5 mavzu. Ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlari Reja


Ota-onaning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari


Download 69.02 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi69.02 Kb.
#1828433
1   2   3   4
Bog'liq
1. Mavzu

Ota-onaning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari.
Oila kodeksining 71-moddasiga muvofiq, ota-ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar (ota-onalik huquqlari). Ota-onalik huquqlari bolalarning dunyoga kelishlariga asoslanib, tegishli qonun bilan belgilangan tartibda bola tu¦ilganligi fukarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etilishiga asoslanadi.
Ma’lumki, ota va onalarning o‘z bolalariga nisbatan teng huquqli bo‘lishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligiga asoslanadi. Ko‘rinib turibdiki, bola haqida g‘amxo‘rlik qilish, unga ta’lim-tarbiya berish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida bo‘lib kolmay, balki konstitutsiyaviy huquq va burch xamdir. Demak, ota-onalik huquqini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquqdan foydalanadilar va teng majburiyatni o‘z zimmalariga oladilar. Shuningdek, ota-onalik huquqini amalga oshirishda teng huquq va majburiyatga ega bo‘lish Oila kodeksining asosiy prinsi-plaridan bo‘lgan oilaviy munosabatlarda er va xotinning teng huquqligidan kelib chikadi.
Agar ota-onalar bolalari bilan birga yashasalar, u holda qoida asosida ota-onalarining huquqlarini amalga oshi-rish masalalari (chunonchi, bolaning o‘kish joyini tanlash va boshqalar) er-xotinlarning ikkalasi bilan xal kilinadi. Demak, ota-onalik huquqlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xamma masalalar er va xotin tomonidan birgalikda bamaslaxat kelishilgan holda xal kilinadi.
Oila kodeksi birinchi marotaba ota-onalik huquqlarini voyaga yetmagan ota-onalarga berilishini belgilaydi. Unda boshqa yangiliklar to‘g‘risida so‘z yuritilib, ota-onalarning huquqiy makomini Yuqori ko‘targan holda, ularning o‘z bolalariga nisbatan huquq va majburiyatlarini anikladi. Voyaga yetmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega.
Oila kodeksining 73-moddasi ota-onaning o‘z bolalarini tarbiyalash huquqlarini belgilaydi. Shu bilan birga ushbu moddada ota-onaning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyati xam aniklangan.
Shunday qilib, ota-onalik huquqlari bir yo‘la bolalarni tarbiyalash majburiyati xam hisoblanadi.
Bu xakda Konstitutsiyaning 77-moddasida shunday deyiladi: «Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.».
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamolo-ti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining so¦ligi, jismoniy, ruxiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Darhaqiqat, ota-ona tarbiyasi shunday jo-zibador kuchga egaki, mutaxassislarning ta’kidlashlaricha: «Ota-onalarning umumiy, madaniy, ma’lumot saviyalarining ko‘tarilishi va ijtimoiy faollik qaror topishi maktab va oila alokalari xususiyatining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
Oila kodeksining 74-moddasiga muvofiq, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Ota-onalar o‘z bolalarining qonuniy vakillaridir. Ularning har biri shundan foydalanadi.
Ota-ona o‘z bolalarining vakillari bo‘lganligi bois har kanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda aloxida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya kiladilar. Buning uchun bo-laning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma yoki pasportini ko‘rsatishi yetarli. Chunki bundan bolaning huquqiy otasi yoki onasi ekanligi bilinib turadi.
Nikohsiz tug‘ilgan bolaning huquqini himoya qilish, qoida asosida ona tomonidan amalga oshiriladi. Bunday bo-laning huquqini himoya qilish amaldagi otaga xam yuklatilishi mumkin. Bunda o‘sha ota o‘z otaligini o‘z xoxishi bilan tan olgan yoki otalik sud tartibida belgilangan bo‘lishi lo-zim.
Ota-onalarga o‘z bolalariga nisbatan keng huquqlar beriladi, umumiy qoida bo‘yicha davlat ularni amalga oshirish jarayoniga aralashmaydi (Oila kodeksining 75-78-moddalari). Birok bunda davlat o‘z shartlarini ko‘yadi. Asosiy e’ti-bor ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas (Oila kodeksi 75-moddasi-ning 1-bandi).
Amaldagi qonunchilikka asosan ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruxiy sog‘ligiga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazmasliklari, bola-larni tarbiyalash usullarini mensimaslik, shafkatsizlik, ko‘pollik, insoniy kadr-kimmatini kamsituvchi harakatlardan, bolalarni xakoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan holi bo‘lishlari lozim. Agar ota-onalar o‘zlarining ota-onalik huquqlarini bolalarning huquq va manfaatlariga karshi karatib amalga oshirsalar, buning uchun ularning qonun tomonidan belgilangan tartibda javobgarligi vujudga keladi. Javobgarlik fukarolik-huquqiy, jinoiy, ma’muriy bo‘lishi mumkin. Bunda ota-onaning o‘z bolasiga nisbatan muayyan kanday huquqni buzganligiga, ya’ni jinoiy nojo‘ya ish va boshqa turdagi huquq buzilishlarini sodir etganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Oila kodeksining 76-moddasida boladan aloxida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishning asosiy prinsiplari mustaxkamlangan. Boladan aloxida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishishi, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini xal etishda katnashish huquqiga ega.
Bunda bola bilan yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruxiy holatiga, axloqiy kamolotiga zarar kel-tirmasa, karshilik kilmasligi kerak. Ota (ona) tomonidan ko‘rishishni baholash mezoni albat-ta turlicha bo‘lishi mumkin. Birok har kanday holatda xam bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya kilinishi lozim. Boladan aloxida yashayotgan ota (ona)ning bola bilan ko‘rishishi bolaga jiddiy ta’sir etib, shundan so‘ng bola asabiylashib, jirtaki, ko‘pol bo‘lib kolishi hollari xam uchrab turadi. Shu asosda ruxiy kasallik rivojlanish hollari xam ro‘y berishi mumkin.
Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-onalar o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajarmasalar, u holda ular ota-onalik huquqidan maxrum kilinadilar. Ota-onalik huquqidan maxrum qilish so‘nggi chora hisoblanadi. Ota-ona-lik huquqidan maxrum qilish ularga ta’sir kiladigan xamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan so‘ng ko‘llaniladi.
Oila kodeksining 79-moddasida sanab o‘tilgan ota-onalik huquqidan maxrum qilish asoslari doirasi yangi oila qonunchiligida yanada kengaydi.
Ota-ona (ulardan biri) kuyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa; uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘rukxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini suiiste’mol kilsa, bolalarga nisbatan shafkatsiz muomalada bo‘lsa, chunonchi, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruxiy ta’sir ko‘rsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyoxvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa; o‘z bolalarining xayoti va sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning xayoti yoki sog‘lig‘iga karshi kasddan jinoyat sodir etgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan maxrum kilinishi mumkin.
Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan maxrum qilish tartibini belgilaydi. Ota-onalik huquqidan maxrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling