O’rganilayotgan mavzu: Muloqot psixologiyasi. Reja: 1. Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati. Muloqot vazifalari. 2. Muloqotning verbal va noverbal vositalari, muloqot shaxslararo o‘zaro ta'sir etish sifatida, muloqot insonlarning bir-birini tushunishi, muloqot texnikasi va usullari. 3. Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida tushuncha. Shaxslararo munosabatlar va ularda muloqotning o‘rni. 4. Nizo haqida tushuncha. Nizoning turlari. Amaliy tavsiyalar. - Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir.
Muloqot tiplari: 1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib eng ta’sirchan so’zlarni topib sherigiga ta’sir ko’satishni hohlaydi. - 1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib eng ta’sirchan so’zlarni topib sherigiga ta’sir ko’satishni hohlaydi.
- Psixoligik ta ‘sir - turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada pzixologik ta’sirning asosan 3 vositasi farqlanadi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |