Gimnastika turlari va ularning tavsifi
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjuddir:
1.
Umumrivojlantiruchi gimnastika.
a) asosiy gimnastika;
b) gigiyenik gimnastika.
2.
Sport yо‘nalishidagi gimnastika.
a) sport gimnastikasi;
b) atletika;
v) badiiy gimnastika.
3.
Amaliy gimnastika
A) professional-amaliy gimnastika;
B) ishlab chiqarishdagi gimnastika;
v) davolash gimnastikasi kiradi.
Umumrivojlantiruvchi gimnastika. Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning
vazifasi salomatlik, umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U
harakat kо‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashga, tо‘g‘ri qad-qomatni
tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni
chiniqtirishni ta’minlashga qaratilgan.
a) Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlan-tiruvchi va asosiy
harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda jismoniy jihozlardan foydalaniladi. Asosiy
gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning
jismoniy rivojlanishiga, xilma-xil harakat kо‘nikmalarining takomillashuviga,
jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, о‘zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli
hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy foydalana olishga, о‘z imkoniyatlarini
tо‘g‘ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga,
egallangan bilim va kо‘nikmalarning hayot va faoliyat uchun ahamiyatini
tushunishga yordam beradi.
B) Gigiyenik gimnastika – kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga,
tо‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy tizimlar funksiyasini
(nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining faollashishi)
takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv
muolajalari, massaj hamda organizmni chiniqtirish bilan qо‘shilgan holda
gigiyenik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigiyenik gimnastika barcha
yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |