5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar


Download 23.73 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi23.73 Kb.
#1005126
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu (1)


5-MAVZU. MILLIY INNOVATSION TIZIMLAR
5.1. Innovatsion tizimlar 
5.2. Fan va jamiyat innovatsion o’zgarishlar oqimida.
5.1. Innovatsion tizimlar 
Milliy innovatsion tizimni (MIT) yaratish bosqichlari, tarkibi, maqsadi 
va mazmunini quyidagicha ifodalaymiz.

  1. MIT yaratishdan maqsad – shu hujjatda e’lon qilingan fan va texnologiyalar sohasida davlat siyosati maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni 
    tanlab olingan ustuvorliklar asosida mamlakat rivojlanishining innovatsion 
    yo’lini ta’minlash hisoblanadi.
    2. MIT mazmuni. Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda 
    yaratilayotgan tizim ko’p darajali xarakterga ega bo’lishi hamda 
    innovatsion jarayon bosqichlari va boshqaruv darajalari bo’yicha bir qator 
    elementlarni qamrab olishi va ularni yakuniy natijalarga yo’naltirishi 
    lozim. 
    Innovatsion jarayon bosqichlari bo’yicha MIT quyidagilarning optimal 
    aloqada bo’lishini ta’minlashi zarur:
     
     tabiat, texnika va jamiyat rivojlanishining yangi qonuniyatlarini 
    ochish va ulardan dolzarb global va milliy muammolarni hal qilish, 
    barqaror rivojlanishda tabiiy muhit bilan o’zaro aloqada foydalanishga yo’naltirilgan fundamental va izlanuvchan tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar
    mahalliy tovar, xizmat va texnologiyalar raqobatbardoshligini 
    ta’minlovchi ixtirolar va boshqa original fan-texnika yechimlari; 
    istiqbolli fan-texnika g’oyalari va ixtirolarni yangi mahsulot sinov 
    namunalari va sinalgan ilg’or texnologiyalar ko’rinishiga keltiruvchi hamda ularni innovatsiyalarga amalga oshirishda 
    mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi amaliy tadqiqotlar va 
    konstruktorlik loyihalari; 
    yangi texnik g’oya va ixtirolarning paydo bo’lishi va asoslanishi
    innovatsiyalar uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash 
    va ularning malakasini oshirishda ishtirok etuvchi OO’Yu; 
    innovatsion loyiha va dasturlarni, ayniqsa, kichik biznes uchun 
    amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion mfz tashkilotlari. 
    3.Bunday yondashuv milliy innovatsion tizimning ierarxik, funksional 
    va ta’minot strukturasi yaxlitligini nazarda tutadi. 

 Uning tarkibida  quyidagi ierarxik pog’onalarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
lokal – yirik hududiy birlashmalar, ilmiy-sanaot markazlari, ilmiy 
shaharchalar bo’yicha – ularning o’ziga xosliklari va salohiyatini 
hisobga olgan holda; 
mintaqaviy – innovatsion ustuvorliklar tizimini tanlash va amalga 
oshirishni ta’minlash uchun; 
mintaqalararo - mintaqalarning innovatsion ustuvorliklarini 
muvofiqlashtirish, hudud doirasida ustuvorliklar tor doirasini 
belgilash va ularni mamlakat miqyosidagi ustuvorliklar bilan 
bog’lash maqsadida; 
tarmoq - alohida tarmoq va tarmoqlararo majmualar doirasida; 
milliy – mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasining amalga 
oshirilishini ta’minlaydi, mamlakatning global-innovatsion-
texnologik makondagi rolini oshiradi, mahalliy mahsulotlarning 
jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshiradi
davlatlararo – MDH va yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida 
innovatsion o’sish strategiyasining integral jihatlarini kuchaytirish, 
birgalikda jahon bozoriga chiqish maqsadida; 
global – mamlakat barqaror rivojlanish global dasturlari, global 
energetika sektoridagi o’zgarishlar, global ekologik dastur va 
loyihalarda ishtirok etishi mumkin bo’lgan darajada. 
Milliy innovatsion tizimning funksional va ta’minot strukturasi 
quyidagi asosiy tizimlarni qamrab olishi mumkin: 
strategik ustuvorliklarni ilmiy-texnik va innovatsion bashorat qilish 
va tanlash; 
innovatsion-texnologik rivojlanishni strategik rejalashtirish va 
dasturlash; 
innovatsion o’zlashtirish uchun ixtirolar va ilmiy-texnik 
faoliyatning boshqa natijalarini baholash va tanlash; 
xalq xo’jaligi (oziq-ovqat, energetika, uy-joy-kommunal, yuqori 
texnologiyali, transport va b.) majmualari va yirik hududiy 
majmualarda innovatsion o’zgarishlar; 
innovatsion infratuzilmani (ilmiy shaharchalar, innovatsion-
texnologik markazlar, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion 
ko’rgazma-yarmarkalar, kichik innovatsion biznes uchun biznes-
inkubatorlar) rivojlantirish; 
innovatsion rivojlanishning integratsion jihatlari, texnologiyalar va 
innovatsion mahsulotlar eksporti va importi, davlatlararo 
innovatsion tizimlar yaratish; 
moliyaviy ta’minot; 
innovatsion jarayon barcha qatnashchilarining mamlakatdagi va 
dunyodagi ilmiy ixtirolar va innovatsiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy va 
ilmiy-texnik rivojlanish haqida axborot ta’minoti; 
innovatsion menejment; 
 innovatsion rivojlanishning kadrlar ta’minoti, ilmiy-innovatsion 
yo’nalishning ustuvor yo’nalishlari, muayyan dastur va loyihalar bo’yicha 
olimlar, konstruktorlar, muhandislar, ishchilar tayyorlash, qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish, o’rta va oliy ta’lim, masofadan o’qitish tizimida 
innovatsion yo’nalishlarga e’tiborni kuchaytirish 

Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling