5-mavzu. Markaziy Osiyo xalqlari dinlari


Download 40.54 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi40.54 Kb.
#1057715
Bog'liq
5-mavzu. Markaziy Osiyo xalqlari dinlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI


seminar


Guruh: DI 12-22

Bajardi: Mirzamurodov Sunnat



5-mavzu. Markaziy Osiyo xalqlari dinlari(buddizm va xristianlik)
Reja:
1. Budda haqidagi afsona.Buddizm ta’limoti.
2. Dastlabki buddist missionerlarining Markaziy Osiyoga kirib kelishi. Mintaqada buddizmning mahalliy markazlari.
3. Markaziy Osiyodagi birinchi xristian missionerlari. Sharqda xristianlikning tarqalishiga qo`l kelgan omillar
4. O`zbekiston hududida xristianlik;
5. Mintaqada nestorianlik.
Budda haqidagi afsona. Bir afsonada ta’kidlanishicha, buddizmning paydo bo`lishi dunyoga «Nurlangan Budda» nomi bilan mashhur Siddxartxa Gautama Shakьyamuni hayoti bilan bog`liq. Shakьya qabilasidan bo`lgan knyaz o`g`li Gautama mil. av. VI asrda dunyoga keldi. Donolar tomonidan uning kelajagi g`ayrioddiy bo`lishi haqida bashorat qilingan edi. U to`kin-sochinlikda o`sib, faqat hayot quvonchlarinigina bilar edi. Gautama qiyinchiliksiz katta bo`ldi, balog`at yoshiga yetib, uylandi, o`g`illik bo`ldi. Uning baxtiga hech narsa xavf solmasdi. Bir kun saroydan tashqariga chiqqan yosh shaxzoda hamma badani yara chaqalar bilan belangan kasal insonni, undan keyin qarilik g`am tashvishini yelkasiga ortgan cholni uchratdi, so`ng dafn marosimini va nihoyat chuqur o`y-xayolga botgan darveshni ko`rdi. Bu to`rt uchrashuv kamchilik ko`rmay o`sgan shaxzodaning dunyoqarashini butunlay o`zgartirib yubordi. Shaxzoda hayotda baxtsizlik, kasallik, o`lim borligini va dunyoda mashaqqatlar hukmron ekanini bildi. Gautama o`z ota uyidan g`am-g`ussaga to`la holda chiqib ketdi. Sochini oldirib, dag`al kiyimlarni ustiga kiydi, yoshligida o`tgan beg`am, betashvish hayotidagi gunohlarini yuvish va buyuk haqiqatni anglash maqsadida o`zini mashaqqat va riyozatga solib, dunyoni keza boshladi. Shunday qilib 7 yil o`tib ketdi. Kunlardan birida Gautama odatiga ko`ra Bodxi (ong) daraxti tagida o`tirib chuqur fikr yuritar ekan, birdan “ongi ochildi” – hayot g`ildiragining siri va ichki sabablarini tushunib yetdi, to`rt muqaddas haqiqatni angladi: dunyoni g`am-qayg`u boshqaradi; uning sababchisi xohish va istaklarga to`la hayotning o`zidir; g`am-qayg`ulardan nirvanaga chuqur berilish bilangina qutulish mumkin; haqiqatni tushunib yetgan kishini kulfatlardan qutulib, nirvanaga erishishga olib boradigan yo`l, uslub mavjud. Gautama ushbu to`rt muqaddas haqiqatni anglab, Nurlangan Buddaga aylandi.
Buddizm ta’limoti. Buddizm - bu hayot charxpalagi, uzluksiz qayta tug`ilishlar tsikli xaqidagi ta’limotdir. Insonning yaxshi va yomon xatti-harakatlarining yig`indisi uning qanday shaklda qayta tug`ilishini belgilab beradi. Inson qanchalik sahovatli hayot kechirib, savob ishlarni ko`p qilib o`tgan bo`lsa, uning keyingi taqdiri shunchalik baxtliroq bo`ladi, Buddaning holati nirvanaga[1] qisqaroq yo`l bilan erishadi. Buyuk Budda (Shakьyamuni) bilan bir qatorda qayta tug`ilishlar zanjirining boshida turuvchi buddalar buddasi bo`lgan Adibudda mistik shaxsidan boshlab ko`plab boshqa buddalar ham paydo bo`ldi. Bu buddalar ko`p sonli bodxisatvalar qatori shaxslashtirilgan, o`z nomi, qiyofasi, tarjimai holi, xizmat va vazifasiga ega bo`lib, ulug`lash va sig`inish ob’yektiga aylanib qolgan.
Bodxisatvalar o`zlarida ko`pgina yaxshiliklarni — sevgi, mehr-muruvvat, donolikni ifoda etganlar. Budda diniga ko`ra, har qanday inson Bodxisatva bo`lishi mumkin. Muayyan talablarga rioya etgan kishi natijada Budda bo`lishi mumkin.
Buddizm sharqdagi eng yirik din hisoblanadi. Budda dinining muvaffaqiyatga erishishiga sabab undagi insonlarning tengligi g`oyasi, monarxning adolat bilan boshqarishi, sabrlilik, axloqning muqaddaslashtirilishi bo`ldi.
Diniy tashkilot va diniy kulьt. Buddizmda monastirlar uning markazlari, tarqalish o`choqlari, o`ziga xos universitetlari va kutubxonalari bo`lib xizmat qildi. Monastirlarda ustaxonalar bo`lib, ularda turli mahsulotlar tayyorlanardi.Monastirlar yaxshi himoyalangan, kerakli yarog`lar va suv bilan ta’minlangan bo`lib, uzoq muddatli qamalga dosh bera olardi. Ilk buddizmning afsonaviy vakillari sharafiga ular dafn etilgan joylarda buddizmga e’tiqod qiluvchilar tomonidan maqbaralar, stupa haykallari (usti mustahkam berkitilgan gumbazsimon qurilmalar) qurilgan.
Ilk buddizm Buddaning tasvirlari va uning atrof-muhitini bilmagan. Buddizm haykaltaroshligi yangi era bo`sag`asida, tosh haykallar va suratlarga sig`inish tajribasi bilan birga paydo bo`ldi. Buddizm ikonografiyasi badiiy mukammalligi bilan ajralib turgan va o`zida yunon ta’sirini mujassam qilgan. Bu yunon-buddizm yoki Qandaxor san’ati deb nom oldi[2].
Dastlabki buddist missionerlarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi. Buddizm O`zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida o`rnashdi. Buddizmning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog`laydilar. Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Milodning birinchi asrlarida Amudaryo havzasida yotgan yerlarda buddizm hukmron din sanalgan va bu yerda arablar kelishiga qadar boshqa joylardagiga nisbatan uzoqroq vaqt saqlanib turgan.
Kushon podshohi Kanishka buddizmga e’tiqod qilgan. U zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. Xitoylik Syuanь-TSzyanь bergan xabariga ko`ra, VII asrning boshlarida Termizda 10 ta buddizm monastirlari (sangarama) va mingta rohib bo`lgan.
V-VIII asrlarda Eftalitlardan keyin buddizm Markaziy Osiyoda tanazzulga yuz tuta boshladi.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, baktriyaliklar san’atga o`z madaniy an’analarini olib kirdilar.
Buddizmda Budda ta’limoti va hayotining botiniy mohiyatini ifodalovchi ramz-timsollarning butun boshli bir tizimi shakllantirilgan. Ko`proq tarqalgani Budda va uning ta’limotini anglatuvchi g`ildirak yoki yarqirab turuvchi aylana tasviridir.
Buddaning hayotiy aylanishlari bosqichlarini ifodalovchi ho`kiz, sher, fil, ot ramzlari keng tarqalgan (masalan, fil – yer uzra ko`tarilgan Budda ramzi).
Shuningdek, Budda tagida o`zining ilk va’zlarini aytgan muqaddas Bodxi daraxti tasviri ham buddizmning badiiy-diniy ramzi hisoblanadi. Arxitektura majmuasi tashkiloti buddizmda qat’iy qonunlar asosida amalga oshirilgan va bo`rttirib ishlangan rasmlar, haykallar va tasvirlar joyi va xarakterini belgilagan.
XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o`ng qirg`og`ida buddizmga oid ko`psonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni topganlar; ko`pincha ular qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan bo`lgan (odamlar va hayvonlarning haykalchalari).
1927 yilda Sharq madaniyatlari muzeyi va Sredazkomstaris ekspeditsiyasi qadimiy Termizni o`rganish bo`yicha ilmiy-tadqiqot o`tkazib, u yerda qator grek-buddizm yodgorliklari mavjudligini aniqladi. Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepa balandliklarida ikkita yirik buddizm monastiri bo`lganligi aniqlandi va grek-buddizm me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan o`nlab joylar qayd etildi.
Ayritom. Ular orasida Ayritom shaharchasi alohida o`rin egallaydi. U Termizdan 17 km masofada, Termizdan pomiroldi o`lkalariga ketaverishda, Amudaryoning qadimiy kechuvi yaqinida, tik qirg`oqning o`ng tomonida joylashgan. Mazkur joyning o`rta asrga qadar bo`lgan davri haqidagi batafsil ma’lumotlar VII asrda yashab o`tgan Xitoy ziyoratchisi Syuanь-TSzyanь tomonidan qoldirilgan. Ko`hna shahar uch tomoni devor bilan o`ralgan tepalikdan va tepalik tevaragidagi qishloq qoldiqlaridan iborat. Ko`hna shaharning sharq tarafida aftidan buddizm stupasiga o`xshash minora shaklidagi xom g`ishtdan qurilgan bino vayronalari joylashgan. 1933 yil arxeolog Mixail Yevgenьyevich Masson[3] tomondan xom g`ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar, toshdan yasalgan muqaddas yodgorliklar borligi aniqlandi. Musiqachilar va mutafakkirlar, ehson keltiruvchilarning shakllari tushirilgan haykallarning hoshiyali tosh plitalari topilgan. Arxeologlar bu binoni buddizm monastiri deb hisoblaydilar. Bu monastir o`z ichiga ibodatxonalardan tashqari ( bunday xonalardan bir nechta bo`lishi mumkin) rohiblar uchun yotoqxona va qator xizmat xonalari, ya’ni oshxona, omborxonalarni oladi.
Ayritom monastirlar qishlog`iga hindistonlik qandaydir buddizm jamoasi a’zolari tomonidan asos solingan bo`lsa ajab emas. Ayritom monastir qishlog`i hududida mavjud bo`lgan ishlab chiqarish hunarmandchiligidan kulolchilik, metal buyumlar ishlash, idish-tovoqlar ishlab chiqarish, mergelь oxaktoshdan me’moriy detallar ishlash kasblari aniqlandi. Ayritomdagi ibodatxona buyumlaridan quyidagilar topildi: ostida Budda nurlangan daraxt ramzidagi besh qavatli loydan yasalgan chaytьya, u odatda diniy marosimning idishi – relikvariy ustida bo`lgan yoki stupaning sirtqi qismi bo`lib xizmat qilgan; yana ustida palьmetta tasvirli gardish ushlagan o`smir ifodalangan tosh topilgan bo`lib, aftidan, u yigit donator-ibodatxona xizmatchisi bo`lgan; bodxisatvaning bolalikdagi o`yinlari haqidagi xotiralar bilan bog`liq bo`lgan, buddistlarning sevimli tasviri – loydan yasalgan qo`y kallasi; loydan yasalgan stolchalar – diniy marosim buyumlari uchun poya hisoblanib, ularga Buddaning o`tirgan holdagi haykal-namunalari qo`yilgan. Shuningdek, ibodat uchun belgilangan quyidagi idishlar topilgan: yon jo`mragi bo`lgan shar shaklidagi ko`za, ensxoy turidagi ko`zacha – bu aftidan qadim zamonlarda xudoga atab ichimlik ichish va diniy marosimlarda yuvinish uchun xizmat qilgan, isiriqdonlar ham bo`lgan. Naqshinkor mavzulardan ba’zilari tabiat kuchlarini ilohiylashtirish bilan bog`liq an’anaviy ramzlarni tasvirlash hisoblangan: muqaddas daraxt, osmon yoritqichlari (quyosh va yulduzlar), buddizm bilan bog`liq ramziy ifodalar – sopol parchasidan biriga yasalgan Budda tovonining tasviridir.
Ibodatxona interьyerida uning silliq devorlarini bezashda hoshiya shaklida ishlangan gorelьyef kompozitsiyasidan foydalanilgan. Hoshiya syujeti djatakalar tarkibini ochib beradi. Bu «Parinivan-djataka» - ya’ni «Buyuk o`lim» haqidagi rivoyat bilan bog`liq. Rivoyatlarga ko`ra, Budda Gautamaning vafot etish chog`ida, dafn marosimi vaqtida samoviy ruhlar ta’ziya izhor etganday yerga gul sochadilar. Budda haykali va go`yo uning xoki turgan ibodatxona oldidagi xona tepasida xoshiyalarning osmon kabi qad ko`tarib joylanishi marosim o`tkazayotgan samoviy ilohlar haqidagi g`oyani beradi.
Aftidan arab istilosi oldidan monastir yer silkinishi yoki suv tanqisligi natijasida butunlay bo`shab qolganga o`xshaydi.
Hozirda Toshkentdagi O`zbekiston tarixi muzeyi zallarida mashhur Ayritom xoshiyalaridan mohirona olingan nusxalar[4] va alohida bo`laklarni tomosha qilish mumkin, bular bir paytlar buddizm ibodatxonasini bezab turgan me’moriy-tasviriy bezak qismlaridir.
Oq oxaktosh taxtalari ustiga odamlarning, asosan ayollarning shakli o`yib ishlangan. Ular ud, fleyta, arfa va boshqa turli xil musiqa asboblarini chalayotgan yoki gulchambarlar, mevalar va idishlar ko`tarib kelayotgan holda tasvirlanganlar. Olimlar fikricha, tasvirlarda bayram kunlardagi diniy marosim ishtirokchilari ifodalangan.
Qoratepa. Qoratepa nomi bilan mashhur bo`lgan tepalik buddizmning eng katta ruhoniylar markazi hisoblangan va u kushan davridagi Termizning tashqi devori himoyasi ostida shahar tashqarisida joylashgan.
Doimiy tadqiqot ekspeditsiyasi 1961 yilda moskvalik arxeolog B.Ya.Staviskiy rahbarligi ostida boshlangan. Qoratepa binolarining uch qavati qumliklardan topilgan. Asosiy majmuaning uch qismi g`arbdan sharqqa qarab deyarli to`g`ri tortilgan. Stupa maxsus hovliga o`rnatilgan. Qora-tepaning g`orlik binolari kare[5] shaklida bo`lib, juda oqilona tarzda, issiq iqlimni hisobga olgan holda joylashtirilgan. Bunday binolar yozda salqin, qishda esa yopiq eshiklar ortida iliq bo`lgan. G`ordan chiqish yo`llari janub tomonga yo`nalgan bo`lib, ularni janubi-sharqdan esadigan afg`on shamolidan saqlagan. G`or devorlari oqlanib, gul-naqshlar solib bezatilgan.
Buddizm tarqalgan davrda qadimiy e’tiqodlar ta’sirining barqarorligi haqida qo`sh alanga qurshovida o`tirgan Budda tasviri guvohlik beradi. Uning yonida IV-V asrlarga tegishli bo`lgan va tirnab yozilgan baktriya yozuvida «buddamazda» so`zi ifodalangan.
Fayoztepa. Toshkentlik arxeolog L.I.Alьbaum Qoratepa sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona-monastiri majmuini ochdi. Qazish ishlari uning tomonidan 1963 yilda boshlangan edi. Fayoztepa bino rejasi to`g`ri turtburchakdan iborat alohida turgan stupa shakliga ega. Bino uchta teng qismlarga bo`lingan bo`lib, ularning har biri ichki hovliga ega bo`lgan. Bir qismi, aslida yashash xonasini o`z ichiga olgan monastir bo`lgan. Unda buddist rohiblar yashaganlar. Undan tashqari yordamchi xonalar bo`lgan. Boshqasi – ovqatlanadigan xona, oshxona, non yopadigan xona. Uchinchisi, ibodatxonaga o`xshagan markaziy xona. Devorlari xom g`isht va paxsadan qurilgan bo`lib, somonli loy bilan suvalgan va oqlangan.
Ibodatxona to`rtburchakli xovliga ega bo`lib, uning atrofiga shu xovliga chiquvchi 19 ta bino joylashgan. Hovlini barcha to`rt devori bo`ylab supa qilingan bo`lib, ular muqaddas ohak toshlari asosida qurilgan ustunlarga suyanib turgan ayvon bilan yopilgan. Hovli devorlari naqshlar bilan qoplangan. Xususan, markazida ibodatxona tasvirlangan janubiy-g`arbiy devorda nimba kiyimidagi Budda chizilgan bo`lib, uning atrofini kichik Budda haykalchalari o`rab turibdi. Mehrob devorlari ham yozuvlar bilan qoplangan. Devorlardan birida ikkita tik turgan Budda suratlari tasvirlangan bo`lib, ularning har ikki tarafiga ikkita ayol ko`rinishlari tasvirlangan. Qarama-qarshi devorda sovg`a ulashuvchi erkaklar tasvirlangan, bundan tashqari boshqa mazmundagi suratlar ham mavjud. Chizmalarning o`ta qimmatbaholigidan tashqari, Buddalarning bu jonli tasvirlari dunyodagi eng qadimgilari hisoblanadi. Ular melodiy I-II asrlarga tegishli.
Ibodatxonada, shuningdek, qariyb hamma tomoni bo`yalgan va oltin suvi yuritilgan loy, alebastr, toshdan yasalgan haykal mavjud bo`lgan. Muqaddas bodxi daraxti ostida o`tirgan Budda va uning ikki yonida turgan ikkita monax haykalidan iborat uchlik haykallar alohida qiziqishni uyg`otadi. Bularning hammasi korinf ustunlari ko`tarib turgan arklarga qo`shilib ketgan. Hammasi yaxlit ohak toshdan yasalgan sahna ustidan oltin suvi yuritilgan. Xo`jalik xonalaridan birida kulol o`tirib, o`z ziyoratchilariga ibodatxonaga sovg`a qilish uchun idishlar yasar edi. Bu yerda idishlarga hadya matnini siyoxda yozuvchi odamlar ham mavjud edi. Idishlar kulollik o`chog`larida pishirilar edi (o`chok ibodatxonadan 100 metr narida topilgan). Idishlarga asosan buddizmga xos ramzli qoliplar yordamida naqshlar solingan. Bu ramzlar: Buddaning tovoni, «archa» – Bodxi daraxti, «Qonun g`ildiragi»ning turli xil ko`rinishlari va hokazolar. Yozuvlar baktriya, sug`d, kxoroshtiy, braxma, sanskrit (qadimiy hind yozuvlari) va boshqa notanish xatlarda bitilgan. Chamasi, ibodatxonaga turli yurtlardan ziyoratchilar, savdogarlar kelishgan va ular ibodatxonaga idishlarni hadya sifatida o`zlari bilan olib kelishgan yoki shu yerning o`zida buyurtma berganlar. Idishlar sindirilib, parchalari yerga sochilgan.
Qazish ishlari natijasida ikkita stupa topilgan. Birinchisi 3x3 m. o`lchamli bo`lib, miloddan avvalgi I asrda qurilgan. So`ngra milodning I asrining oxirida Vixarani qurishda (Kanishka davrida) uni o`z ichiga olgan yangi, ikkinchi stupa qurilgan, u ancha baquvvat bo`lib, balandligi 10 metr, uzunligi 25 metr keladi. III asrda Kushon podshohligiga bostirib kirgan Eron sosoniychi qo`shinlari buddizm ibodatxonalarini, shu jumladan Fayoztepani ham vayron qiladilar. Bosqinchilar hamma oltin buyumlarni olib chiqib ketadilar, haykallarni esa sindirib tashlaydilar.
Fayoztepani Qoratepa bilan solishtirganda quyidagilarni qayd etish mumkin. Fayoztepa ochiq tekislikda aniq reja asosida qurilgan bo`lsa, Qora tepa balandlikda joylashgan, Termiz shahridan ancha yuqorida bo`lib, uzoqdan ko`rinib turgan alohida majmualardan iborat.
Fayoztepa shahardan tashqaridagi kam sonli buddist ruhoniylar jamoasining yashash, ovqatlanish, o`zaro muloqot qilish va zarur diniy marosimlarni bajarish uchun qurilgan alohida monastir bo`lgan. Qoratepada yirik ibodat markazi joylashgan. Katta maydonda buddizmga oid alohida majmualar bor. Ular g`orlar va yer yuzasidagi binolarni o`z ichiga oladi. Binolar turli balandlikda qurilgan, ba’zida ikki qavatdan iborat. Binolarning har biri atrofi ayvonli ibodatxonadan iborat bo`lib, pastroqda markaziy maydonchasi ham bo`lgan. Tadqiqotchilar fikricha, Qoratepa faqat rohiblar jamoasi uchun emas, balki Termiz va uning atrofida yashayotgan va boshqa shaharlardan kelgan buddist qavmlar uchun ham Budda ibodatxonasi sifatida xizmat qilgan.
Qadimiy Termiz shaharchasida Zurmala minorasi nomi bilan mashhur buddizm stupasining qoldiqlari bor. Bu stupa xom g`ishtdan qilingan uch qavatli binodan iborat bo`lib, tepasi qubba bilan yopilgan. Devorlari ohaktoshlar bilan qoplangan bo`lib, ular keyinchalik buzilib ketgan.
Dalvarzintepa (Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani). Fan olami Dalvarzintepa haqida 1962 yili Hamza nomidagi san’atshunoslik instituti ekspeditsiyasi qazish ishlariga kirishgan paytda bildi. Shahardan tashqaridagi buddizm ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari, dafn qilish joyi – naus topilgan. Shahar hududida kulol, hunarmand va boy zadagon o`ylarining qoldiqlari, shuningdek, mashhur oltin dafina va fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan.
O`rta Osiyo hududlarida birinchi marta loydan yasalgan yaxshi saqlangan Budda tasviri, ko`plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi buddizm ibodatxonasining markaziy binolari ichida saqlangan.
Ibodatxonani tadqiq qilish 1983 yildan boshlangan. Buddaning tik turgan haykali juda yaxshi saqlangan: uning oyoqlari mustahkam g`ishtin asosda turibdi, kiyimlarining burmalari aniq ko`rinishda, bularning barchasi yorqin qizil rangga bo`yalgan. Budda sochlarining tubi asosan qora, lekin tepasi qizil rangda. Xuddi shu rang bilan qosh va ko`zining qorachiqlari chizilgan.
Qazish ishlari yanada kengaytirilganda chuqurroqda buddizm dinining personaji – bodxisatvaning o`rab qo`yilgan haykalchasi topilgan bo`lib, u loydan yasalgan va pushti rangga bo`yalgan. Uning qora sochlari medalьon ko`rinishidagi ikki qavat qora bog`gich bilan o`ralgan. Chap qo`li buklab qorini ustiga quyilgan.
E’tiborga loyiq va hozirgacha jumboq bo`lgani: bodxisatva peshonasiga alebastr surilgan chuqurcha xol qo`yilgan. Xol ochilganda, uning ichidan halqaga yopishtirilgan kichkina oltin taqinchoq chiqqan. Boshqa binolarda katta miqdorda haykalchalar bo`laklari, taqinchoqlar topilib, ularning ko`pchiligiga oltin suvi yuritilgan. Budda tasvirlangan rasm parchalari, ko`plab sopol idishlar, jumladan: devorlarida qadimgi yunon, hind yozuvidagi braxma bitiklari saqlangan ko`za qoldiqlari,chiroqlari topilgan. Ibodatxona III asrda qurilgan.
Quva. 1957 yilda Farg`ona vodiysidagi Quva shahri vayronalarida arxitektura va haykaltaroshlikning ajoyib namunasi bo`lgan buddizm ibodatxonasi qoldiqlari topilgan. Ushbu materiallar Farg`ona viloyatida VII asrda buddizm dini keng tarqalganini tasdiqlaydi. Holbuki, bu davrda O`rta Osiyoning boshqa hududlarida zardushtiylik dini ( uning mahalliy diniy an’analarni o`ziga singdirgan bir turi) hukmron bo`lgan. Bu yerda topilgan xudolarning haykal sifatidagi tasvirlari, din himoyachilari – Budda antipodlari alohida e’tiborga loyiq. Ular o`zining qo`rqinchli ko`rinishlari bilan odamlarni dunyoviy havas va gunohlardan qo`rqitgan, xudojo`yda ularga nisbatan g`azab uyg`otgan.
1974 yilda Zartepada O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining qazish ishlari olib borilishi natijasida buddizm ibodatxonasi topilgan. Bu yerda Buddaning oltin suvi yuritilgan haykali va ikkita bronza shamdon topilgan.
Surxondaryodagi Qorovultepada topilgan VIII asrga taalluqli Budda tasvirini aks ettirgan terrakot[6] haykalcha mayda plastik haykaltaroshlik namunasidir. Taqasimon taglikka Buddaning oyoqlarini chalishtirib o`tirgan avliyo nirvana holatidagi bo`rttirib ishlangan tasviri tushirilgan. Yodgorlik O`zbekiston tarixi muzeyida saqlanmoqda.
Markaziy Osiyodagi birinchi xristian missionerlari. Markaziy Osiyoda xristianlikning tarqalish jarayoni ko`pgina mutaxassislarning tadqiqot mavzui bo`lgan. Ulardan biri yirik rus sharqshunosi V.V.Bartolьd bo`lib, uning tadqiqotlaridan biri Yettisoyda topilgan suryoniy qabrtosh yozuvlariga bag`ishlangan. V.V.Bartolьd bu mavzuga bir necha marta Movarounnahrning mo`g`ullargacha bo`lgan davr tarixiga oid tadqiqotlarida qaytgan. Mazkur mavzu G.I. Bogomolov, Yu.F. Buryakov, L.I.Jukova, A.A. Musakayeva, G.V. Shishkina, 3.I. Usmonova, L.I. Alьbaum, I.D. Ivanitskiy, T.V. Belyayeva, B.A. Abdulg`oziyeva, V.D. Goryacheva, S.Ya. Peregudova, K.M. Baypakov, L.V. Underova kabi tadqiqotchilar tomonidan ham o`rganilgan. Ularning ma’lumotlari ushbu Markaziy Osiyoda xristianlik bo`yicha tuzilgan ma’ruzalarimizda ham keng foydalanildi.
Xristianlik ta’limotining tarqalishida xristian jamoalarining Sharq va Janubga harakatlari davrida amalga oshirgan keng missionerlik faoliyatlari katta rolь o`ynadi. Ekvatorial Gvineya, Burundi va Tonga kabi Afrika davlatlarining gerb va bayroqlarida «bibliya» yoki «vifleyem yulduzi»ning muntazam ravishda aks etishi mahalliy aholiga targ`ibotchilar ko`rsatgan davomli ta’sirlaridan dalolat beradi.
Boshqa tarafdan, xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelishiga Rim imperiyasida xristianlarning beayov tazyiq ostiga olinishlari ham sabab bo`ldi. III asrga tegishli bir Suriya manbai O`rta Osiyo ikki daryo oralig`ini o`z ichiga olgan Kushon davlatidagi xristianlar haqida ma’lumot beradi. Ular Eron, O`rta Osiyo aholisini xristianlik bilan tanishtirdilar, Mongoliya cho`llari va hatto Xitoygacha yetib bordilar.
Xristianlikning oldin Eronda, keyin O`rta Osiyoda tarqalishini an’anaga ko`ra, xristianlarning avval Vizantiya, keyin esa Sosoniy hukmdorlari tomonidan tazyiq ostiga olinishlari bilan bog`laydilar. Ammo aftidan bu tazyiqlar faqat avvalgi sepilgan urug`larning unib chiqishiga sharoit yaratgan. Xristianlarning Sharqqa harakatlanishi Buyuk ipak yo`li savdo yo`llarining shakllanishi, unga xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan muayyan hunarmand hamda savdogar qatlam va guruhlarning shakllanishi bilan ham bog`liq. Birinchi bosqichda bu Sharqdagi yirik shaharlarda yahudiy jamoalarning joylashishi bilan bog`liq bo`lgan. U yerga yangi ta’limot targ`ibotchilari ham intilganlar. Ilk xristian guruhlarini o`rganish ular ichida hunarmand, savdo doirasiga xos bo`lganlar aksariyatni tashkil qilganini ko`rsatadi. Pavel hamda Koronfadagi Akina apostollar ishlariga ko`ra, chodirlar tayyorlashgan. Mato bilan savdo qiluvchi ayol haqida ham gapiriladi. Iso Masihning onasi Bibi Maryamni xristianlikni tanqid qiluvchilar «ip yigiruvchi» deb atashar edi.
Eramizning II asri oxirida xristianlikning raqiblari uning missionerlarini ko`nchi, to`qimachi, jun savovchi, kigiz bosuvchilar, ya’ni antik shaharlardagi eng kambag`al hunarmand-kosiblar orasida diniy targ`ibot yuritishda ayblashgan.
Sharq davlatlarida birinchi yuz yillikdayoq tarqalib ulgurgan xristianlik birinchi navbatda siyosiy voqealar sababli bir necha bor gullab-yashnash va tanazzul davrlarini boshidan kechirdi. Erondagi birinchi xristian jamoalari to`g`risidagi ma’lumotlarni, an’anaga ko`ra, eramizning II asri bilan bog`lashadi. Bunda ko`pincha Sosoniylar davlatida g`ayridinlarni, jumladan, xristianlarni quvg`in qilishni tashkil etgan kohin Kartirning islohotlari dalil qilib ko`rsatiladi. Ammo bu voqea III asrning ikkinchi yarmiga talluqlidir. Ma’lum bo`lishicha, III asr o`rtasida g`arbiy harbiy koloniyalarda asir olingan rimlik askarlarning aksariyati xristianlar edi. Ularni Shopur I o`zi asos solgan Yaqin Sharqdagi shaharlarda joylashtirdi. Eronning Shod-Shopur, Vex-Shopur, Antiox-Shopur shaharlaridagi ilk xristian jamolari haqida xabar bergan xristian an’anasi aynan shu voqealarni nazarda tutadi. Xark orolidagi xristian katakombalari ham shu asrga oiddir. Shuning uchun II asrdagi Eron xristian jamolari haqidagi ma’lumotlar gipotezaligicha qolyapti.
Tadqiqotchilarning fikricha, O`rta Osiyoning janubiy chegaralariga yaqin yerlarda joylashgan jamoalar bu yerda xristianlikning paydo bo`lishida asosiy rol o`ynagan. Ular Vizantiya, Suriya, Falastin va Erondan O`rta Osiyoga ko`chib kelib, bu yerda o`zlari bilan olib kelgan o`z madaniyati, san’ati va diniy ta’limotini tarqatishgan. Marv xristianlari to`g`risidagi ma’lumotlar eng qadimgi hisoblanadi. Ilmiy adabiyotda shunday fikr mavjudki, xristianlar, Beruniy guvohligi bo`yicha, Marvda Iso Masih tug`ilganidan 200 yil o`tgach paydo bo`lgan. Beruniy Marvga xristianlikning dindor Baraxiy tomonidan 200 yildan keyin olib kirilgani haqida ma’lumot beradi. Arxeologik ma’lumotlar esa, Marv shahri atrofida xristian ehromining III-IV asrlarda faoliyat ko`rsatgani haqida dalolat beradi. III asrning ikkinchi yarmida kuchayib borayotgan zardushtiylik kohinlari, ayniqsa, Varaxron II (276-293) ustozi oliy kohin Kartir davrida sosoniylar Eroni chegarasida hamma o`zga dinlarni yo`q qilishga harakat qiladi. Ammo Marvdagi buddizm misoli ko`rsatadiki, sosoniylarning Sharqdagi diniy siyosati xristianlarga nisbatan ushbu talablarga har doim ham javob beravermagan.
III asr oxiridan esa, Varaxron merosxo`ri Nars (293-302) davrida zardushtiylik fanatizmi pasaydi va xristianlikka nisbatan o`zgardi. Buni shundan ham bilsa bo`ladiki, 334 yildagi manbalarda IV asr boshlarida Marvda yepiskoplik tashkil etilganligi haqida aytiladi, V asr boshida esa metropoliya tashkil qilinadi. Turli ibodatxona va monastirlar metropoliyaning yaqin va uzoq hududlarida moneliksiz o`z faoliyatini davom ettiradi.
XRISTIANLIKNING MARKAZIY OSIYoDAGI MARKAZLARI
Qadimgi va o`rta asr Turkistonidagi xristianlik haqida dastlabki
ma’lumotlarni sharqshunos akademik V.V.Bartolьd tayyorladi. U O`rta Osiyo ikki daryo oralig`ida joylashgan hamma davlatlardan o`rta asrda o`tgan savdo yo`llarini batafsil tahlil qiladi. Bu tasodifiy emas. Xalqlarning o`zaro diniy va madaniy munosabatlari savdo-iqtisodiy munosabatlaridek qadimgi va muhim. Bundan tashqari, unisi ham, bunisi ham bir xil yo`nalishdan borgan, chunki ular tinchlik, totuvlik maqsadalarida rivojlangan. Bartolьd savdo yo`llarini batafsil tahlil qilishiga sabab ulardan diniy targ`ibot maqsadlarida ham foydalanilganligidirki, buni yozma manbalar tasdiqlaydi.
Quruqlikdagi yo`llarning shakllanishi xronologik an’anaga ko`ra, Xanьlar Xitoyi elchisi Chjan TSanь (er.av. 138-126) diplomatik missiyasi bilan boshlanadi. Ushbu diplomatik missiyaning maqsadi G`arbda Xitoy chegaralarida turgan urushqoq ko`chmanchi qo`shinlar – Xun qabilalariga qarshi kurashish uchun ittifoqchilar qidirish edi. Harbiy nuqtai nazardan uning missiyasi muvaffaqiyatsiz bo`ldi.
Xunlar qo`lida 10 yildan ziyod asir bo`lgan Chjan TSanь keyinchalik ularning potentsial kuchli raqiblari bo`lgan Amudaryo sohillarida yashovchi Yuechjilar hududiga kelib qoladi. Bu yerda Chjan TSanь gullab-yashnayotgan mamlakatlarni ko`radi. Bu mamlakatlarning xalqlari azaldan qo`shnilari Hindiston, hatto Xitoyning alohida shaharlari bilan savdo olib borishar va tinchlik tarafdori edilar.Bu yo`llar fanda asosiy savdo predmetlaridan birining nomi bilan Buyuk Ipak Yo`li deb ataldi.
Shunday qilib, Xanь imperatori uchun qo`qqisdan g`arbiy davlatlar va ming yillik tarixga ega aloqa yo`llar ochildi. Chjan TSanning diplomatik missiyasidan so`ng Xanlar Xitoyi tomonidan g`arbiy mamalakatlarga savdo-diplomatik yo`llar rasman shakllanadi.
Bu voqealardan so`ng eramizning I asrlarida qulay siyosiy tizim paydo bo`ldi. Bu tizim Yevropaning deyarli hamma ilg`or davlatlarini qamrab oldi. To`rt imperiya – Rim, Parfiya, Kushon podshohligi va Xanlar Xitoyi kvarteti tashkil qilindi. Ular siyosiy, iqtisodiy va madaniy o`zaro munosabatga kirdilar. Savdo predmetlari bilan bir qatorda fan va texnikaning eng yaxshi yutuqlari hamda g`oyalar ham almashilar edi. Karvonlar tarkibida savdogar va diplomatlar bilan birga hunarmand va olimlar, turli dinlarning missionerlari va muridlari borishar edi. Bularning hammasi iqtisod-texnika va fan-madaniyat sohasidagi yutuqlarni o`zaro almashuvga sabab bo`ldi. Savdo yo`llaridagi punktlar turli din muridlari va missionerlarining uchrashuv joyi bo`lib qoldi. Karvonlar to`xtagan joylardagi mamlakat hukmdorlarining saroylarida ham qizg`in falsafiy-diniy bahslar bo`lar edi. Shunday ham bo`lardiki, noma’lum missionerlar, diniy g`oyalarning xabarchilari biron-bir hukmdorning yaqini bo`lib qolar edi. Ularning tarafdorlari esa do`stona mamlakatda joylashar edilar. Savdogarlar uchun ham ma’naviy targ`ibotchilar muhim edi, chunki uzoq yo`lda noma’lum davlatlarda suyanch bo`lishar edi.
Bu yo`lning quruqlikdagi trassalari Hindiston va Eron, O`rta Osiyo davlatlari orqali Baktriya janubidan markaziy hududlarga – Farg`ona, Sug`dga, keyin esa - Choch orqali yanada shimolroqdagi hududlarga: Janubiy Qozog`iston, Sibir va Yettisoyga o`tgan. Trassalardagi missionerlar faoliyatining izlari O`rta Osiyo qishloq va shaharlarining moddiy madaniyati va yozma manbalarda saqlanib qolgan.
Jahon dinlari orasida bu yerda xristianlik faol rolь o`ynaydi, uning missionerlari yirik shaharlar, ayrim qishloqlarda, hatto cho`ldagi cho`ponlar orasida targ`ibit ishlarini olib borishgan. Ilk doimiy savdo yo`llari Parfiya va Sosoniylar Eroni, O`rta Osiyoning janubiy hududi orqali o`tgan. Bunda ikki omil hal qiluvchi rolь o`ynagan – savdo yo`llari yo`nalishi va cherkov tomonidan taqiqlangan turli sekta va din tarafdorlarining o`z yerlaridan haydalishi.
O`rta Osiyo uchun birinchi navbatda unga chegaradosh hududlarda paydo bo`lgan xristianlar jamoasi alohida ahamiyatga ega bo`lgan deb taxmin qiladilar. Xristian jamoalari paydo bo`lgan birinchi shaharlar deb Marv, Samarqand va, balki, Termiz hisoblanadi. Chunki ular hududidan ilk karvon yo`llari o`tgan. Marv ma’lumotlariga ko`ra, II asrdan boshlab shaharning g`arbiy devorlari ortida cherkov binolari paydo bo`ladi. Marvda Yepiskop paydo bo`lgandan so`ng, ya’ni IV asrdan boshlab ibodatxona shaharga o`tkazilgan bo`lishi mumkin. Chunki shahar atrofida xristian qabristoni joylashgan. Bu esa xristianlrannig soni ko`pligidan dalolat beradi.
Erondagi Mazdakiylar harakati zardushtiylikning rasmiy din sifatidagi ahamiyatiga putur yetkazgan V-VI asrlarda Xristian jamoasining o`sganligi kuzatiladi. Ushbu davrda Xurosonning shimoliy hududlarida xristianlikning muvaffaqiyatli targ`iboti 420 yil atrofida Marvda mitropoliya ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerda monastirlik jamoasi paydo bo`ladi. Cherkov buyumlarini tayyorlaydigan ustaxonalar ham vujudga keladi. Marv yirik Shimoliy Xuroson mitropoliyasi markazi bo`lib qoladi. Undan g`arbga ketadigan karvon yo`lida Ko`ktepa hududida ilk xristianlikka oid oltin buyumlar topilgan.
Marvga yaqin joyda Xorazm shimoliy savdo yo`lida shahardan ikki farsax narida V-VI asrlarda Efes, Ktesifon, Sard tipidagi ilk Kichik Osiyo cherkovlari an’anasida qurilgan katta cherkovli xristian qishlog`i paydo bo`ladi. Uning cho`ziq zali bir nechta gumbazli bo`lib, ularning o`rtasidagisi balandligi bilan ko`zga tashlanib turadi.
Xristian ta’sirining izlari Marvdan sharqqa olib boruvchi Amul yo`lidagi qishloq va qal’alarda sezilib turadi.
Ko`p sonli manbalar nufuzli obro`ga ega bo`lgan xristian forslar haqida ko`plab ma’lumot beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, nasroniylik Eronda shunchalik kuchayganki, xatto u zardushtiylikning o`rnini ham egallashi mumkin edi, ammo faqatgina arab istilosi bunga xalaqit berdi.
VII asrda xristian jamoalari O`rta Osiyoning markaziy va sharqiy mintaqalarida patriarx Iyeshuyab II davrida (628-643) ko`paydi. Samarqandda mitropoliya faoliyat ko`rsatar edi.
Hozirgi Urgut shaxri o`rnida bo`lgan tog`li hudud Shavdardagi Vazkerd xristian jamoasining gullab-yashnashi taxminan shu davrga to`g`ri keladi. Ibn Havqalning fikricha, Shavdar o`zining ajoyib iqlimi, nonvoychilik va ovchilik bilan shug`ullangan sog`lom aholisi bilan mashhur bo`lgan.
Turkmanistondan to Qirg`iziston xududigacha olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko`ra, yuqoridagi davrlarda cherkovlar, ibodatxonalar ko`payib borgan.
Ilk o`rta asrlarda (IV-VIII asr) Sug`d, Usrushona, Shosh, Xorazmda nestorian xochlari suratlari, Sug`d yozuvi va muqaddas xayvonlar tasviri tushirilgan tangalar zarb etilgan.
Sug`dga ko`chib kelgan dindor va nasroniylar bilan birga ularning urf-odatlari ham kirib kelgan. Samarqandda muqadddas Mina buyumi keramikadan ishlangan bo`lib, undagi avliyoning ikki yelkasida xoch, oyoqlari ostida yotgan ikkita tuya tasviri ifodalangan. Bu kabi buyumlar VI-VII asrlarda Misrdagi muqaddas Mina ibodatxonasida ham yasalgan.
Bunday tarixiy buyumlarning topilishi Samarqand va uning atroflari xristianlar uchun muqaddas joy bo`lganligidan dalolat beradi. Samarqand va Urgutdagi topilmalarni o`rganib chiqqan M.Ye. Masson ham bu joylarda nasroniylar yashagan degan xulosaga kelgan. Topilmalar orasida Muqaddas Mariya tasvirlangan devoriy suratlar ham bor.
Yozma manbalarga ko`ra, Jizzax viloyatida (Usrushonaning bir qismi) Vinkerd nomli nasroniy aholi yashagan. Bu aholi xunarmandchilik bilan ham shug`ullangan. Vazkerd xududidagi g`or devorlaridan Ezgulik, Sara va Yelizavetaning uchrashuvi, Iso tug`ilishi ifodalangan suratlar topilgan.
Arablarning O`rta Osiyoni bosib olishi ko`plab mafkuraviy o`zgarishlarga olib keldi. Arablar o`zlari bosib olgan xududlarda islomni majburan singdira boshladilar. Ko`plab cherkov va ibodatxonalar masjidga aylantirildi. Masalan, Attoran yaqinidagi cherkov Bonu Xanzan va Kalon masjidlariga aylantirilgan.
Arab istilosi davrida islom Eron va O`rta Osiy madaniyati bilan uyg`unlashib ketdi.
Nasroniylar xalifat davlatlarida malakali tabiblar bo`lib, yuqori lavozimlarda ishlashgan. Ular orasida faylasuf, diplomatlar ham bo`lgan.
Arab istilosidan so`ng Sharqdagi siyosiy-madaniy markazlardan biri Marv edi. IX asr boshlarida Horun ar-Rashid ukasi Ma’mun bilan urushgan davrda Marv xalifalik markazi edi. XII asrda Marv Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylandi.
Yuqoridagi voqealar fan va madaniyatning rivojlanishiga imkon berdi. Misol tariqasida mashhur nasroniy tabib Ali ibn Sahl Rabbaini keltirish mumkin. U 808 yilda tug`ilgan. Uning otasi Marv hokimining kotibi edi. Arab geografi al-Kindining yozishicha, Rabbai faylasuf va matematik ham bo`lib, Aflotunning “Almagest” asarini yunonchadan tarjima qilgan. So`ng unga Rabbai -O`qituvchi deb nom berishgan.
Beruniy marvlik nasroniy tabib Ibn Masadan ko`p ta’limot o`rgangan. Ibn Masa ko`plab ilmiy asarlar yozib, dorivor o`simliklar va qo`ziqorinlarning o`sadigan joylari va hosiyatlarini tasvirlagan.
Patriarx, Timofey davrida (780-819y.) O`rta Osiyoga xristian missioneri Subxalьyeshu yo`l oladi. Timofey xristianlikni qabul qilgan turk xoqoni va boshqa boshqaruvchilar bilan tez-tez yozishib turadi.
Somoniylar davrida (1X-X asr) xristianlikning ahvoli o`zgaradi. Islom davlat dini bo`lgani uchun mafkurada asosiy o`rinni egallab, g`ayridinlarni siqib chiqaradi. Yuqorida qayd etilganidek, Narshaxiy Buxoroda xristian cherkovi o`rnida musulmon masjidi qad rostlamoqda, degan ekan.
Shunaka vaziyat, masalan, davlatning sharqiy hududlarida ham kuzatiladi: Taraza zabt etilgandan keyin, xristian ibodatxonasi o`rnida masjid quriladi, Marvda sobor cherkovi o`rnida masjid qayd rostlaydi. Shu vaqtning o`zida xristian jamoalari O`rta Osiyo viloyatlarida ham, uning sharqiy koloniyalarida ham faoliyatini yurgazaveradi. Bu xaqda yuqorida qayd etilganidek, Samarkand yaqinidagi Shavdarada joylashgan xristianlar qishlog`ining rivojlanganligi va X asrda uning jamoasi o`z ibodatxonasiga ega bo`lganligi guvohlik beradi. Sirdaryo qirg`og`idagi Vazkerd xristianlar qishlog`i  ham tasvirlanadiki, bu Samarkand va Marv mitropoliyalari faoliyati to`xtab qolmaganligini bildiradi.
Somoniylar davlatining inqirozi va Qorahoniylarning davlat tepasiga kelishi har xil dinlarning, shu jumladan xristianlikning rivojlanishiga olib keldi.
841-847 yillarda Markaziy Osiyoda uyg`urlar manixey davlati xalok bo`ladi, lekin shundan so`ng aholining ko`p qismi xristianlik dinini qabul qiladi. 1009 yilda nestorian ruxoniylari Markaziy Osiyo xalqlarining mo`g`ul tilida so`zlashuvchi eng yirik va eng madaniy bo`lgan karaitiylarni cho`qintirganlar. Cho`lda adashib qolgan Karait xoniga, go`yo, iloxiy Sergiy paydo bo`lib unga yo`l ko`rsatkan ekan. Xon hamma xalki bilan birga cho`qinib, Marguz(Mark) nomini olgan. Taxminan shu paytda ongutlar xalqi -jangari turklarning avlodlari (xunlarning so`nggi qoldiqlari) xristianlikni kabul kilishadi. Shu davrda Movaraunnahrni zabt etib X-X1 asrlarda Qorahaniylar imperiyasini tuzgan qabilalar tarkibiga kiruvchi guzalar va kisman chigilalar ham cho`qintirilgan edi. Nestorianlik XII asr boshiga kelib ham rivojlandi.
XI-XP asrlarda Samarkandda nestorianlar mitropoliyasi davom etmoqda edi. Shu vaktda nestorianlik turk xalklari o`rtasida keng tarkalgan edi, Koraxoniylar turk sulolasi davlat tepasiga kelishi bilan ularning Sug`dga kelishi kuchaydi.
Yettisoyda o`sha davrga oid siriya yozuvlari bitilgan ko`plab qabr toshlari saklanib kolgan bo`lib, bular V.V. Bartolьdning fikriga kura, Kangla turk qabilalariga tegishlidir.
XIII asr boshlarida O`rta Osiyo mo`g`ullar tomonidan zab etilgan edi, bu oqibatda ko`p shaharlar vayrona bo`lishiga olib keldi. Shu bilan birga ularning O`rta Osiyoga kelishi bilan yana nestorianlar kelishi kuzatiladi. Marko Polo ham XIII asrning ikkinchi choragida Samarkanda qurilgan Avliyo Ioann Krestitel cherkovini tilga olib o`tgan.
Download 40.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling