5-mavzu. Markaziy osiyo xalqlari dinlari


Download 33.95 Kb.
bet4/9
Sana01.08.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1664181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Ayritom. Ular orasida Ayritom shaharchasi alohida o‘rin egallaydi. U Termizdan 17 km masofada, Termizdan pomiroldi o‘lkalariga ketaverishda, Amudaryoning qadimiy kechuvi yaqinida, tik qirg‘oqning o‘ng tomonida joylashgan. Mazkur joyning o‘rta asrga qadar bo‘lgan davri haqidagi batafsil ma’lumotlar VII asrda yashab o‘tgan Xitoy ziyoratchisi Syuan-Szyan tomonidan qoldirilgan. Ko‘hna shahar uch tomoni devor bilan o‘ralgan tepalikdan va tepalik tevaragidagi qishloq qoldiqlaridan iborat. Ko‘hna shaharning sharq tarafida aftidan buddizm stupasiga o‘xshash minora shaklidagi xom g‘ishtdan qurilgan bino vayronalari joylashgan. 1933 yil arxeolog Mixail Yevgenevich Masson3 tomondan xom g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar, toshdan yasalgan muqaddas yodgorliklar borligi aniqlandi. Musiqachilar va mutafakkirlar, ehson keltiruvchilarning shakllari tushirilgan haykallarning hoshiyali tosh plitalari topilgan. Arxeologlar bu binoni buddizm monastiri deb hisoblaydilar. Bu monastir o‘z ichiga ibodatxonalardan tashqari ( bunday xonalardan bir nechta bo‘lishi mumkin) rohiblar uchun yotoqxona va qator xizmat xonalari, ya’ni oshxona, omborxonalarni oladi.
Ayritom monastirlar qishlog‘iga hindistonlik qandaydir buddizm jamoasi a’zolari tomonidan asos solingan bo‘lsa ajab emas. Ayritom monastir qishlog‘i hududida mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish hunarmandchiligidan kulolchilik, metal buyumlar ishlash, idish-tovoqlar ishlab chiqarish, mergel oxaktoshdan me’moriy detallar ishlash kasblari aniqlandi. Ayritomdagi ibodatxona buyumlaridan quyidagilar topildi: ostida Budda nurlangan daraxt ramzidagi besh qavatli loydan yasalgan chaytya, u odatda diniy marosimning idishi – relikvariy ustida bo‘lgan yoki stupaning sirtqi qismi bo‘lib xizmat qilgan; yana ustida palmetta tasvirli gardish ushlagan o‘smir ifodalangan tosh topilgan bo‘lib, aftidan, u yigit donator-ibodatxona xizmatchisi bo‘lgan; bodxisatvaning bolalikdagi o‘yinlari haqidagi xotiralar bilan bog‘liq bo‘lgan, buddistlarning sevimli tasviri – loydan yasalgan qo‘y kallasi; loydan yasalgan stolchalar – diniy marosim buyumlari uchun poya hisoblanib, ularga Buddaning o‘tirgan holdagi haykal-namunalari qo‘yilgan. Shuningdek, ibodat uchun belgilangan quyidagi idishlar topilgan: yon jo‘mragi bo‘lgan shar shaklidagi ko‘za, ensxoy turidagi ko‘zacha – bu aftidan qadim zamonlarda xudoga atab ichimlik ichish va diniy marosimlarda yuvinish uchun xizmat qilgan, isiriqdonlar ham bo‘lgan. Naqshinkor mavzulardan ba’zilari tabiat kuchlarini ilohiylashtirish bilan bog‘liq an’anaviy ramzlarni tasvirlash hisoblangan: muqaddas daraxt, osmon yoritqichlari (quyosh va yulduzlar), buddizm bilan bog‘liq ramziy ifodalar – sopol parchasidan biriga yasalgan Budda tovonining tasviridir.
Ibodatxona intererida uning silliq devorlarini bezashda hoshiya shaklida ishlangan gorelef kompozitsiyasidan foydalanilgan. Hoshiya syujeti djatakalar tarkibini ochib beradi. Bu «Parinivan-djataka» - ya’ni «Buyuk o‘lim» haqidagi rivoyat bilan bog‘liq. Rivoyatlarga ko‘ra, Budda Gautamaning vafot etish chog‘ida, dafn marosimi vaqtida samoviy ruhlar ta’ziya izhor etganday yerga gul sochadilar. Budda haykali va go‘yo uning xoki turgan ibodatxona oldidagi xona tepasida xoshiyalarning osmon kabi qad ko‘tarib joylanishi marosim o‘tkazayotgan samoviy ilohlar haqidagi g‘oyani beradi.
Aftidan arab istilosi oldidan monastir yer silkinishi yoki suv tanqisligi natijasida butunlay bo‘shab qolganga o‘xshaydi.
Hozirda Toshkentdagi O‘zbekiston tarixi muzeyi zallarida mashhur Ayritom xoshiyalaridan mohirona olingan nusxalar4 va alohida bo‘laklarni tomosha qilish mumkin, bular bir paytlar buddizm ibodatxonasini bezab turgan me’moriy-tasviriy bezak qismlaridir.
Oq oxaktosh taxtalari ustiga odamlarning, asosan ayollarning shakli o‘yib ishlangan. Ular ud, fleyta, arfa va boshqa turli xil musiqa asboblarini chalayotgan yoki gulchambarlar, mevalar va idishlar ko‘tarib kelayotgan holda tasvirlanganlar. Olimlar fikricha, tasvirlarda bayram kunlardagi diniy marosim ishtirokchilari ifodalangan.

Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling