5-Mavzu. Paxtani tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlash texnologik jarayonlari
Arrachali va cho’tkali barabanlarni tayyorlash tehnologiyasi
Download 0.82 Mb.
|
1 2
Bog'liq5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHo’tkali baraban.
7.2.Arrachali va cho’tkali barabanlarni tayyorlash tehnologiyasi.
Arrachali baraban. Arrachali baraban paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash jarayonini amalga oshirishdagi asosiy ishchi organi hisoblanadi. Val materlali P45, GOST 1050-90 bo’yicha. Val tayyorlamasi sifatida prokatdan (GOST 2590-90) foydalaniladi. Arrachali barabanni umumiy ko’rinishi 7.1-rasmda keltirilgan bo’lib, u val 1, disklar 2, qoplama 3 va unga 4 vintlar yordamida o’rnatilgan arrachali garnituralar 5 dan tashkil topgan. 1-val; 2-disk; 3-qoplama; 4-vint; 5-arrachali garnitura 7.1-rasm. Arrachali barabanni umumiy ko’rinishi Valni tayyorlashda asosan universal tasnifdagi, markazlararo masofasi katta bo’lgan tokarli dastgohlaridan foydalaniladi, disklar kelib o’tiradigan valdagi shponkali ariqchalar esa frezalash dastgohida bajariladi. Arrachali baraban vali chizmasi 7.2-rasmda keltirilgan. 7.2-rasm. Arrachali baraban vali ishchi chizmasi Valni tayyorlashda asosiy e’tibor podshipniklar joylashadigan qismlariga qaratiladi va bunda yuqori yuza sifati va aniq o’lcham kvalitetini olish talab etiladi. Buning uchun dumaloq jilvirlash dastgoxlaridan foydalaniladi. Arrachali baraban diski chizmasi 7.3-rasmda keltirilgan. Disk materlali kulrang chuyan SCH18, GOST 1412-90 bo’yicha. Disk materlali kulrang cho’yandan bo’lgani uchun uni tayyorlamasi qo’yish usuli yordamida olinadi. Tayyorlamasini aniqlik darajasi II-sinf , GOST 1855-90 bo’yicha. 7.3-rasm. Arrachali baraban “Disk” ining ishchi chizmasi Arrachali baraban diskini tayyorlash texnologiyasi qo’yidagi 7.1-jadvalda keltirilgan. 7.1-jadval Arrachali baraban “Disk” detalni ishlash texnologik jarayoni
Arrachali baraban diskini tayyorlash texnologiyasini ishlov berish operatsiylari ketma-ketligi quyidagi sxemalarda keltirib o’tilmoqda. Arrachali barabanni asosiy ishchi organi arrachali garniturani tayyorlash texnologiyasi to’g’risida ma’lumot ushbu bobdagi alohida qism qilib berilmoqda. CHo’tkali baraban. CHo’tkali baraban paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash jarayonini amalga oshirishda arrachali baraban arrachali garniturasi tishlari ilib olgan paxta bo’laklari tozalangandan so’ng echib olish uchun ishlatiladi. CHo’tkali barabanni ishchi chizmasi quyidagi 7.4- rasmda keltirilgan.
7.4- rasm. CHo’tkali barabanning umumiy ko’rinishi va ishchi chizmasi CHo’tkali baraban vali materilai P45, GOST 1050-90 bo’yicha tayyorlama sifatida prokatdan foydalaniladi. CHo’tkali baraban vali arrachali baraban valiga o’xshash bo’lgani uchun, uni tayyorlash texnologik jarayoni ham o’xshash. Agarda arrachali barabanni asosiy ishchi organi arrachali garnitura hisoblansa, cho’tkali barabannni asosiy ishchi organi bo’lib cho’tkali planka hisoblanadi va uni tayyorlash ketma-ketligi qo’ydagidan iborat. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling