5-Mavzu: Mavzu: Qadimgi davr о’zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba Reja
Download 66.5 Kb.
|
Qadimgi davr о’zbek folklori – etnomadaniyat tarixida
Anonimlik. Anonimlik asar muallifi nomining ma’lum emasligi demakdir. Xalqimiz og’zaki ijodidagi yuzlab ertak va dostonlarni birinchi bо’lib aytgan ijodkor nomi anonimdir.
Xalq qо’shiqlari, maqollari, topishmoqlari ham bizga ma’lum bо’lmagan bobo-momolarimiz tomonidan yaratilgan. Ammo ular, biz avval aytganimizdek, о’z ismlarining saqlanib qolishini xohlamaganlar. Keyinchalik esa asarni birinchi yaratgan va aytgan shaxs nomining yoddan kо’tarilishi ham an’anaga aylangan. Ammo xalq og’zaki ijodidagi anonimlik bilan yozma adabiyotdagi asar muallifi nomining ma’lum emasligi mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalardir. Og’zaki ijodda anonimlik oddiy holat bо’lsa, yozma adabiyotda adib nomining yо’qligi tasodif hisoblanadi. Masalan, “Yusuf va Zulayxo”, “Gul va Navrо’z” dostonlarini yozgan shoirlar nomi ma’lum bо’lmagan taqdirda ham, bu asarlar og’zaki ijod namunasi hisoblanmaydi. Chunki ularning matni og’zaki adabiyot an’anasiga mos kelmaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, folklorshunos olim Omonilla Madayev an’anaviylikni folklorninig asosiy va birinchi xususiyati, deb hisoblaydi. Gap shundaki, xalqning hordiq chiqarishida, madaniy dam olishida asosiy vosita hisoblangan doston, ertak, qo’shiq, askiya, topishmoq ijrolari qadim zamonlardan buyon ma’lum an’anaga bo’ysunadi. Bu holatni bir necha yo’nalishda qayd etish mumkin: 1. Folklor asarlarining og’zaki usulda yaratilishida. 2. Og’zaki ijod asarlarining matnida. 3. Ijroning shaklida. Folklorshunos olimlar B. Karimov, H. Zarifov, M. Afzalov, M. Alaviya, Z. Husainovalarning ma’lumot berishicha, og’zaki ijod asarlarini ijro etishda ijrochilar qat’iy odatlarga amal qilganlar. Xususan, ertak aytuvchilar tinglovchilari yig’ilganidan so’ng o’z oldiga suv, kul, tuproq, isiriq, supurgi, taroq, cho’p va boshqalarni ma’lum tartibda qo’yib ertak aytishni boshlaganlar. Topishmoq aytishda esa g’olib va mag’lub taraflarni belgilovchi shartlar e’lon qilingan. Doston ijrosida Samarqand, Xorazm, Farg’ona, (Namangan) an’analari mashhur bo’lgan. Demak, turli janrlarga oid asarlar ijrosi davomida doimiy ravishda takrorlanuvchi an’analar muhim rol o’ynagan. Shubhasiz, folklorshunoslikda matniy an’analarga e’tibor berish muhimroq hisoblanadi. Biz bu o’rinda doston, ertak janrlariga mansub asarlarning nasriy va nazmiy shakllarini, asar boshlanmasidagi an’anaviy o’rinlarni nazarda tutamiz. Adabiyotshunoslikda obraz yaratish, konflikt badiiy tasvir vositalari kabi tushunchalar etakchi xususiyatlar sanaladi. Xalq qo’shiqlaridan tortib dostonlarigacha, maqollardan tortib ertaklargacha obraz yaratish, voqeani bayon qilish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kabilar o’ziga xos ko’rinishlarga egadir. Shuning uchun xalq orasidan etishib chiqqan va alohida iqtidorga ega bo’lgan ijodkor - ijrochilar o’zlari yaratgan asarlarini har bir janr an’anasini hisobga olgan holda ijod qilganlar. Natijada, ular yaratgan yangi asar an’ana jihatdan original bo’lmagan. Shuninig uchun ham yangi ertak yoki doston yaratuvchi shaxs o’z nomini muallif sifatida eslashga jur’at etmagan. Shunday qilib, an’anaviylikni xalq og’zaki ijodning o’ziga xos muhim belgilaridan biri sifatida ko’rsatish mumkin bo’ladi. Variantlilik (ko’p nusxalilik) va versiyalilik (tarmoqlilik) yozma ijodda deyarli ko’zga tashlanmaydi. chunki bir asarning bir muallif tomonidan turli o’zgarishlar bilan o’quvchiga taqdim etilishi son va sifat jihatidan variantlilikning vujudga kelishiga imkon bermaydi. Ba’zi hollardagina yozma adabiyotdagi variantlilik haqida fikr yuritish mumkin. Jumladan, adabiyotshunoslarning ma’lumot berishicha, Said Ahmadning “Ufq” romani “Sharq Yulduzi” jurnali va alohida nashr variantiga ega. Vaholanki, og’zaki ijodda bir asarning baxshilar tomonidan ijro etilishi o’nlab variantlarni vujudga keltiradi. Folklorshunoslikka “Alpomish” dostonining 100 ga yaqin varianti ma’lum bo’lib, shulardan 30 dan ortig’i yozib olingan. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling