5-mavzu: ogʻzaki va yozma muloqot hamda uning xususiyatlari ogʻzaki muloqot cheklovlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot va uning xususiyatlari


Download 192 Kb.
bet5/10
Sana23.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1045911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu.ogzaki va yozma muloqot

Noverbal muloqotning ahamiyati
1.Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
2.Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.
3.Har bir inson odatda tildan koʻra ranglar, rasmlar yoki tovushlarga zudlik bilan javob beradi.
4.Noverbal simvollar orqali savodsiz odamlarga fikr bildirishning yagona metodi.
Xatti-harakatlar tili
Shaxsning nimani his qilayogani yoki mulohaza yuritayotgani koʻrsatuvchi gavda tutishi va harakatlarida sodir boʻlayotgan oʽzgarishlar xatti-harakatlar tilini anglatadi. Buning koʻpchiligi tasodifiy va gʻayri ixtiyoriy boʻlib, koʻpchilik insonlar oʽz xatti-harakatlar tilini anglab etmaydilar. Lekin u boshqalarga kuchli ta’sir qiladi. Xatti-harakatlar ongli va gʻayriixtiyoriy turlarga boʻlinadi:
1.Gʻayri ixtiyoriy harakatlar biologik kelib chiqqan, orttirilgan odat va madaniy urf-odatlar quyidagicha:
Biologik: aniq gavda shakli, tana rangi va xususiyatlari insonda ba’zi imo-ishoralar, (yuz) ifodasi yoki gavdani ma’lum vaziyatda tutishlariga sabab boʻladi. Bundan tashqari, biz doimiy tarzda tanamizni qulay deb bilgan yoki bilmagan muhitimizga tartibga solishga va moslashtirishga harakat qilamiz.
Odatga aylangan: ba’zi harakatlar va (yuz) ifodalari oʽzini muhitga moslashtirish jarayonida oʻrganilgan odatdir. Ular muayyan turdagi doimiy qad-qomat tutilishi yoki harakatlarni talab etuvchi lavozimidan kelib chiqadi. Aniq soʽzlashish uslublari va frazalar ham kasbiy odatlardir.
Madaniy: katta yoshdagilar oldida oyogʻini chalishtirib o‘tirmaslik, katta yosh yoki lavozimdagilar koʽziga tik boqmaslik kabi urf-odatlar madaniy oʽziga xoslikdir. Mehmonlarni kutish, tanishuv, muomala tarzi ham ba’zi imo-ishoralarni oʽz ichiga oladi. Ongli harakatlar, gavdani tutish, ovozni oʽzgartirishdan atayin foydalaniladi. Bu narsa aktyorlarga maxsus oʽrgatiladi. Malakali soʽzlovchilar, ayniqsa, yaxshi notiqlar xatti-harakatlardan anglab foydalanishadi. Hech kim oʽzining xatti-harakatlarini toʻliq nazorat qila olmaydi, ammo oʽz tanasini anglab etishni oshirish va qad-qomatini tutish, harakatlar va ovoz modulyatsiyasi yaxshi nazorati erishish ehtimoli bor. Xatti-harakatlarimizda kuchaygan ta’sirchanlikni rivojlantirsak, boshqalarning xatti-harakatlarini anglay olishimiz oshadi.
Koʻrinish. Shaxsning umumiy koʻrinishi bir qancha narsalarga bogʻliq boʻladi. Koʻrinishga hissa qoʻshuvchi muhim faktorlardan ikkitasi tozalik va Shaxsiy gigienadir. Teri, tirnoqlar, oyoq va soch parvarishi kutilgan standartlardir. Bu aspektlarga beparvolik bilan qarovchi shaxslar yoqimsiz taassurot qoldiradilar. Koʻrinish birinchi taassurotni keltirib chiqaradi, pokizalik va ozodalikning yetishmasligi, parvarishga, tozalikka e’tiborsizlik, beso‘naqay kiyimlar salbiy taassurot keltirib chikaradi. Tani sogʻ boʻlmaslik esa koʻrinishda osonlik bilan aks etadi.
Yuz ifodasi. Yuz aqlning koʻrsatkichi deyiladi. Idrokimizdagi fikrlar va qalbimizdagi hissiyotlar yuzimizda oʽz ifodasini topadi. Xushchaqchaq va minnatdor tabassum, norozi chimirilish, xayrat nigohi va boshqa bir necha ifodalar muloqotchilarning soʽz yoki soʽzlarsiz ham, munosabat, hissiyot va reaksiyasini namoyon etadi. Yuz ifodalarini yaxshi tushunuvchi insonlar bor. Yaxshi muloqotchilar, soʽzlovchi yoki tinglovchiligidan qat’i nazar yuz ifodalarini tushunishni va izohlashni oʻrganib olishadi.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling