5-Mavzu: Mavzu: Qadimgi davr о’zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba Reja


Download 66.5 Kb.
bet2/6
Sana10.03.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1257582
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadimgi davr о’zbek folklori – etnomadaniyat tarixida

2-masalaning bayoni: Yuqorida ta’kidlab o’tilgan manbalar asosida qadimgi davr folklorida quyidagi janrlar mavjudligi aniqlanadi: mif, afsona, rivoyat, qo’shiq, maqol va marosim qo’shiqlari.
Mif - ibtidoiy jamoa a’zolari tomonidan olam va odamning paydo bo’lishi haqida to’qilgan eng qadimgi hikoyalar hisoblanadi. Islom dinidan avval ajdodlarimiz tasavvurida ezgulik va yovuzlik ruhlari, shuningdek, quyosh, hosil, urush va boshqa narsalarning ma’bud hamda ma’budalari bo’lgan. Natijada miflarda insonning inson sifatida shakllanish jarayoni o’z ifodasini topadi. Sharq ilmiy adabiyotlarida miflar arabcha asotir, forscha afsona, turkiy tilda sav atamalari bilan ham yuritiladi. Ammo jahon folklorshunosligida “mif” atamasini qo’llash an’ana bo’lganligi uchun ham biz qadimgi hikoyalarni ana shu nom bilan ataymiz. Miflar qadimgi ajdodlarimizning quyidagi qarashlari natijasida paydo bo’lgan: 1. Totem. 2. Fetish. 3. Anim.
1. Totem - ajdodlarimiz qadim zamonlardan topinib kelgan hayvonlar, qushlar, o’simliklar.
Totemizm - ibtidoiy jamiyatda paydo bo’lgan dinning alohida shakli bo’lib, odamning ko’pincha bir hayvon yoki o’simlik bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch - e’tiqodini anglatadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek urug’larining ota-bobolari burgut, ilon, ot, tuya, ayiq, bo’ri, yo’lbars, arhar, qaldirg’och, g’oz, chinor, tut kabi jonli va jonsiz predmetlarga e’tiqod qo’yganlar. Ular bo’rini balo-ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi va ezgulik yaratuvchi jonzod deb bilganlar.
Qadimgi manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo’ri turk urug’ining ajdodi sifatida namoyon bo’ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo’ridan va dushman tomonidan qirilgan urug’ ichida tirik qolgan 10 yoshli o’g’il boladan tarqalgan. Hatto Ashina ismli turk urug’larining birida bo’ri kallasi tasvirlangan bayroq ham bo’lgan.
Bo’ri bilan bog’liq bo’lgan e’tiqodning asosida yangi tug’ilgan bolani salomat saqlash, yaxshi hayot kechirish, chorvani ehtiyotlash, ekinlarni yovuz kuchlar ta’siridan saqlash kabi ishonchlardan iborat bo’lgan. Bo’ri totemiga aloqador “Bo’ri qiz”, “Cho’loq bo’ri” kabi ba’zi ertaklar hozirgi kunga qadar xalq orasida aytib kelinadi.
Ot totemi ham qadimgi kishilarning turmushi - tirikchiligi bilan bevosita bog’liq bo’lib, otlarni xonakilashtirish, ulardan ish hayvoni sifatida foydalanish davomida yuzaga kelgan. Arxeologik qazishmalarda topilgan yarim ot, yarim odam ko’rinishidagi maxluqlar rasmi, hozirgacha ekin maydonlarining chetida otning kalla suyagini qo’riqchi sifatida qo’yilishi va boshqalar ibtidoiy kishilar ongida saqlanib qolgan ot totemi haqidagi e’tiqodning timsolidir. O’zbek xalq dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k, Ko’kdo’nan kabi epik ot timsollarining g’oyat katta o’rin tutishi ham Shundan.

Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling