5-mavzu: nuklein kislotalar. Ularning kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar. Dnk va rnk larning tuzilishi. Ularning strukturasi. Reja
Download 0.86 Mb.
|
5- mavzu ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUKLEIN KISLOTALAR
- Purin asoslari
- Uglevod komponentlari
5-MAVZU: NUKLEIN KISLOTALAR. ULARNING KIMYOVIY TARKIBI. NUKLEOZID VA NUKLEOTIDLAR. DNK VA RNK LARNING TUZILISHI. ULARNING STRUKTURASI. Reja 1. Nuklein kislotalarni ochilishi va organilish tarixi. 2. Nuklein kislotalarning tarkibiga kiruvchi purin va pirimidin asoslari, minor purin va pirimidin asoslari. 3. Nukleozidlarning azot asoslari va uglevod komponentlarining glikozid bog`lar orqali birikishidan hosil bo`lishi. Nukleotidlarning tuzilishi. 4. Nukleotidlar tarkibidagi birikmalarning joylashish tartibi. Di va trifosfonukleotidlar haqida tushuncha. DNK va RNK tarkibidagi nukleotidlar. Nuk leotidlar funksiyasi. NUKLEIN KISLOTALAR Nuklein kislota yuqori molekulali birikmalar bo‘lib, katta molekulyar massaga ega. Nuklein kislotalar tirik organizmlardagi irsiy belgilarning nasldan-naslga o‘tishi, oqsillar biosintezi kabi hayotiy jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Nuklein kislotalarni birinchi marta hujayra yadrosidan ajratib olinganligi uchun nuklein (nukleus-yadro) deb atalib, Shvetsariyalik olim F.Misher tomonidan 1869 yili aniqlangan. Nuklein kislotalar kimyoviy tarkibiga azot asoslaridan purin va pirimidin asoslari, uglevod komponentlaridan riboza va dezoksiriboza hamda fosfat kislota kiradi. Purin asoslari. Nuklein kislotalar tarkibida purin asoslaridan adenin va guanin uchraydi. Pirimidin asoslaridan: sitozin, uratsil, Timin kiradi. Bundan tashqari nuklein kislotalar tarkibida minor (kamdan-kam uchramaydigan) azot asoslari uchraydi: 5-metil va 5-oksimetilsitozin, digidrouratsil, psevdouratsil, 1-metiluratsil va boshqalar. Uglevod komponentlari. Nuklein kislotalar tarkibiga kiradigan uglevod komponentlari pentozalar D-riboza va 2-D-dezoksiriboza bo‘lib, ular furan shaklida uchraydi. Nukleozidlar va nukleotidlar Azot asoslari bilan uglevod komponentlarining birikishidan hosil bo‘lgan birikmalar nukleozidlar deb ataladi. Purin asoslari hosil qilgan nukleozidlar «ozin», pirimidin asoslari esa, «idin» qo‘shimchasini oladi: Masalan: adenozin, guanozin, uridin, timidin va hokazo. Nukleozidlarni hosil qiluvchi azot asoslari va uglevodlar bir-biri bilan glikozid bog‘lar orqali birikadi: Nukleozidlar fosfat kislota bilan birikib, qo‘shilsa - nukleotidlarni hosil qiladi. Nukleotidlarning nomi ular asosining nomiga kislota so‘zini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan: adenilat kislota, guanilat kislota va hokazo. Nukleotidlar quyidagicha tuzilgan. Adenilat kislota (AMF) Sitidilat kislota (SMF) Nukleotidlar bir yoki ikki molekula fosfat kislota biriktirib olishi natijasida di va tri fosfonukleotidlar hosil bo‘ladi. Bular energiyaga boy birikmalar deb ataladi. Nukleotidlar quyidagi muhim biologik funksiyalarni bajaradi: - energiya manbai hisoblanadi; - qator fermentlarning koferment sifatida namoyon bo‘ladi; - sintetik jarayonlarda ishtirok etadi; - regulyatorlik funksiyani bajaradi. (sAMF). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling