5-Mavzu: Metallarga ishlov berish texnologiyasi Reja


Download 160.37 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2020
Hajmi160.37 Kb.
#140358
  1   2
Bog'liq
5-Mavzu Maruza matn


5-Mavzu: Metallarga ishlov berish texnologiyasi

Reja:

  1. Metall buyumlarni pardozlash texnologiyasi.

  2. Mashina, mexanizm elementlari va turlari.,

  3. Gidravik va pnevmatik jihozlar, Texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish texnologiyasi.


Mashinalar asosiy detallardan yasaladi.

Detal deb mashinaning bir materialidan tayyorlangan, bo‘linmas, bir butun tarkibiy bo‘lagiga aytiladi.

Har bir mashina turli miqdordagi detallardan yasaladi. Masalan, reaktiv samalyotda milliondan ortiq, ekskavatorda bir necha yuz ming detal bor.

Har bir detalning o‘z nomi bo‘ladi.

Har bir mashinani yasash uchun standart va nostandart detallari ishlatiladi.

Standart detallar deb turli mashinalar yasashda umumiy foydalaniladigan, o‘zaro almashuvchan detallarga aytiladi. Bu detallarni shakli, o‘lchamlari, materiali hamda boshqa sifatli birxillashtirilgan bo‘ladi.

Bunday detallarni tayyorlash arzon bo‘lgani uchun ulardan keng foydalaniladi. Eng ko‘p tayyorlanadigan standart detallar biriktirish detallari: gayka, bolt, shayba, shpilka, shponka, shtift kabilar hisoblanadi. Podshivniklar,tishli g‘ildiraklar, val, o‘qlar ham standart detallar hisoblanadi.

Nostandart detallar deb biror mashina uchun aloxida tayyorlanadigan detallarga aytiladi.

Bunday detallar mashinaning texnologik vazifalaridan kelib chiqadigan talablarga muvofiq yasaladi. Bar xildagi nostandart detallar to‘liq yok qisman o‘zaro almashuvchan bo‘ladi.

Mashinalar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan asosiy detallarning ayrimlari quyidagilar:

Bolt - bir uchida rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchida kallakli biriktirish detali.
Kallagi ishlatish maqsadida mos ravishda turli shakllarda bo‘ladi. Kallagi olti karrali prizma shaklidagi boltlar ko‘p ishlatiladi.


SHpilka - ikkala uchida rezbali va bir tomoni berkitishga maxkamlanadi, ikkinchi uchida rezbaga gayka burab maxkamlanadi.

Gayka – o‘rtasida rezbali teshigi bo‘lgan biriktirish detali.
Gaykalar turli shakllarda bo‘ladi. Olti qirrali shakldagi gaykalar ko‘p tarqalgan, gaykaning bolt va shpilka rezbasi burab o‘rnatish orqali detallar birikmasini maxkamlash uchun ishlatiladi.

SHayba - gayka bolt kallagi ostida o‘rnatish uchun teshigi bor taglik.
SHayba biriktirilayotgan detali gayka yoki bolt kallagi kirib yoki ezib yubormasligi, tayanish tekisligini kattalashtirish hamda gaykani rezbadan o‘rnatilgan tarangligini turli ta’sirlardan bo‘shab qolmasligini ta’minlash
uchun ishlatiladi.


SHaybalar vazifasigi mos xar turli shakllarda bo‘ladi.

Vint – bir uchida rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchida kalak bo‘lgan biriktirish detali. Vintlarning kallagi chiqib turadigan.
YArim yashiriladigan, yashiriladigan hamda atvyortka yoki gayka kalitlari bilan burashga moslashtirilgan turli shakllarda bo‘ladi. Vint rezbasini biriktirilayotgan detaldagi rezbali teshikka burab kiritish orqali maxkamlash uchun ishlatiladi.


SHurup - bir uchi o‘tkir konus shakldagi va yirik qadamli rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchi kallakla biriktirish detali.
SHuruplar kallagi chiqib turadigan, yarim yashiriladigan, otvyortka bilan burashga moslashtirilgan turli shakllarda bo‘ladi. SHuruplar yog‘och yoki yumshoq plastmassalarni biriktirish uchun ishlatiladigan vintlar xisoblanadi.





Download 160.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling