4. Rivojlanish tuyg‘usi (emansipatsiya) - о‘smirning о‘z erkinligi, mustaqilligi uchun kurashi. U kattalar nazoratidan tezroq ozod bо‘lishni xohlaydi. Uni qancha nazorat qilishsa, u shuncha erkinlikka talpinadi. Kattalarga u ataylab mustaqil harakatlarini namoyon qiladi. Ota-ona yoxud о‘qituvchi unga biron harakatni majburiy singdirmasa, balki u о‘zi ham ixtiyoriy ravishda shu harakatni bajargan bо‘lar edi. Bu о‘smirning qaysarligi bilan bog‘liq. Ruhan sog‘lom о‘smirlardan о‘ta qaysarlik xislatlari vaqti bilan о‘tadi. Agarda kattalar о‘ta shafqatsizlik va sо‘zsiz bо‘ysunishni sо‘rashsa, unda о‘smirlar о‘ta keskin xarakter namoyon qiladilar. Eng xavotirga soladigani shuki, о‘smirlarning xatti-harakati bunday holatlarda uydan qochish va daydichilik bilan tugallanadi.
5. Rad etish tuyg‘usi - bu о‘yinlarga, ovqat yeyishga, uy ishlari, jamoat ishlariga qо‘shilishini inkor etish tuyg‘usi. Bunday voqelikda ota-onalar о‘smirlarning ba’zilariga ma’lum bir tengdoshlari bilan muloqot qilishni rad etadilar. Ota-ona о‘z farzandini ichuvchi, chekuvchi tengdoshlaridan himoya qilish maqsadida boshqa maktabga, boshqa hududga kо‘chirishga ham majbur bо‘ladi, natijada о‘smir о‘z ota-onasini tengdoshlaridan ajratganligida ayblab, ulardan arazlaydi.
4. Deviant xulq-atvorli о‘smirlar alohida xususiyatlarining ijtimoiy- psixologik tashxisi
Psixologik tashxis qо‘yish (diagnostika) - bu maxsus nazariy bilimlar majmuasi bо‘lib, u amaliy psixologiyaning asosiy yо‘nalishlaridan biridir. Demakki, uning ma’no-mohiyati ikki tarmoqqa bо‘linadi:
1) bunda shaxsning individual-ruhiy holatlari, shaxsiy xususiyatlari о‘rganiladi;
2) amaliy psixologlarning tashxis qо‘yish ishlarida ishlatadigan yо‘nalish, maxsus kurs.
Psixologik tashxis - bu sinalayotgan shaxsning shaxsiy-ruhiy xususiyatlarini о‘rganishning yakuni. Bunday aniq tashxis qо‘yish ahamiyatli, chunki aynan shu xulosa shaxsning ruhiy holatini, uning fe’lidagi xossalarini, temperamentini baholashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |