5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja


Download 1.38 Mb.
bet10/12
Sana10.03.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1257872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5mavzu sem

Harakatning asosiy maqsadi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. O‘zbekiston “Xalq birligi” harakatining oliy organi qurultoy bo‘lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi.



O‘zbekiston “Xalqbirligi” harakatitarkibidaQoraqalpog‘istonRespublikasi, viloyat, shaharvatumankengashlarihamdaboshlang‘ichtashkilotlariisholibbormoqda. “Xalqbirligi” harakatiRespublikaBaynalmilalmadaniymarkazihamda 100 danortiqmilliy- madaniymarkazlarbilanbahamjihatfaoliyatyuritmoqdaki, buturlimillatvaelatvakillaribirliginimustahkamlashdaijobiyrolo‘ynamoqda. O‘zbekiston “Xalq birligi” harakatining “Birlik” va “Edinstvo” haftalik gazetalari nashr etilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq respublika yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi nodavlat xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. “Kamolot” jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001- yil 24 - yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish g‘oyasini ilgari surdi.



2001- yil 25 - aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti - O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 - yoshgacha), sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib

o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo‘lishdan iboratdir.
O‘zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo‘lgan xodimlarning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosa-batlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling