Ma’ruza – 2 metalll kesish dastgohlaridan rasional foydalan ish va ularni rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
4. РЭ маруза 10-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar va iboralar
- 1. Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar
- 2.1. Ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish
- 1.2. Profilaktika ishlarining turlari Davriy profilaktik operatsiyalar.
- Nazorat savollari
Ma’ruza – 2
ISH VA ULARNI REJALI OLDINDAN TA’MIRLASHNING YAGONA TIZIMI Reja: 1. Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar 2. Ta’mirlash va profilaktika ishlarining turlari va ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish 2.1. Ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatish 2.2. Profilaktika ishlarining turlari 2.3. Ta’mirlash ishlarining turlari
ta’mirlash, rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi, kichik ta’mirlash, o’rta ta’mirlash, kapital ta’mirlash, profilaktika ishlari, ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish, davriy profilaktik operatsiyalar, rejadan tashqari ta’mirlash.
O‘zbekistonning ta'mirlash xujaligi keyingi 20 yilda aytarli darajada yaxshilandi, lekin sanoatning asosiy tarmoqlarida hali ham asosiy ishlab chiqarishning tez usuvchi talablaridan orqada qolmoqda. Ko‘pgina ta'mirlash xizmatlari zamonaviy texnologik jihozlarga katta ehtiyoj sezmoqda. Mamlakat dastgohlari parkining uchdan bir qismidan ortiqrog‘i ta'mirlash bilan band. Shuning uchun mashinasozlikda texnologik jihozlarni rejali oldindan ta'mirlash va ratsional foydalanishning ilmiy va amaliy asoslangan tartibli tizimini ishlab chiqish va uni amalda tadbiq qilish katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mashinasozlik korxonalarining asosiy texnologik jihozi bo’lgan metall kesish dastgohlaridan foydalanish va ta’mirlash ishlari bo’yicha olib borilgan ilmiy, amaliy tajribalar va boshqa omillarga asoslangan holda tehnologik jihozlardan rasional foydalanish va ularni rejali oldindan ta’mirlashning ilmiy asoslangan yagona tizimi ishlab chiqilgan.
ROT tizimi metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni uzoq muddat davomoda ishga layoqatliligini saqlab, ularning to’la quvvatda va talab qilingan aniqlikda ishlashini ta’minlaydi. ROT tizimining asosiy vazifasi metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni xizmat davrida ta’mirlashlararo muddatini uzaytirish, ularni ta’mirlashga ketadigan sarf xarajatlarni kamaytirish va ta’mirlash ishlari sifatini oshirishdan iborat. ROT tizimini amalga tadbiq etish quyidagilarni nazarda tutadi: 1) ta’mirlash ishlarini va unung mazmunini aniqlash; 2) jihozlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha profilaktik operasiyalarni rejalashtirish va ularni amalga oshirishni nazorat qilish; 3) jihozlardan foydalanish bo’yicha asosiy qoidalarni ishlab chiqish; 4) metall kesish dastgohlarining ishlash sharoitini inobatga olgan holda ta’mirlash sikllarini, ta’mirlashlararo davrlarini o’rganish; 5) metall kesish dastgohlarini ta’mirlashni murakkablik kategoriyalarini aniqlash; 6) ta’mirlash ho’jaligi va ta’mirlash brigadalarini tashkil etish; 7) ta’mirlashning istiqbolli tehnologiyalarini qo’llash; 8) ehtiyot detal va uzellar bilan ta’minlash; 9) moylash ho’jaligini tashkil etish; 10) ta’mirlash ho’jaligini material texnik ta’minotini tashkil etish; 11) ta’mirlash ishlab chiqarish ishlari uchun chizma ho’jaligi, tehnik sharoitlar, normativ va tehnalogik hujjatlarni tashkil qilish; 12) xizmat ko’rsatish persanolini jihozdan foydalanishning asosiy qoidalari bilan tanishtirish; 13) ta’mirlashni o’tkazish sifatini va jihozdan to’gri foydalanishni nazorat qilishni tashkil etish; 14) metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish persanolini bilim darajasini tekshirish va malakasini tizimli oshirishni tashkil etish; 15) ta’mirlash xizmati ishchilariga mehnat haqi to’lash tizimini ishlab chiqish; 16) ta’mirlashning mehnat talabligi, materiallar sarfi, almashtiriladigan detallar ehtiyot qismi, ta’mirlashdagi to’xtab turish vaqtlari normativlarini ishlab chiqish.
Metalll kesish dastgohlariga hizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha bajariladigan ishlar quyidagi turlarga bo’linadi: ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish; davriy ta’mirlash operatsiyalari. Ular o’z tarkibiga: 1) jihozni yuvish; 2) karter tizimidagi moyni almashtirish va to’ldirish; 3) jihozni aniqlikka tekshirish; 4) jihozni ko’rikdan o’tkazish; 5) rejali (kichik, o’rta, kapital) ta’mirlashlarni oladi. Avariyalar natijasida bajariladigan ta’mirlashlar rejali bo’lmaganligi sababli ROT tizimida ko’zda tutilmaydi. 2.1. Ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish Jihozga ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish uning detallari, uzellari va boshqa mexanizmlarini hamda butun jihozning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida o’tkaziladigan profilaktik operatsiyalar hisoblanadi. Ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatishlar quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: dastgohni chang va iflosliklardan tozalash; jihozni ko’rikdan o’tkazish; moylash, sovitish tizimlarini, boshqarish mehanizmlarini, nazorat priborlarini va cheklovchilarni tekshirish, jihozdagi mayda deffektlarga barham berish; mahkamlash detallarini, yuritmalarni, tasmali va zanjirli uzatmalarni tekshirish. Ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish novbatchi chilangar, shornik, moylovchi va elektrik hamda dastgohchi-ishchi tomonidan amalga oshiriladi. Ta’mirlash xizmatining navbatchi ishchilari jihozdan foydalanish qoidalarini bajarilishini kuzatadi va uning ishlash jarayonida aniqlangan alohida deffektlariga tushlik vaqtida, smena almashishi oralig’ida, dastgohni qayta sozlash uchun to’xtab turgan vaqtlarida barham beradilar.
o’tkazish, yuvish va aniqlikka tekshirish ishlari kiradi. Jihozni ishlab chiqarish jaroyinini buzmasdan, ishdagi tanaffuslar, dam olish kunlari va ish bo’lmaydigan smenalarda ko’rikdan o’tkazishadi. Ko’rik vaqtida quyidagi asosiy ishlarni amalga oshiradi: a) tashqi ko’rikda butun dastgoh va uning uzellarini ishlashidagi deffektlar dastgohni ajratmasdan aniqlanadi; b) mexanizmlar holati ko’rilib, tekshirilib, yeilgan va lat yegan detallar almashtiriladi; v) support, karetka shpindel podshipniklardagi, vinti va gaykalardagi oraliqlar rostlanadi; friksionlar va tormozlar, stol, support, karetka va boshqalar harakat ravonligi tekshiriladi; g) stanina va karetka yo’naltiruvchilari, boshqa ishqalanuvchi yuzalar holati tekshiriladi, urilgan, tirnalgan joylar tozalanadi; d) sovitish, moylash, gidravlika tizimlari, cheklovchilar va boshqalar holati tekshirilib, mayda ta’mirlashlar amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda ko’rikdan oldin uzellar va detallar yuviladi, ya’ni ishchi yuzalardan iflosliklar, chang, abraziv materiallar tozalanadi, bu ta’mirlashlararo davrni uzaytiradi. Jihozni yuviush alohida detallar, uzellar va butun dastgoh holati haqida ma’limot olish imkonini beradi. Yuvishlar davriyligi 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval Metall kesish dastgohlarini yuvish davriyligi 1.3. Ta’mirlash ishlarining turlari Rejali ta’mirlashlar. ROT tizimi jihozlarni quyidagi uch xil turdagi ta’mirlashlarni ko’zda tutadi: kichik, o’rta va kapital ta’mirlashlar. Kichik ta’mirlash. Kichik ta’mirlash deb kam sondagi yeyilgan detallarni tiklash, ayrim uzellar va mehanizmlarni sozlash bilan agregatni navbatdagi ta’mirlashgacha normal ishlashini ta’minlaydigan, hajmi jihatidan eng kichik bo’lgan rejali ta’mirlash turiga aytiladi. Kichik tamirlashda quyidagi asosiy ishlarni bajarish nazarda tutiladi: a) dastgohni qisman ajratish, eng ko’p yeyilgan 2-3 ta uzellarni to’la ajratish, uzellar va dastgohni yuvish; b) valik va vtulkalar orasidagi oraliqlarni tekshirish va yo’qotish, yeyilgan vtulkalarni almashtirish, dumalash podshipniklarini sozlash, navbatdagi rejali ta’mirlashgacha xizmat qila
olmaydigan, yeyilgan podshipniklarni, klinlarni, plankalarni tishli g’lidiraklarni va boshqa detallarni Dastgohlar guruhi
Dastgohiarni yuvishlararo ishlash vaqti, soatda Alangalanuvchi qotishmalarga ishlov beruvchi dastgohlar 190 Abraziv asboblar, konveyrlar, rolganglar, metallarni kesib tushuruvchi arralar, qaychilar bilan ishlovchi dastgohlar 380
Metallik asboblar bilan ishlovchi dastgohlar 750
Og’ir metall kesish dastgohlari 570
Presizion dastgohlar (kordinataviy teshik yo’nish, etiltirish, rezba jilvirlash) va labaratoriya jihozlari 190
almashtirish; d) himoya qurilmalarini - kojuxlar, shitoklar, ishlov berilgan yuzalarni qirindi va abraziv changlardan himoya qurilmalarini ta’mirlash; e) stollar, supportlar karetkalar, plozunlar harakat ravonligini rostlash klinlarni tortish, siquvchi plankalarni rostlash; f) chegaralovchilar, qayta qo’shgichilar, tirkagichlar, sovitish tizimi, moylash tizimi nosozliklarini tekshirish; g) yaqin rejali ta’mirlashda almashtirilishi talab qilinadigan detallarni aniqlash va defektlar daftariga oldindan yozib qo’yish; h) dastgohni salt yurishda tekshirish, shovqinga tekshirish, qizishga tekshirish, ishlov berilgan detal bo’yicha aniqlikka va ishlov berilgan yuza g’adir-budirligiga tekshirish. Kichik ta’mirlashda jihozning to’xtab turish vaqti jihoz uchun
O’rtacha ta’mirlashda yeilish natijasida keyingi rejali ta’mirlashgacha ishlay olmaydigan detal va uzellar, o’rta yoki kapital ta’mirlashgacha ishlay olmaydigan murakkabroq detallar tiklanadi. O’rtacha ta’mirlashda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: a) dastgohni qisman ajratish, har xil uzellarning detallarini ko’rikdan o’tkazish, uzel va detallarni yuvish, defektlar daftarini tuzish, friktsion va tormozlarni tekshirish va ta’mirlash; b) ta’mirlashni ta’lab qiladigan stanina, support, karetka, stol, konsol, kolonka, polzun, va boshqalarning yo’naltiruvchilarini jilvirlash va shabirlash; d) valiklar, yeilgan vtulkalar, dumalash podshipniklari, friksion disklar, tishli g’ildiraklar, vint va gaykalarni tiklash va almashtirish; e) sovitish nasoslarini, moylash tizimi va gidravlikasini va boshqalarni ta’mirlash. Dastgohni yiqqandan so’ng moylash tizimi, gidravlika qurilmasi tekshiriladi, dastgohni salt yurishda va yuk ostida hamma surish va tezliklarda tekshirish amalga oshiriladi. Shundan so’ng universal dastgohlar va maxsus dastgohlar GOST bo’yicha aniqlikka tekshiriladi, dastgohning tashqi yuzalari kraskalanadi. O’rtacha ta’mirlash 1.2-jadvalda keltirilgan ish vaqtidagi to’xtashlar uchun normativlarga muvofiq amalga oshiriladi. Kapital ta’mirlash. Kapital ta’mirlash deb hajmi jihatidan eng katta bo’lgan rejali ta’mirlashga aytiladi. Kapital ta’mirlashda dastgoh va uning hamma uzellari hamda avtomatik liniyaning hamma jihozlari to’liq ajratilib, yeilgan hamma detallar va uzellar almashtiriladi, hamma bazaviy detallar ta’mirlanadi. Metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni kapital ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi: a) dastgohni ajratish, detal va uzellarni yuvish deffektlar daftarida oldin ko’rsatilgan deffektlarni aniqlash; b) T shaklida ariqchalari qizargan stollarni tiklash yoki almashtirish; d) sovitish, moylash va gidravlik sxemalarini, cheklash qurilmalarini ta’mirlash va boshqa ishlar. Dastgoh uzellari, avtomatik liniyaning boshqa jihozlari ta’mirlanib yig’ilgandan so’ng, harakat ravonligi rostlandi. Stollar, karetkalar, supportlar va boshqa mexanizmlar salt yurishda va yuk ostida hamma tezlik va surishlarda
obkatka qilinadi. Ishlov berilgan detallar aniqligi GOST bo’yicha tekshiriladi, kapital ta’mirlashga dastgohni kraskalash ham kiradi. Metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni kapital ta’mirlash bilan bo’gliq to’xtashlar uchun normativlar 1.2-jadvalda keltirilgan.
Metall kesish dastgohlari
Ta’mirlash turi Ta’mirlash brigadasi ishlaganida bitta ta’mirlash birligiga sutkadagi to’xtashlar meyori Bir smenada Ikiki smenada Uchinchi smenada Aniqlikka tekshirish (mustaqil operasiya)
0,10 0,05
0,04
Kichik 0,25
0,14 0,10
O’rta, 0,60
0,33 0,25
Kapital 1,00
0,54 0,41
Ilova: 1. To’xtovsiz ishlaydigan sexlarda kapital va o’rta ta’mirlashdan oldin agregatlar to’xtashi bitta ta’mirlash birligi uchun 0,1 sutka o’lchamida rejalashtirilgan. 2. Keltirilgan meyorlarda jihozni poydevordan yechib olish va transportirovka qilishga sarflanadigan vaqtlar nazarda tutulmagan. 3. Hisoblashda dastgoh va avtomatik liniyalarni ta’mirlash uchun to’xtash vaqti yaxlitlanib olinadi: kapital ta’mirlashda - 1 sutkagacha, o’rta va kichik ta’mirlashda - 1 smenagacha. 4. Presizion dastgohlarni ta’mirlashda to’xtash meyori 15% ko’paytiriladi. 5. Jihozlarni takomillashtirishda to’xtash vaqti meyori takomillashtirish bo’yicha ish hajmiga qarab ko’paytirilishi mumkun, meyor zavod bosh mexanigi tomonidan o’rnatiladi va bosh muxandis tomonidan tasdiqlanadi.
tashkil qilinib, metall kesish dastgohlari va avtomatik linyalar parvarishi grafik bo’yicha va sifatli bajarilganda rejadan tashqari ta’mirlashlarga o’rin bo’lmasligi kerak.
Nazorat savollari 1. Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi nima. 2. Rejali oldindan ta’mirlashning asosiy qoidalar. 3. Ta’mirlash ishlarining turlari aytib bering. 4. Profilaktika ishlarining turlari aytib bering. 5. Ta’mirlashlararo xizmat ko’rsatish aytib bering. 6. Davriy profilaktik operatsiyalar aytib bering. 7. Kichik ta’mirlash aytib bering. 8. O’rtacha ta’mirlash aytib bering. 9. Kapital ta’mirlash aytib bering. 10. Rejadan tashqari ta’mirlash aytib bering. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling