5 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja


Download 370.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana11.02.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1188605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 seminar

Sport yо‘nalishidagi gimnastika. Sport gimnastikasining vazifasi umumiy 
jismoniy tayyorgarlikni oshirish va saqlashdan iboratdir. 
Badiiy gimnastika – harakatlarni takomillashtirishni kо‘zda tutadi va u sport 
xarakteriga egadir. Badiiy gimnastikaning asosiy mashqlari yuksak plastiklik, 
xarakatlar koordinatsiyasi va ifodaliligini egallashga yordam beruvchi musiqa 
bilan organik bog‘liqdir. 


Amaliy 
gimnastika. 
Professional-amaliy 
gimnastika 
muayyan 
mutaxassislikni (balandlikda ishlovchi montajchi, konchi, transport haydovchi…) 
egallashga yordam beruvchi harakat kо‘nikmalari va sifatlarini rivojlantiradi va 
takomillashtiradi. 
Ishlab chiqarishdagi gimnastika. 
Ishlab chiqarishdagi gimnastika – kishilarning ish qobiliyatini oshirish va 
saqlash maqsadida tashkil etiladi. U ish kuni tartibiga kiradi: kirish gimnastikasi 
ish oldidan, jismoniy pauza ish kuni jarayonida, tanaffuslarda о‘tkaziladi. 
Davolash gimnastikasi – davolash fizkulturasiga mansub bо‘lib, sog‘liq va 
ish qobiliyatini tiklashga qaratilgandir. U barcha kasalliklarda qо‘llaniladi va 
noixtisosli funksional terapiya vositasi hisoblanadi. Masalan, harakat apparati 
funksiyalarini jarohat va kasalliklardan sо‘ng tiklash, gavda tuzilishidagi nuqsonlar 
(turli deformatsiyalar) ni tuzatishda qо‘l keladi. Davolash gimnastikasi bemor 
kishilarning nerv tizimi holati va ahvolini yaxshilashga, ular kayfiyatini kо‘tarish 
hamda salbiy emotsiyalardan xalos etishga qaratilgandir. 
Shunday qilib, gimnastika jismoniy tarbiya vositalari biri sifatida turli о‘quv-
tarbiyaviy davolash tashkilotlarida va jamoalarda (korxonalar, muassasalar, 
fabrikalar, zavodlarda) hamda individual mashg‘ulotlarda bolalar, о‘smirlar va 
kattalarni jismoniy tarbiyalashning barcha davlat dasturlarining ajralmas qismini 
tashkil etadi. 

Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling