Somonli qaynatma. 10 gramm somonga 1 litr vodoprovod suvi solib 30 daqiqa qaynatiladi. Hosil bo’lgan qaynatma filьtrlanib, kerakli tuzlar (K2NRO4 ) va shakar (1%) solinadi. rN i aniqlanib belgilanadi va avtoklavda 0,5 atmosfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Tuproqli agar.Quruq tuproqni o’simlik qoldiqlari, tosh va qumlardan yaxshilab tozalanadi. Tuproqni hovonchada maydalab, elakdan o’tkaziladi. Tuproqni kolbaga solib ustidan distillangan suvni 1:5 nisbatda qilib solinadi. Tayyor suspenziya 5-10 daqiqa chayqatiladi, keyin 1,5-2% agar qo’shiladi. Oziqani avtoklavda 120ºS haroratda 1 soat davomida sterillanadi. Sterillash 1 sutkadan so’ng yana qaytariladi.
CHapeka oziqa muhiti
1
|
NaNO3
|
2 g
|
5
|
FeSO4
|
0,001 g
|
2
|
KH2PO4
|
1 g
|
6
|
Saxaroza
|
20 g
|
3
|
MgSO4
|
0,5 g
|
7
|
Agar
|
20 g
|
4
|
KCl
|
0,5 g
|
8
|
Vodoprovod suvi
|
1 litr
|
Yuqorida ko’rsatilgan tuzlarni solib yaxshilab aralashtiriladi va agar solinadi. Keyin agarni suyultirish uchun suv hammomiga qo’yiladi. Tayyor bo’lgan oziqani probirka va kolbalarga solib avtoklavda 1 atmosfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |