1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda


Download 91.46 Kb.
bet1/14
Sana15.11.2023
Hajmi91.46 Kb.
#1775974
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari


1.O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot to’plash

Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.


Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.
Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.
Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Test sinovidan o‘tish talablariga kelsak, rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun test sinovidan o‘tish talablari bir xil.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida test sinovida yetarli ball to‘play olmagan talabgor lavozimdan ozod etilishi yoki u qayta imtihon topshirgunga qadar uning ish o‘rni vakant bo‘lib turishi to‘g‘risida alohida talab belgilanmagan.
Biroq, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tili bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok etadilar.
Maqsad esa ayon – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengayib, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanish taʼminlanadi. Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetining kiritilishi bo`ldi.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-hunar ta`limining kiritilishi bilan informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari uchun informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim bo`ladi.
Bunda asosiy muammolar:
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari qanday;
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish lozim.
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)?
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish;
o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash;
o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish;
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyayevning “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora – tadbirlari to’g;risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo’yicha tilshunosh va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalarni bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.
O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.
Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.
O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;
davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) uch oy muddatda:
“O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini;
“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilsin;
v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:
mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;
ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;
davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 91.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling