5-mavzu. Ma’naviy taraqqiyot
Download 16.58 Kb.
|
1 2
5-mavzu. Ma’naviy taraqqiyot. Ma’naviy yangilanish: imkoniyat va istiqbollar. O‘zbekistonning yangi uyg‘onish davrini yaratishga kirishish. Ma’naviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevor ekanligi. Milliy ma’naviyatimizga xavf solayotgan xatarlar. O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bugungi taraqqiyoti va istiqbolini belgilaydigan strategik tamoyillar hamda amaliy faoliyat dasturlarini yaratish va ularni hayotga joriy etish zaruriyatining vujudga kelishi. Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining ahamiyati katta ekanligi. Yangi ma’naviy makonni yaratish borasidagi vazifalar. O‘zbekistonning 2022-2032 yillarga mo‘ljallangan ma’naviy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishni va uni davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylantirish. “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi. Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi. Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning o‘z vaqtida berib borilishi. Yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi. Ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni o‘rnatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tizimli joriy etish. Yangi O‘zbekiston va ma’naviy yangilanish. Global makonda, o‘zaro raqobat, turli siyosiy, iqtisodiy, g‘oyaviy qarama-qarshiliklar nihoyatda kuchaygan hozirgi sharoitda yosh avlod tarbiyasining o‘rni va ahamiyati. Yangi O‘zbekiston mafkurasi avvalo insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik mafkurasi bo‘ladi. Fikrlar xilma-xilligi sharoitida, aholining turli tabaqalari vakillarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar samarasini ta’minlash. Milliy g‘oya targ‘iboti va mafkuraviy profilaktikaning zamonaviy usul va vositalari ta’sirchanligini ta’minlaydigan, azaliy qadriyatlarimiz, xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayot tarzini barbod qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi g‘oyalar va yot mafkuralarga qarshi faoliyatni hozirgi davr talablari darajasida tashkil etishga yordam beradigan samarali mexanizm shakllantirish. Ma’rifatli jamiyat sari. Jamiyat hayotida dunyoviy va diniy omillar o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatni to‘liq ta’minlash. Ma’rifatli jamiyatni barpo etishning dolzarb masalalariga hozirjavob bo‘lish, bu boradagi ishlarda mas’uliyatni doimo chuqur his qilib yashash bugungi davr talabi. Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish omillari. G‘oyaviy yangilanish bosqichining O‘zbekistonga xos ustuvor yo‘nalishlari va dolzarb vazifalari. Ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, ta’lim-tarbiyani rivojlantirish. Mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashnig ahamiyati. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash. Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalararo hamjihatlikni saqlash va mustahkamlash. Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling