5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


Download 359.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana17.11.2023
Hajmi359.19 Kb.
#1782216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

Diniy aqidaparastlik esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki 
o‘rinsizligidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. 
Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo 
va to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Aqidaparast guruhlar 
haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. 
Ular o‘z g‘oyalari bid’atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va 
boshqalarga nibatan murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq 
deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik 
esa zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. YA’ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo 
bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni 
ham hamz ichiga oladi. Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini 
barpo qilishga intiladi. Bu maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli 
to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi.
«Terrorizm atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma’lum yovuz 
maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan 
g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli. Terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy 
jinoiy maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv 
organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki 
bu dinni, mazhabni o‘ziga niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali 
o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, 
g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi 
mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har 
qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat 
tamoyillariga ziddir. SHuning uchun terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga 
oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni 
maqsad qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning 
yaqinlarini jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan 
qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish 


12 
yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi yillarda intellektual va ommaviy axborot 
sohalarida terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy 
poligonlarning muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar 
oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga 
mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter 
tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “viruslar”ni tarqatish bunga misol bo‘la 
oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni 
ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol 
bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba’zi reaksion agressiv 
ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi 
ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra-
hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda 
chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni 
tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy 
ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida 
rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, protestantlar, 
provoslavlar orasida ham uchratish mumkin. Bunday holat sobiq sho‘rolardan 
qolgan makonda ham kuzatildi.
1
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar 
qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu 
maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish 
va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. 
Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi. 
Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu 
yo‘lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar.
Ma’lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi. 
Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor 
ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu 
mohiyatiga ko‘ra – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga 
qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ 
ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama. Aslida «fundamentalizm» so‘zi 
20-asr boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, 
oxirgi paytlarda jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar 
deb atash odat tusiga kirdi. Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va 
kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. ularning ba’zilari siyosiy jabhada, 
inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda 
o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli 
jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib 
borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan 
shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki 
dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va 
1
Бу ҳақда тўлиқроқ маълумот олиш учун қаранг.И.Каримов. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, 
барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.: “Ўзбекистон”- 1997. 


13 
nihoyat, ularning ta’biri bilan aytganda, islomda «shirk» (butparastlik)ka barham 
berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan 
o‘ta radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va 
mo‘‘tadil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta 
qurish, bunda eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb 
hisoblasa, so‘l radikalizm jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish, 
yangiliklardan ko‘ra aqidalarga tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi. 
Mo‘‘tadil radikalizm ko‘proq reformistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat 
hayotida pishib etilgan muammolarni hal qilishda ishni paysalga solmaslik lozim 
degan tamoyilga tayanadi. Afsuski, radikalizm ko‘proq mo‘‘tadil holda emas, balki 
o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi. 
Fundamentalistlarning ta’biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har 
qanday jamiyat, g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat 
hamdir. Bu ham "hokimiylik" tamoyillari bilan asoslanadi. SHuni ham ta’kidlash 
joizki, ushbu (yoki unga o‘xshash boshqa bir) atama islomda keng tarqalmagan. 
Biror-bir musulmon muallifi tarafidan uning qo‘llanishi esa, hech bo‘lmaganda, 
uning islom fundamentalizmi nazariy asoslariga xayrixoxligi, moyilligini 
anglatadi. hattoki "Musulmon birodarlar" ham bu tushunchaga bir xil munosabatda 
bo‘lmaydilar. 
"Hokimiylik"ning 
moxiyati 
shundan 
iboratki, 
Olloh 
tomonidan 
yaratilganlardan hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas. 
CHunki ularni faqatgina Ollohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq 
qilib aytganda, odamlar qonun chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina 
egadirlar. "Hokimiylik"ni e’tirof etish bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu 
tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy hokimiyatning har qanday shaklini, 
diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor etadi. Mamlakat hukumati 
xuddi xalqi kabi qonun chiqarish hokimiyatidan mahrumdirlar. qonun tizimi 
ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u abadiydir. SHariatdan boshqa har qanday 
qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa - gunoxdir. YUqoridagalardan 
ma’lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy etuvchi 
hukumat Ollohga xos bo‘lgan sifat - "xuquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi. 
Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega 
emaslar. 
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni 
yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu 
ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga 
asoslangan huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol 
ravshsda rad etish talablari ham shundan kelib chiqadi. 
SHuni ham ta’kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda 
"fundamentalizm", "qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-
Salafiyya" tushunchasi bilan izoxlaydilar. 
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk 
musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e’tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf 
as-salihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular 


14 
islomning ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid’a, yo‘l qo‘yish 
mumkin bo‘lmagan holat sifatida baholaganlar. Bunga qur’onni ramziy-
majoziy talqin qilish usullaridan terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish 
"Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi. 
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari, 
jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda 
asoslangan bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus 
"jangovar" guruxlarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Aslida transformatsiyalashuv 
uchun bir qancha istiqbollari bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh 
(tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb tasviflanavermaydi. 
Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma’noni 
anglatadi. Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlariga tazyiq o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy 
maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir. 
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor: 
1. Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li). 
2. Jinoiy yo‘li. 
3. Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir. 
Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Fransiya inqilobi davrida 
istifoga kiritilgan edi. Hozirgi ma’nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama 
ko‘proq ijobiy ma’no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning 
ta’sirchan vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga 
qaratilgan sa’y-harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar 
paydo bo‘ldi. Ular ta’sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga 
inqilobiy aqidalar va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi. 
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16 
fevral kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va
shaharning besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari 
o‘nlab begunoh kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma’shum voqealar 
mamlakatimiz hayotini izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima 
sololmadi. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevral voqealarini sodir 
etgan bir guruh kimsalar qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin 
terrorchilar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999 
yilning avgustida Qirg‘iziston respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib, 
respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida 
qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza 
qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli tinchligimizni buzishga intilgan 
yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi. 
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi. 
Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va 
qolaversa maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. 


15 
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan 
harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. 
CHunki, O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi. 
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo 
viloyatining Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston 
hududi orqali kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga 
tayyorgarlik ko‘rdilar va Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi 
bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik 
tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek, 
tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir. 
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy 
maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga 
ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib 
ketishining xavfli ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi. 
Terrorchilik harakatlari, ya’ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat 
arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar 
vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob’ektlarni egallab olish, portlatish, 
odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat 
tinchligiga putur etkazadi. 

Download 359.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling