5-mavzu: ogʻzaki va yozma muloqot hamda uning xususiyatlari ogʻzaki muloqot cheklovlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot va uning xususiyatlari


Download 192 Kb.
bet2/10
Sana23.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1045911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu.ogzaki va yozma muloqot

Ogʻzaki muloqot afzalliklari

  1. Tezlik: Tinglovchilar bilan muloqotga kirishar ekansiz, xabarni jo‘natish va olish oʻrtasida kechikish boʻlmaydi.

  2. Soʽzlovchi tinglovchilarning Shaxsiy e’tiborini jalb qila olishi kerak: Siz soatlab vaqtingizni eslatma, xat yoki hisobotning rejasini tuzishga qabul qiluvchi yuzaki koʻrib chiqishi yoki uni o‘qimasligi ham mumkin. Garchi siz Shaxsiy muloqotda oluvchining e’tiborini koʻproq boshqara olasiz.

  3. Vaqtni tejaydi: chora oʻsha zahotiyoq koʻrilishi talab etilganda, muloqotni ogʻzaki tarzda olib borish tavsiya etiladi.

  4. Pulni tejaydi: bar vaqtning oʽzida birdan koʻproq insonlar bilan muloqot qila olishingiz mumkin va bu tashkilot ichidagi yozma muloqotga qiyoslaganda pul mablagʻlarini tejaydi.

  5. Lahzalik reaksiya imkonini beradi: bir yoki undan ortiq tinglovchilar biln soʽzlasharkansiz, savollar tugʻilishi bilan ularga javob berishingiz mumkin. Agar siz noto‘gʻri soʽz ishlatgan boʻlsangiz yoki xafa qilgan boʻlsangiz yoki tinglovchilarni chalkashtirgan boʻlsangiz, tezda to‘gʻrilashingiz mumkin buladi.

  6. Noverbal xatti-harakatlar bilan toʻldirilgan: ogʻzaki muloqotni tinglayotgan shaxs soʽzlovchidagi ibora va noverbal xatti-harakatlar jamlashidan xabar yaxshiroq tushunilishi mumkin.

  7. Bu yigʻilishlarda, majlislarda guruhlar bilan muloqot qilayotganda judayam foydalidir.



Ogʻzaki muloqot cheklovlari
Koʻp afzalliklarga ega boʻlsada, ogʻzaki muloqot har doim ham eng yaxshi yondashuv boʻlmaydi. Uning quyidagi kamchiliklari mavjud:

  1. Dalil yo‘qligi: ogʻzaki muloqotning hech qanday hujjatli dalili boʻlmaydi va aslini olganda, ogʻzaki muloqot ta’siri tamoman vaqtinchalik boʻladi.

  2. Uzun xabarlar insoniyat yomon eslab qolish tufayli bu kabi muloqot turi uchun mos boʻlmaydi.

  3. Vaqt ketishi: Soʻzlovchi va tinglovchi bir-birlaridan yiroqda boʻlsalar yoki uzoq masofada turib gaplashishlari zarur boʻlganda, Shaxsiy muloqot qimmat va vaqt ketkazuvchan boʻladi. Hattoki, shahar bo‘ylab sayohat yarim soatlik majlis ham yoʻl qatnovi va ob-havoga bogʻliq ravishda, tong yoki tush paytining asosiy qismini olishi mumkin.


  4. Download 192 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling