5-mavzu: nuklein kislotalar. Ularning kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar. Dnk va rnk larning tuzilishi. Ularning strukturasi. Reja


Download 0.86 Mb.
bet5/5
Sana07.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1173297
1   2   3   4   5
Bog'liq
5- mavzu ma\'ruza

mRNK – strukturasi (tuzilishi).


Birlamchi strukturasi (tuzilishi).
Asosiy maqsadga o‘tishimizdan oldin ozgina umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak.
F. Misher 1869 – yili hujayra yadrosidan nordon xossaga ega bo‘lgan alohida moddani ajratib oldi va uni nuklein deb atadi. 1889 – yili R. Altmann nuklein kislotasi degan terminni fanga kiritdi va nuklein tarkibida fosfat kislotasidan tashqari azotli asoslardan purin, pirimidin va ulardan tashqari 5 atom uglerodi bo‘lgan uglevod (qand) bo‘lishini ko‘rsatdi.
1930 – yillarga kelib 5 atomli uglerodi bo‘lgan uglevodlarning nuklein kislotasining tuzilishidagi o‘rni va nuklein kislotasi tarkibidagi bir guruh uglevodlarga bitta atom kislorod kam bo‘lishligi aniklandi. B.Levin shu guruhga kiruvchi uglevodni dezoksiriboza, ikkinchisini riboza deb atadi. SHundan so‘ng nuklein kislotalar dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalari deb ataladigan bo‘ldi.
DNKdan farqli o‘laroq mRNK (RNKning boshqa turlari kabi) bir ipli polinukleotiddan iborat. U bir qator ketma – ket joylashgan 4 xil ribonukleozid qoldiqlari – adenazin (A), guanazin (G), sitidin (S) va uridin (U)lardan tuzilgan bo‘lib, ular uzaro bir nukleoziddagi 3 – gidroksil va qo‘shni nukleoziddagi 5 – gidroksil fosfodi efir bog‘lari bilan birikkan bo‘ladi.
Nukleotidlararo bog‘da qatnashmaydigan oxirgi 5I – gidroksilli nukleozid 5I – RNK oxiri (5I – konets RNK), erkin 3I – gidroksilli boshqa nukleozid 3I – RNK oxiri deyiladi.
Odatda RNKda nukleotid qoldiqlari ketma – ketligi 5I – oxiridan 3I – oxiriga qarab o‘qiladi yoki yoziladi. Yani 3I – gidroksildan qo‘shni 5I – gidroksilga yunalgan fosfodiefir bog‘ yo‘nalishi tomon (bog‘ yo‘nalishi 3I – R - 5I).
Tabiatdagi mRNKda 5I – oxirigi gidroksil doim band. Prokariotlarda u mono yoki trifosfat bilan fosforlangan. Eukariotik mRNKlar ko‘pincha oxirgi 5I – gidroksilda maxsus qo‘shimcha guruh – “kep” tashiydi. Bu gurux modifikatsiyalangan (N - metil) guanazin – 5I – trifosfat koldig‘i bo‘lib, u oxirgi nukleozid bilan o‘ziga xos 5I – 5I – yo‘l bilan bog‘langan. Eukariotlarda guanililtrasferaza va metiltrasferazadan iborat maxsus fermentlar tizimi bo‘lib, ular mRNKdagi mana shu “kep”lashishni amalga oshiradi.
SHuni ta’kidlash kerakki, mRNKda 5I – oxirgi nukleozidlar bo‘lib, ko‘pincha purin nukleozidlar (G yoki A) keladi.
Tabiatdagi mRNKda 3I – oxirigi gidroksil erkin. SHuning uchun 3I – oxirida sis holatdagi ikkita gidroksil mavjud. (sislikol guruh)
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling