5-Mavzu: Metallarga ishlov berish texnologiyasi Reja


Download 160.37 Kb.
bet2/2
Sana04.11.2020
Hajmi160.37 Kb.
#140358
1   2
Bog'liq
5-Mavzu Maruza matn

SHplint - ikkiga buklangan po‘lat simdan iborat detal, ikkiga buklangan joyida hamda shaklida kallak hosil qilinadi. SHplint gaykaning o‘rnatilgan rezbasidan turli ta’sirlar natijasida chiqib ketishni oldini olish uchun ishlatiladi.
SHlintni boltning unga o‘rnatilgan gaykadan tashqari chiqib turadigan ismidagi teshigidan kallagigacha kiritilib uchlarini ikki yonga qayirib
o‘rnatiladi.


SHtift - silindr yoki konussimon shakldagi detal, shtiftlar biriktirilayotgan detallarni qo‘zg‘almaydigan hamda bir-biriga nisbatan aniq xolatda o‘rnatish uchun ishlatiladi.
SHtiftlar biriktirilayotgan detallarda o‘yilgan teshiklarga o‘rnatiladi.





SHponka - to‘rt qirrali prizma, pona yoki segment shaklidagi biriktirish detali. SHponkalar val bilan unga o‘rnatilgan detallar o‘yilgan o‘z shakliga mos detali. SHponkalar val bilan unga o‘rnatilgan detalning bir-biriga aylanma harakatni uzatishini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Val - aylanuvchi qismlarni tutib turish hamda aylanma xarakatni uzatish uchun xizmat qiluvchi detal.

O‘q – aylanuvchi qismlarni tutib turuvchi detal.
Tishli g‘ildiraklar - gardishiga tishlar yo‘nalgan g‘ildiraklar shaklidagi detallar. Ularning tishlari bajaradigan vazifasiga muvofiq turli shakllarda bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar aylanma xarakatni uzatishga xizmat qiladi.

Asos – bir yoki bir necha detalni kerakli xolatda o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi detal. Asosning shakl vazifasiga mos ravishda char torli bo‘ladi.
Tayanch – bir yoki bir necha detalni kerakli xolatda o‘rnatish, tutib turish uchun xizmat qiluvchi detal.

Stanina – stanok va uning qismlarini xarakatlanishi uchun kerakli xolatda o‘rnatishga xizmat qiluvchi detal.

Korpus – mashina va qismlariga tegishli detallar to‘plami atrofini biriktirish uchun xizmat qiluvchi detal.

Korpuslar vazifasiga qarab turli shaklda bo‘ladi.
Kranshteyn – tayanch tekislikda boshqa tekislikka o‘rnatilgan detallarni tutib turish uchun xizmat qiluvchi tayanch detal.

Richag - turli harakatarni ma’lum masofada uzatish uchun xizmatt qiluvchi to‘g‘ri yoki egri shakldagi va tegishli uzunlikdagi detal.

Dasta – mashina va mexanizmlarni qo‘l bilan ushlab boshqarish uchun xizmat qiluvchi detal. Detallar qo‘l bilan. ushlab, burash, aylantirish uchun qulay bo‘lgan shakllarda yasaladi.

Bulardan tashqari detallarning turlari ko‘p bo‘lib har bir mashinada zarur detallar foydalaniladi.

Har bir detal o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, ularning shaklini hosil qiluvchi qismlar alohida nomlar bilan ataladi. Ularning ayrimlari quyidagilar.

Faska – detallarning silindr shaklidagi qirasini konus shaklida yo‘nilgan, hamda boshqa shakldagi qirrasini hosil qiluvchi burchakni qiya qilib yo‘nilgan qismi. Faskalar har xil texnologik maqsadlarga xizmat qiladi.

Teshik – detalning turli shakldagi o‘yiqlari. Teshiklar bajarilishiga ko‘ra ochiq yoki bir tomoni yopiq, shakliga ko‘ra rezbali yoki rezbasiz, faskali, faskasiz, silindrsimon, ovalsimon va boshqa shakllarda bo‘ladi.

Ariqchalar – detal sirtida turli shakllarda va uzunlidikda yo‘niladigan chuqurliklar.

Qirra – detal shaklini hosil qiluvchi tekisliklarning kesishgan joyi.

Mustaxkamlik qovurg‘asi – detal sirtidan yupqa devor shaklidagi chitkilar.

Plita – ayrim detallarning asosini tashkil qiluvchi qismi.

Har bir mashina bir necha mexanizmlardan tashkil topadi.
Murakkab mashinalar tarkibida ko‘plab mexanizmlar bo‘ladi.


Mexanizm deb xarakat uzatish qurilmasi aytiladi. Mexanizmlar harakatni uzatish bilan birga ushbu xarakatda sarflanayotgan quvvatni kerakli yo‘nalishlarida taqsim qilish, harakat tezligini boshqarish, ya’ni uni kamaytirish va oshirish, aylanma, hamda to‘g‘ri chiziqli va ayrim chiziqli harakatlarni o‘zaro bir-biriga o‘zgartirish, harakatni boshlash, to‘xtatish hamda to‘liq yoki qisman teskari harakatga o‘zgartirish vazifalarini bajaradi.

Xar bir mexanizmni tarkibida harakatni uzatuvchi (etakchi) va qabul qiluvchi (etaklanuvchi) qismlar bo‘ladi.-In each mechanism there are parts which pass and get the actions. 1

Mexanizmlar tuzilishiga ko‘ra sharnir-richagli, tishli, firiksion, vintli va kulachokli turlarga bo‘linadi.

Har bir mexanizm ma’lum maqsadlar uchun foydalanishga mos hisoblanadi. Mashinalarda ko‘p uchraydigan mexanizmlardan biri vintli mexanizmdir. Ular bir necha turli bo‘lib, eng oddiysi juftvint deb ataladi.

Vintli juftvint bilan o‘rnatilgan gaykaning o‘zaro xarakatga asoslangan holda tuziladi.

Vintli juft asosan aylanma xarakatni to‘g‘ri chiziqli harakatga o‘zgartirishiga xizmat qiladi.

Uning etakchi qismi ko‘pincha tropetsiyasimon sterjendan, etaklanuvchi qismi esa shu sterjendan, etaklanuvchi qismi esa shu sterjendan vintga gaykaga o‘xshash xolatda o‘rnatiladigan turli shakldagi detaldan iborat bo‘ladi.

Har bir tizimdagi vintli juftlardan tokarlik va boshqa stanoklar, tiski, domkrat, pres, suv va gaz jumraklari, vintli aylanma stul va shu kabilar ma’lum uzunlik bo‘ylab ikki tomonga to‘g‘ri chiziqli aniq xarakat talab qilinadigan ishlarni bajarishda foydalaniladi.

SHulardan masalan tokarlik stanogida foydalanadigan vintli juft uzatmasi quyidagicha tuziladi.

Etakchi sterjen bo‘ylama harakat qilmaydigan, faqat aylanma harakat qiladigan holatda maxkamlangan, etaklanuvch qismi esa shu sterjendan vintga gaykaga o‘xshash xolatda o‘rnatilgan sirpanchiq shakldagi detaldan iborat.
Etakchi sterjen aylanganda sirpanchiq shu sterjenning tayanch vint yo‘nalgan uzunligi bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli xarakat qiladi.


Agar etakchi sterjen teskari aylantirilsa sirpanchiq ham orqaga aylanadi.

Vintli mexanizmning ya’ni bir turi chervyakli mexanizm xisoblanadi.
U etakchi o‘qqa nisbatan tik yo‘nalgan va boshqa boshqa tekislikda yotgan o‘qqa aylanma xarakatini uzatishga xizmat qiladi.


Etakchi o‘qning uchida tayanch vint yo‘nalgan, etaklanuvchi o‘qdan tishli g‘ildirak o‘tiladi.

Uning tishli tayanch vint ariqchalariga kirib turadigan shaklda bo‘ladi.
Tayanch vint ushbu tishlashi uchun kifoya qiladigan uzunlikda bo‘ladi.
CHervakni mexanizm katta quvvatga ega aylanma harakatlarni uzatish uchun qulay hisoblanadi.




1


Download 160.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling