5-mavzu. Pensiya ta’minotini boshqarish


O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Pensiya jamg`armasini boshqarishdagi ishtiroki, vakolatlari


Download 71.85 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi71.85 Kb.
#1001405
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu

O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Pensiya jamg`armasini boshqarishdagi ishtiroki, vakolatlari


O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o`z nomi yozilgan muhrga ega bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi.


O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya- iqtisodiy organi sifatida O`zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini
hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta‘minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta‘minlaydi. Moliya vazirligi respublika byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari bo`yicha ijro etilishi uchun moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo`limlari, davlat sug`urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. Moliya vazirligi o`z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to`g`ridan- to`g`ri yoki o`zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O`zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta‘minlaydi.
Bir vaqtning o`zida fuqarolarning pensiya ta‘minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqish, Pensiya jamg`armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta‘minlash hamda Pensiya jamg`armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa, pensiyalarni va boshqa tegishli to`lovlarni tayinlash va to`lashning belgilangan qoidalarini qo`llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Moliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish va qo`llab-quvvatlash tadbirlarini mablag` bilan ta‘minlash manbalarini aniqlash va mablag` bilan ta‘minlash Moliya vazirligining funksiyasiga taalluqlidir. Byudjetdan tashqari jamg`armalarni tashkil qilish, shu jumladan, Pensiya jamg`armasini tashkil qilish ham Moliya vazirligining mutlaq huquqi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg`armalari mablag`larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu boshqarmaning muhim vazifalaridan biri pensiyalar va nafaqalarning to`g`ri tayinlanishi, hisoblanishi va o`z vaqtida to`lanishi hamda TMEKlarining faoliyatini nazorat qilishdan iborat.
Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalarining pensiya bilan bog`liq funksiyalariga quyidagilar taalluqli38:





38 ―O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi 870-sonli

      • byudjet tizimi byudjetlari va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg`armalar mablag`laridan foydalanishda masofadan kuzatish tizimini va kameral nazoratni joriy etish orqali tekshirishlar samaradorligini oshirish;

      • ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to`lovlari uchun ajratilgan mablag`lardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

      • davlat maqsadli jamg`armalari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg`armalar mablag`laridan foydalanilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

      • O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

      • fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to`lovlarni to`g`ri tayinlanishi, hisoblanishi, o`z vaqtida moliyalashtirilishi va to`lanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

      • tashkiliy-huquqiy shaklidan qat‘i nazar, tashkilotlardagi fuqarolarning pensiya yig`majildlarida mavjud bo`lgan ish stajini tasdiqlovchi va ish haqi to`g`risidagi hujjatlar to`g`riligi va haqqoniyligini tekshirish;

      • tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmati faoliyatini nazorat qilish;

      • shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg`arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to`g`ri va to`liq hisoblab chiqarilishi, o`z vaqtida to`lanishi hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki va uning filiallarida fuqarolarning shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag`laridan maqsadli foydalanilishi hamda foizlar to`g`ri hisoblab chiqarilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalariga davlat maqsadli va boshqa jamg`armalari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa jamg`armalar mablag`laridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ham taalluqlidir.



    1. Download 71.85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling