Mehnat bozoriga tegishli muhim masalalardan biri bandlik hajmini aniqlashdir. Bozor klassik nazariyasiga muvofiq, bandlik hajmi yalpi talab va yalpi takliflarning kesib o‘tish nuqtasi orqali aniqlanadi. Ayni shu nuqtada kutilgan tadbirkorlik foydasi maksimal darajada bo‘ladi. Bandlik hajmining o‘sishi aholining iste’mol qilishga moyilligiga hamda ish joylarining ko‘payishi uchun kerak bo‘lgan investitsiyalar hajmiga bog‘liq. Yalpi daromad o‘sishi bilan iste’mol qilish ham o‘sadi, shuningdek jamiyatning yalpi investitsiyalar bilan bog‘liq xarajatlari ham oshadi. Mehnatga bo‘lgan talab miqdorini aniqlash uchun cheklangan mehnat unumdorligi egri chizig‘i bilan real ish haqi egri chizig‘i bir-birini kesib o‘tishi mehnatning maksimal foyda olishni ta’minlovchi miqdorini ko‘rsatadi. Agrar ishlab chiqarish sohasidagi ishsizlikning maqomini aniqlash ham muhim masalalarga kiradi. Ma’lumki, qishloq joylarda yashovchi ishchilarning deyarli har biri tomorqa xo‘jaligiga ega bo‘lib, bunday xo‘jalik qishloq oilasi yalpi daromadining 40-60 %ini beradi hamda ishchi kuchining qisman takror ishlab chiqarilishi va ikki tomonlama bandlikni ta’minlaydi.
1
2
1
2
Do'stlaringiz bilan baham: |