5-mavzu. Mintaqalar aholisi va mehnat resurslari

Download 3.86 Mb.
bet2/4
Sana04.10.2023
Hajmi3.86 Mb.
#1692041
1   2   3   4
Bog'liq
5- Mavzu. Mintaqa aholisi. Demografiya

1897-yilda O‘zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashar edi, ya’ni o‘tgan 100 yildan sal ko‘proq vaqt mobaynida bu yerda aholi 6,3 baravar ko‘paydi. XX asrda O‘zbekiston aholisining soni bir tekis oshgani yo‘q. Uning dastlab ikki hissa ko‘payishi salkam 60 yil davomida, keyingi ikki hissa ko‘payishi esa 20 yil ichida ro‘y berdi. Respublika aholisi 2001-yilning oxiriga kelib, 1980-yildagiga nisbatan 1,6 baravar ko‘payishi kutilgan edi. Aholining uchinchi marotaba ikki hissa ko‘payishi esa yuzaga kelgan ko‘payish sur’ati saqlangan taqdirda XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi oxirida ro‘y berishi kutilmoqda.

Aholi ko‘payishi bilan uning zichligi ham ancha oshmoqda. 1940-yilda har kv.km.ga 14,6 kishi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2010-yilda 54,1 kishi to‘g‘ri keldi (zichlik 3,7 baravar oshgan). Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning 14 ta hududiy bo‘linmasidan 10 tasi, shu jumladan, Toshkent shahri aholi zich bo‘lgan hududiy bo‘linmalar jumlasiga kiradi. Vaholanki, ular O‘zbekiston hududining taxminan choragini, aholi uncha zich bo‘lmagan to‘rtta viloyat esa to‘rtdan uch qismini egallagan. Aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalarga butun aholining mehnat resurslari, iqtisodiy faol va ish bilan band aholi, tug‘ilgan bolalar va aholi tabiiy ko‘payishning beshdan to‘rt qismi, yalpi mahsulotning 74 %i, investitsiyalarining 79 %i va iste’mol xarajatlarining 88 %i to‘g‘ri kelmoqda.

Aholining ko‘payishi uni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi, ish o‘rinlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar, shuningdek ekologik oqibatlar va kasallik ko‘payishini keltirib chiqaradi. O‘zbekistonning aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalarida ishlab chiqaruvchi kuchlar eng yuqori darajada rivojlangan va yashashni ta’minlash shart-sharoitlari qulay bo‘lgan hududiy bo‘linmalar bor. Shu sababli ularda aholining ko‘payishi ishsizlik darajasiga kuchsiz ta’sir etdi.

Download 3.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling