5-Mavzu: Monitorlar. Reja Monitor haqida umumiy tushuncha


Download 22.77 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1599396
  1   2   3
Bog'liq
5 Mavzu


5-Mavzu: Monitorlar.
Reja

  1. Monitor haqida umumiy tushuncha

  2. Monitor turlari xususiyatlari

  3. Monitorlarning xususiyatlari

Kompyuter monitori(monitor) — grafik, matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarib berish uchun xizmat qiladigan qurilmadir, ekranga chiqarish monitor displeyi orqali amalga oshiriladi. Raqamli signallar (0 va 1) videokarta orqali video signallarga aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi bog‘lovchidir.
Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitor 2 xil ko‘rinishga ega:
— raqam-yozuv, simvollarni ko‘rsatuvchi monitor.
Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni, kalkulyatorlar, peydjerlarni olish mumkin.
— grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bu tur monitorlar raqam, yozuv, simvollardan tashqari grafikani ham namoyon qila oladi.
Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Elektrnurli trubka asosida ishlaydigan monitor(CRT, ЭЛТ monitor). Bu turdagi monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang(qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni chiqaradi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi:
— katta hajmdaligi;
— og‘irligi;
— elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
— elektr ta’minotni katta sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan voz kechishganligi yo‘q.
2. Suyuqkristallardan tashkil topgan monitor(LCD — Liquid Crystal Display). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu hildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib, monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil(har xil rangda desa bo‘ladi) namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor IT bozorini egallab olgan, bunga sabab:
hajmi kichik;
— yengil;
— elektro-magnit nurlanishlar kam;
— elektr toki kam sarflaydi.
3. Plazmali monitorlar(PDP-gas-plazma display panel).Bu tur monitorning asosi gaz bilan to‘ldirilgan oynali paneldir.
Bu tur monitorlar hali unchalik rivojlanmagan, sababi
— qimmat;
— energi sarfi ko‘proq.
Shunday bo‘lsa ham, bu tur monitor keyinchalik butun bozorni egallashi kutilmoqda, afzalliklariga kelsak, eng asosiysi katta o‘lchamda mavjud va tasvirlar juda aniq ko‘rsatiladi.
Bulardan tashqari yana, svetodiodlardan tayyorlangan LED(light-emitting diode) monitor, proyektor, lazer monitorlar ham mavjud, lekin bular unchalik rivojlanmagan(ko‘p ishlatilishi mumkin, lekin talab kam).
Ko‘rsatishi bo‘yicha monitorlar ikki o‘lchamli(2D)yoki uch o‘lchamli(3D)bo‘lishi mumkin.
Monitorlar har xil portlar orqali kompyuter yoki boshqa qurilmalarga ulanishi mumkin, bunday portlarga misol qilib: VGA, USB, DVI, HDMI. kiradi.
Monitor ishlab chiqaradigan asosiy firmalar quyidagilar.
— Acer;
— Apple;
— Asus;
— BenQ;
— Philips;
— Samsung;
— LG.

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling