5-mavzu: ogʻzaki va yozma muloqot hamda uning xususiyatlari ogʻzaki muloqot cheklovlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot va uning xususiyatlari
Download 192 Kb.
|
5-mavzu.ogzaki va yozma muloqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.
- 1-topshiriq. “Jamoaviy hikoya” metodi
- 2-topshiriq. “Maqollar zanjiri” metodi
- 4-topshiriq . Berilgan gaplarda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan Ushbu gaplarning to`g`ri variantlarini yozib chiqing.
- (Alisher Navoiy). «Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt» (Alisher Navoiy).
- (Alisher Navoiy). «
- (Gyote) “Mavzuni chuqur o`rgan, so`zning o`zi keladi” (Katon)
- GLOSSARIY Qisqa xabarlar xizmati (SMS)
- Diksiya
- Paralingvistik ta’sir
- Mimik pantomima
1.Tanish soʽzlardan foydalaning. Baxtga qarshi, koʻpchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish soʽzlardan foydalanish o‘rniga oʽz fikrlarini qogʻozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini oʽzgartirishga moyil boʻlishadi. Masalan, urinmoq – harakat qilmoq, aniqlamoq – bilmoq, chek qoʻymoq – tugatmoq, namoyon qilmoq – koʻrsatmoq, istifoda qilmoq/ qoʻllamoq – foydalanmoq.
2.Uzun soʽzdan koʻra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa soʽzlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun soʽzlarning ogʻirlik nisbati oʻquvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun soʽzlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon (vibes), raqobatlashmoq (vie), achchigʻi chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa soʽzlar faqatgina kamchlik uchun tushunarli boʻlishi mumkin. Shunday qilib, uzun soʽzlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik boʻladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan soʽzlaringiz oʻquvchingiz uchun tanish boʻlishiga amin boʻling. 3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning oʽz terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik koʻp paydo boʻlganidan, sohaga taalluqli boʻlmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va oʽz sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. 1-topshiriq. “Jamoaviy hikoya” metodi Kichik guruhlarga tarqatma rasmlar asosida hikoya tuzish vazifasi beriladi. Guruh a’zolari rahbar, rassom, muharrir, matn tuzuvchini oʽzlari tanlaydilar. Bu metod ham muloqot odobi, bir maqsadda birgalikda ishlash, bir-birining fikrini eshitish va hurmat qilish xislatlarini tarbiyalaydi. 2-topshiriq. “Maqollar zanjiri” metodi Maqoldagi nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan soʽzlarni qoʻyib chiqing.
3-topshiriq. “Ahvolingiz yaxshimi?” kommunikativ psixologik treningi Oʻtkazish tartibi: Oʻqituvchi doira shaklida o’tirgan har bir talabaga - “Ahvolingiz yaxshimi?” degan savol bilan murojaat qiladi. Ular bu savolga bir-birini takrorlamaydigan, original javoblar variantlarini aytishlari kerak. Talabaning javobi shunchaki oddiy boʻlsa, takroriansa, ma’nosi avvalgilariga juda yaqin boʻlsa, treningdan chiqadi. Oxirida bitta talaba qolguncha oʻyin davom etadi. Trening oxirida javoblar tahlil qilinadi, eng yaxshisi aniqlanadi. 4-topshiriq. Berilgan gaplarda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? Ushbu gaplarning to`g`ri variantlarini yozib chiqing. - Ro`yxatga olish kitobi joriy etildi. - Avlodlar merosini o`rganamiz. - Tarbiyachi kitobni xontaxta tortmasiga qo`ydi. - Hozir o`zbek tili sabog`idan dars o`tamiz. - Ismi-sharifingiz nima? - U o`z hadyasini tuhfa etdi. - Yangi texnologiya iqtisodiy sarf-xarajatlarni ancha tejaydi. - O`tgan asrning 1920-yili tavallud topgan. - Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o`rnatildi. - Turgenev asarlarining hammasi ham juda o`qimishli. 5- topshiriq. O‘qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang. “Til muncha sharaf bila nutqning olai (quroli) dur va ham nutqdurki, Agar, nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur”(Alisher Navoiy). «Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt»(Alisher Navoiy). «So`zchi holin boqma, boq so`z holina, Ko`rma kim der oni, ko`rgil kim ne der» (Alisher Navoiy). «So`zdurki, nishon berur o`likka jondin, So`zdurki, berur jonga xabar jonondin, Insonni so`z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin (Alisher Navoiy). «Tarixda nom qoldirish uchun yo yaxshi sarkarda, yo yaxshi notiq bo`lish kerak». (Sitseron). “Qalam- eng yaxshi muallim” (Sitseron). “Inson shoir bo`lib tug`ilishi mumkin,lekin, notiq bo`lib yetishadi” (Sitseron) “So`zni ishonch bilan gapir,eshituvchilarga ta’sir esa o`z-o`zidan kelib chiqadi” (Gyote) “Mavzuni chuqur o`rgan, so`zning o`zi keladi” (Katon) “Inson notiqligi,saodat tildan, Nazokat tildandir, nafosat tildan, Hayot saboqlari ko`rsatar shuni, Do`zax tildan erur va jannat tildan” (Abu Ali ibn Sino) 6-topshiriq:“ Tushunchalar tahlili” metodi Har bir tushunchaning tahlilini toping.
GLOSSARIY Qisqa xabarlar xizmati (SMS) – mobil telefonlar orqali xabarlarni joʻnatish va qabul qilish imkoniyatidir. Telekonferensiya - ikki yoki undan koʻproq odamlar oʻrtasida joylardagi elektron muloqotdir. Videokonferentsiya - Ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilar, ikki yoki undan ortiq joylar oʻrtasidagi real vaqtdagi video sessiyadirю Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, ragʻbatlantiruvchi yoki iliq tabassum. Diksiya (lotincha dictio talaffuz qilish) - har bir boʻgʻin, tovush, soʻzni toʻgʻri va aniq talaffuz etishning aniqlik darajasi. Ekstralingvistik omillar - tilga bogʻliq boʻlmagan shart-sharoitlar hisoblanadi. Fonetika – tovushlarning paydo boʻlishi va ularning akustik xususiyatini oʻrg Verbal muloqot – Soʻzlar yordamida sodir boʻluvchi muloqot. Noverbal muloqot - soʻzlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli boʻladi. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi uni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillardir. Verbal ta’sir – bu soʻz va nutqimiz orqali koʻrsatiladigan ta’sirimizdir Proksemika - kishilarning muloqot davomida bir-biriga qarab, moslab ish tutishi va oraliq masofani tutishi kiradi. anuvchi tilshunoslik boʻlimi. Pedtexnologiya - (qadimgi yunon san’at, qobiliyat, soʻz, ta’lim) ta’lim texnologiyasi shakllari, usullari, texnik, oʻqitish usullari va ta’lim resurslarini maxsus majmui. Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, ragʻbatlantiruvchi yoki iliq tabassum. Adabiyotlar ro`yxati: Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. Download 192 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling