
kamolotini takomillashtirish va uning rang-barang faoliyati uchun har tomonlama 
jismoniy tayyorgarlik kо‘rishni ta’minlashdir. Bundan tashqari gimnastika tо‘g‘ri 
qad-qomatni shakllantirish, gavdadagi turli nuqsonlarni tо‘g‘rilash va oldini olish, 
jarohatlardan sо‘ng harakat apparatining ish qobiliyatini tiklash, о‘z xarakatlarini 
boshqara olish malakasini tarbiyalashni ham nazarda tutadi. 
Oddiy va murakkab mashqlarning g‘oyat xilma-xilligi, tabiiy va sun’iy 
harakatlarning qо‘shilib ketishi buyumlarsiz, buyumlar bilan bajariladigan, 
asboblarda 
(snaryadlarda) 
bajarilidigan 
mashqlarning 
mushtarakligi; 
shug‘ullanayotgan organizmga umumiy, har tomonlama ta’sir о‘tkazish bilan u 
yoki bu mushak gruhlarining ayrim joylariga kо‘proq ta’sir kо‘rsata olish 
imkoniyati; fiziologik yuklamani shug‘ullanuvchilar organizmiga nisbatan aniq
muvofiqlashtirish imkoniyatining mavjudligi gimnastikaning boshqa jismoniy 
mashqlardan farq qiladigan xususiyatlaridir. 
Gimnastikada har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishga 
yordam beradigan xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin. Unda 
pedagogik vazifalar va organizmning psixologik xususiyatlariga mos keluvchi 
istalgan harakat va harakat faoliyati qо‘llanilishi mumkin. Gimnastikaga xos 
metodik usullar jismoniy mashqlar yordamida ayrim organlar va ayrim mushak 
gruhlariga, shuningdek turli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga katta ta’sir 
kо‘rsatish imkonini beradi.
Gimnastikada jismoniy yuklamani nisbatan aniq dozalash mumkin: xilma-xil 
mashqlar shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligi va bu mashqlarning organizmga 
ta’sirini qat’iy hisobga olgan holda belgilanadi va foydalaniladi. 
Mashg‘ulotlarning emotsionalligini oshirish, estetik hisni tarbiyalash, 
harakatlarni ritmliligini, aniqligi va ifodaliligiga erishish maqsadida gimnastika 
vaqtida musiqadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida о‘z 
harakat imkoniyatlarini baholash, harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini 
tushuna olish malakasi tarbiyalanadi. 
Gimnastika tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishning maxsus vositalariga 
ega: u harakatlarni oldindan shartlashilgancha aniq bajarilishini talab kiladi; 
mashg‘ulotlarning kun tartibiga, harakatlarning ongliligi va mustaqilligini, ijodiy 
tashabbusni kо‘zda tutadigan ta’lim jarayonini tashkil etishning о‘ziga xos 
uslubiga ega. Bularning hammasi intizomni, diqqatni tarbiyalashga xizmat qiladi, 
iroda va xarakterni mustahkamlashga yordam beradi. 


Gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etishga, jismoniy 
mashqlarni shug‘ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga muvofiq qо‘llashga 
hamda jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni 
muvafaqqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. 

Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling