IZZOHLI LUG’AT
Fundamental ilmiy tadqiqotlar – inson, jamiyat va atrof-muhit
tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari haqida yangi
bilimlar olishga yo’naltirilgan eksperimental yoki nazariy faoliyat;
Amaliy ilmiy tadqiqotlar – asosan amaliy maqsadlarga erishish va
muayyan vazifalarni hal qilish uchun yangi bilimlar qo’llashga
yo’naltirilgan tadqiqotlar.
Ilmiy-texnik faoliyat (ITF) – texnologik, muhandislik, iqtisodiy,
ijtimoiy, gumanitar va boshqa muammolarni hal qilish, fan, texnika va
ishlab chiqarishning umumiy (yaxlit) tizim sifatida faoliyat yuritishini
ta’minlash uchun yo’naltirilgan faoliyat.
Eksperimental ishlanmalar – ilmiy tadqiqotlar o’tkazish natijasida
yoki amaliy tajriba asosida olingan bilimlarga asoslangan hamda inson
hayoti va salomatligini asrash, yangi materiallar, mahsulotlar, jarayonlar,
qurilmalar, tizimlar yoki usullar yaratish va ularni yanada
takomillashtirishga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Yangilik kiritish bu – biron-bir faoliyat sohasida uning
samaradorligini oshirish bo’yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning
rasmiylashtirilgan natijasidir.
Tadqiqot ilgari ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar olish yoki ilgari
ma’lum bo’lmagan tabiiat hodisalarini yoki insoniyat muhitini kuzatish
jarayonidir.
Ixtiro bu – yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va
inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o’z aksini topadigan tadqiqot
natijasidir.
Kashfiyot bu – tadqiqotlarning, ehtimol, qo’shimcha natijasi
hisoblanadi. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko’ra, fundamental darajada
yuzaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga
oshiriladi.
Innovatsiya (yangiliklar kiritish) – yangi mahsulot turlari,
texnologiyalar ishlab chiqish, yaratish va tarqatishga, yangi tashkiliy
shakllar joriy qilishga yo’naltirilgan ijodiy faoliyat natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |