5-Mavzu: Marketing dasturi
Download 176.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-Mavzu Marketing dasturi
5-Mavzu: Marketing dasturi. Marketing dasturi haqida tushuncha. Korxonani bozorga tomon yo`naltirilgan ishlab chiqarish, sotish, savdo, moliya fupktsiyalariniig o`zaro bog’liqligi. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo`limlari. Vaziyatni tashkil etish va marketing sintezi. Korxona faoliyatini marketing tamoyillari asosida rivojlantirishni asosiy yo`nalishlarini tanlab olish. Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) xujjat bulib, korxonaning bozorda anik faoliyat kursatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengrok ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yunaltirilgan taxlil, rejalashtirish va nazorat kilish jarayoni deb karaladi. Marketing dasturlari kiska muddatli(bir yilgacha), urta muddatli (5 yilgacha) va uzok muddatli (10 yilgacha va undan kuprok) buladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga muljallangan bulishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxujalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yukori boshkarish bugini uchun karor kabul kilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani utgan davrdagi faoliyat natijalari bulib, unda maksadli bozorni rivojlanishini kiska taxlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maksadi, bozordagi xulk-atvorini strategik yuli, tovar, narx, sotish va ragbatlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadkikotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing xarakatlari samaradorligini oldindan baxolash, marketing dasturini amalga oshirish buyicha nazorat chora-tadbirlari va xarakatlari beriladi. Marketing dasturi marketing kompleksi tadkikotlari va firmani uz imkoniyatlarini baxolash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bulsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur boskich sifatida kuriladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yukori boshkaruv bugini ( joriy rejalashtirish , direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshkaruv karorlarini kabul kilish uchun zarurdir. Marketing dasturini strategik yunalishi bozordagi mavkesidan va korxonani uz xolatini bogligiga karab uz ichiga turli variantlarni oladi. Strategiyalar diversifikasiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash, xujum va ximoya strategiyalari bulishi mumkin. Marketing dasturini ishlab chikarishda kup variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari buladi. Dasturni minimal varianti, dasturni ogir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni kuzda tutadi.Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda xakikiy muvaffakiyatga iktisodiy va ijtimoiy xamda psixologik samarani olishni maksad kilib erishadi. Shuningdek dasturni urtacha yoki optimal variantlari keng tarkalgan. Firma turli marketing dasturlarini ishlab chikadi, yunalishiga karab markekting dasturi yukori va pastki bugin uchun bulishi mumkin. Agar dastur yukori bugin uchun bulsa, u kiska va lunda tuzilgan bulishi lozim. Chunki unda muxim tomonlari ajratib kursatiladi Pastki bugin uchun tuzilgan dasturlarda esa xar bir savollar yoritilib beriladi. Muddatiga karab marketing dasturlari kiska, urta va uzok muddatli turlarga bulinadi. Ayrim firmalar esa iki yoklama dastur tuzadilar, ya’ni uzok mulddatli va kiska muddatli dasturlar. Kamrab olayoigan vazifasiga karab oddiy yoki maksadli dasturlarga bulinadi. Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chikarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini yechishga yunaltiriladi. Maksadli dasturda esa yangi maxsulot ishlab chikarish yoki segmentni uzlashtirish, firma siyosatini ragbatlantirish samaradorligini oshirish kabi muxim vazifalarni amalga oshirishga karatiladi. Obyektiga bogligiga karab marketing dasturlari maxsulotlar buyicha va ishlab chikarish bulimi buyicha bulishi mumkin. 1. Ishlab chikarish bulimi buyicha marketing dasturi kuyidagi maksadga ega: tovarlar siyosatini xisobga olgan xolda chikarilayotgan maxsulotni zaruriy nomenklaturasini aniklash; innovasiya buyicha karorni asoslash; chikarilayotgan maxsulot sifati va texnik darajasini oshirish buyicha karor kabul kilish; tovar ishlab chikarish tuzilishida xar bir maxsulot ulushini urnatish; ishlab chikarishni ustivor yunalishlari buyicha xarajatlarni umumiy xajmi va ularni tuzilishini xisoblash; moliyalashtirish manbalarini topish; ishlab chikarishni moddiy va mexnat resurslari bilan ta’minlash; ishlab chikarish va muomala xarajatlarini xisoblash; ishlab chikarish samaradorligini aniklash va foydani bashorat kilish. Ishlab chikarish bulimi buyicha marketing dasturi firmaning tulik ichki rejalashtirish va ishlab chikarish rejasini xisobga oluvchi optimallashtirilgan kursatkichlarni uz ichiga olishi lozim. Shunday kilib, ishlab chikarish buyicha marketing dasturi ishlab chikarish bulimining xujalik faoliyatini ja’mi kursatkichlari tuplamini taxlili asosida ishlab chikilgan asosiy xujjat xisoblanadi. 2.Maxsulot buyicha marketing kuyidagi maksadlarga ega: maxsulotni optimal texnik-iktisodiy kursatkichlarini ishlab chikish ; maxsulotni ishlab chikish va sotish samaradorligini kup variantli xisob-kitobini utkazish; yangi (takomillashgan) tovar ishlab chikarish rentabelligini va zarurligini asoslash; chikarilayotgan maxsulot xajmini natural va kiymat birligida belgilash; iste’molchilarni maksadli bozorda kuzlagan maksadlarini xisobga olgan xolda xar bir tovar buyicha sifat kursatkichlarini urnatish; xar bir maxsulotni integral baxolash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish); maksadli bozorda rakiblarning mavjud uxshash tovarlarini xisobga olgan xolda xar bir tovar buyicha rakobatbardoshlik darajasini xisoblash. Marketing dasturlarini ishlab chikishda maksadli yondashish uslubiga asosan korxonaning muljallangan maksadiga erishish va uni bajarilishini nazorat kilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi. Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi kuyidagichadir: korxonaning imkoniyatlari taxlili(xolatli taxlil) Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yunalishlari. Korxonaning ichki va tashki muxitlarini solishtirish. rivojlanish maksadlarini aniklash.(Marketing sintezi). Ishlab chikarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maksadlari va bozorda foydaga erishish yullarini aniklash. strategiyani ishlab chikish. Korxonaning moddiy, mexnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni kuzlagan uzok muddatli maksadni aniklash (bozor seumentlarini, marketing vositasini, bozorga kirish vaktini va boshkalarni tanlash ). rejani ishlab chikish. Ishlab chikarish, moliya, baxo, kadrlar, reklama, sotish va boshkalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. nazorat kilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni anik bozor xolatiga tugri kelish). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati. Korxonaning imkoniyatlari taxlil kilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari (tashki muxiti) va uzining ichki saloxiyati turisida batafsil axborotlar tuplab, anik xulosa chikariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadkik kilish» va «Xolatli taxlil» usullaridan foydalaniladi. Bozorni kompleks tadkik kilish boshlangich davri bulib, korxona marketing dasturini va rejasini tuzishi uchun manba xisoblanadi. Xolatli taxlil, firma faoliyatini uziga xos taftish kilish va taroflicha baxolashni uz ichiga oladi. Korxonaning rivojlanish maksadlarini aniklashda eng avvalo uning ichki imkoniyatlarini xisobga olib, kaysi soxada sotishning usishi orkalimi yoki bozorda uz ulushini kupaytirish, obrusini kutarish yuli bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maksadlari marketing tajribasiga kura bir necha yunalishlar orkali amalga oshirilishi mumkin: Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chikarilayotgan tovarni sotish xajmini kupaytirish orkali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yul bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chikish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikasiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integrasiyalashgan rivojlanish orkali sotish korxonalar bilan xamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni kupaytirish, turtinchidan, diversifikasiya yuli bilan, ya’ni korxona uz marketing faoliyati doirasida kushimcha xom-ashyoni, tovarni, texnodogiyani, iste’molchilarni uzlashtirish orkali rakobatbardoshligini oshirishga va foydani kuprok olishga erishadi. Marketing strategiyasi - maksadga erishish uchun kanday xarakat kilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning maxsulot ishlab chikarish, iste’molchilar, baxo, reklama, sotish va boshka faoliyatiga asosiy yunalish aniklaydi, xar bir bulimi maksadini belgilaydi va ular ishini muvofiklashtiradi. Marketing strategiyasi zaminida kuyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular korxonalar faoliyatida xisobga olinishi mumkin: Bozor bir xil emas, u uziga xos tabakalar (segmentlar)dan iborat. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo xar doim tanlangan bozori tabakalari (segmentlari)ni uziga jalb etishda, kuprok muvaffakiyat kozonishni uylash lozim. Firma bozorda mustakil yoki boshka korxonalar bilan xamkorlikda faoliyat kursatishi mumkin. Marketing vositasini tanlashda, kuprok bir-biriga mos va uzaro vazifalari bilan bir-birini tulgizib turuvchilarni ishga solishni kuzda tutish kerak. Masalan, tovar upakovka(urama)si bilan narx, tovar xarakati bilan sotish joyini, iste’molchilar bilan alokalarni reklamaga kushib ishlatilishi tavsiya etiladi. Korxonaning bozorga chikishida iktisodiy xolatni xar tomonlama xisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasining xolatini, rakobatchilar bilan tutgan urni va boshkalar. Marketing strategiyasini ishlab chikishda eng muxim muammo, korxonani foyda olishga yunaltirish xisoblanadi. Uning yechimini topishda jaxon tajribasida kuyidagi yondoshishlar mavjud. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling