13. Har doim yaxshigina ochlik tuyg‘usi uyg‘onganda ovqatlaning. Ushbu tuyg„u hazm a‟zolarining
taomlanish uchun tayyorligidan darak beradi, ularda yeyilgan ovqatni qayta ishlash uchun sharoit yetilgan
bo„ladi. Ochlik hissi bo„lmaganida ovqatlanmay turgan ma‟qul. Ayniqsa yosh bolalarda ovqatlanish uchun
ishtahasi bo„lmaganida ularga majburan biron narsa yedirish koni zarar, bunday xohishsiz ovqat o„ziga yarasha
foyda keltiradi, uning hazm bo„lishi qiyin bo„ladi, o„z vaqtida hazm bo„lmagan taom esa oshqozon-ichak
tizimida uning parchalanishi va so„rilishi bilan bog„liq noxush o„zgarishlarga olib keladi. Bolani o„z vaqtida
ovqat yemadi deb jazolash holatlari ham uchrab turadi, bu narsaga yo„l qo„yish aslo mumkin emas, bola nafaqat
istaksiz taomdan, balki ruhan ham zarar ko„radi, har xil kasalliklarga chalinadi.
Keltirilgan ma‟lumotlarni inobatga olgan holda hayot uchun eng zarur omillardan biri bo„lgan qanday
ovqatlanish kerakligi haqidagi bilib-bilmaganlarimiz bir sarhisob qilinsa, bu hol sihat-salomatlikni muhofaza
qilishda, ayrim xastaliklardan qutilishda, uzoq va sermazmun umr kechirishda asqotadi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |