5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi


Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz


Download 427.22 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi427.22 Kb.
#1475320
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5- mavzu MARKETING TIZIMI VA SOHASI

Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

  • Partizancha marketing bu - hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi - reklamaga ko‘p pul sarflash o‘rniga tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.
  • Partizancha marketing nostandartlik, noan’anaviylik, hammaga ma’lum haqiqat oddiy narsalardan voz kechish va yuqori moslashuvchanlikni, imkorniyatlar cheklangan holda yuqori natijalarni anglatadi. Partizancha marketing bu - kuchli raqibga qarshi nisbatan arzon, lekin juda samarali aniq zarbalar va diversiyalardan foydalanishdir.
  • Partizancha marketing (guerrilla marketing) deb pul kiritmagan yoki deyarli pul kiritmagan holda o‘z tovari yoki xizmatini samarali ilgari surishga, yangi mijozlar jalb qilish va foydani oshirishga imkon beradigan kam byudjetli reklama va marketing usullariga aytiladi. SHu sababli partizancha marketing «kam byudjetli marketing» yoki «kam xarajatli marketing» deb ham ataladi.

Virusli marketing bu - shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish g‘oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o‘za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u haqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, unga yoqadigan reklamadir.

  • Virusli marketing bu - shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish g‘oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o‘za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u haqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, unga yoqadigan reklamadir.
  • Virusli marketing bu - brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun mavjud ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing texnikasi.
  • Virusli marketing bu - e-mail-marketing uchun xos bo‘lgan uslubiy tamoyillar bo‘lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga yetkazishini rag‘batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning eksponensial o‘sishi uchun salohiyat yaratadi. Xuddi viruslar kabi, bunday texnologiyalar uzatilgan xabarlar sonini oshirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi.
  • Virusli marketing - brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun odamlarning o‘zidan foydalanadigan marketing texnikasi. Bu «og‘izdan og‘izga» marketing kommunikatsiyasidan foydalangan holda axborotni tarqatish, mish- mishlarni boshqarish texnologiyasi, partizancha marketing elementi, tavsiyalar bo‘yicha marketing yoki «uzunquloq radio» deb atalishi ham mumkin.

Download 427.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling