5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


Download 359.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana17.11.2023
Hajmi359.19 Kb.
#1782216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

Mutaassiblik (fanatizm – fransuzcha-«ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri 
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» 
qarash va g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni 
butunlay rad etish. 
Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga 
qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni
boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga 
urinishdir. Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – 
o‘ta) – ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- 
tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. 


11 
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon 
etilishi, boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin 
etilgan diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy 
tuzumga qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali 
davlat suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch 
bilan egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir.  
Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid 
soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish 
yoxud tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof 
ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy 
ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat 
tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok 
etish yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta’limotdan saboq berish 
tartibini buzish, diniy adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish 
bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. 

Download 359.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling