Go’sht-pepton qaynatmasi. Bu oziqa muhitni tayyorlash uchun 500 gramm qiyma (yog’siz) olinib, ustiga 1000 ml iliq suv quyib 12 soat qo’yiladi. Keyin surp lattadan o’tkazilib qaynatiladi. Oqsillar qaynaganda ivib qoladi, shuning uchun ular avval surp lattada suziladi, so’ngra buklangan qog’oz filьtrdan o’tkaziladi. SHu tariqa go’sht bulьoni hosil bo’ladi. SHu bulьonga 1% pepton va 0,5% NaCl qo’shiladi. Pepton eriguncha isitiladi va maxsus komparator (rN aniqlagichi) yordamida muhitning reaktsiyasi aniqlanadi. Natijada go’sht-pepton bulьoni hosil bo’ladi va uni qaynatib, qog’oz filьtrdan o’tkaziladi. Qaynatma probirkalarga quyilib, og’zi probka bilan yopiladi va avtoklavda bir atmosfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Go’sht pepton agari. Sovuq go’sht pepton bulьoniga 1,5-2% agar qo’shib, uni bo’ktirish maqsadida 5-10 daqiqa shu holda qo’yiladi, so’ngra suv hammomida agar erib bo’lguncha qizdiriladi. SHu tariqa tayyorlangan go’sht pepton agari probirkalarga quyilib, avtoklavda 120ºS da 30 daqiqa sterillanadi. Agar-agar muhitining suyulish harorati 100ºS atrofida, qotish harorati esa 40-45ºS.
Kartoshkali oziqa muhiti. 400 gramm tozalanib, kubik shaklida qirqilgan kartoshka ustiga 1 litr vodoprovod suvidan solib 15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma filьtr qog’oz yoki paxta bilan filьtrlab olinadi va probirka hamda kolbalarga solinadi.
Avtoklavda 1 atmosfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi. Kartoshka suviga 20 gramm saxaroza yoki glyukoza va 20 gramm agar qo’shib zich oziqa muhit tayyorlanadi. Oziqani qaynatib, rN i aniqlanib, belgilanadi. Avtoklavda 1 atm. bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Dukkakli qaynatma. Dukkakli qaynatma tuganak bakteriyalar, mog’or zamburug’lar uchun yaxshi oziqli substratdir. Buni tayyorlash uchun dukkaklilar (no’xat, loviya) urug’i ustidan 4 barobar suv solib, 1 soat qaynatiladi yoki avtoklavda 0,5 atm. bosimda 20 daqiqa isitiladi. rN aniqlanib belgilanadi hamda 1% shakar qo’shib, probirka va kolbalarga solib, avtoklavda 1 atmossfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |