PuI badallari haqidagi e‘lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to'ldiriladi va unda to'lanadigan pulning hosil bo'lish manbayi ko'rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo'yicha pul mablag'larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o'taydi. Quyida keltirilgan barcha blankalar bank hisob raqami bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob jarayonlaridir. Quyida keltirilgan barcha blankalar bank hisob raqami bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob jarayonlaridir. Bu hujjatlar bankda rasmiylashtirilishi kerak bo`lgan kunda to`ldiriladi. (bir kun oldin ham bir kun keyin ham emas.) Barcha bir kunda bir nechta amalga oshirilgan blankalar ro`yxati “Vipiska” (выписка) da ifodalanadi. Agar bajarilgan blankalarni bir oylik to`liq qilib bankdan olmoqchi bo`lsangiz “Vipiska oborotkasi” (обороти выписки) so`raladi. “Vipiska” va “Vipiska oborotkasi” dan foydalanib korxona buxgalteriyasida BANK HISOBOTI yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |