5-mavzu. Pensiya ta’minotini boshqarish
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi faoliyatini tashkil etish
Download 71.85 Kb.
|
5-mavzu
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi faoliyatini tashkil etishByudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo`limlarining namunaviy tuzilmalari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparatiga Pensiya jamg`armasi Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo`yicha, belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro qarorining 1-ilovasi ―O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to`g`risida‖gi Nizom. etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Pensiya jamg`armasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o`z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari va o`rinbosari Pensiya jamg`armasi Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo`yicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. Pensiya jamg`armasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Pensiya jamg`armasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o`rinbosarlari, Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari boshliqlari Pensiya jamg`armasining tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo`yicha Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo`limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Pensiya jamg`armasi Kuzatuv kengashining raisiga bo`ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi direktori: Pensiya jamg`armasi faoliyatiga rahbarlik qiladi; o`z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o`rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo`limlari rahbarlari Pensiya jamg`armasi o`rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi; o`z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo`limlari rahbarlari Pensiya jamg`armasi tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan buyruqlar, yo`riqnomalar chiqaradi va ko`rsatmalar beradi; belgilangan mehnatga haq to`lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Pensiya jamg`armasi tarkibiy boshqarmalari to`g`risidagi nizomni tasdiqlaydi; Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati xodimlarini, Pensiya jamg`armasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o`rinbosarlarini, Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; pul mablag`lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi; Pensiya jamg`armasining vaqtincha bo`sh mablag`larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi. Pensiya jamg`armasi o`z xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag`batlantirish jamg`armasini quyidagi manbalar hisobiga shakllantiradi: boquvchisini yo`qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo`lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog`liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to`lashga xarajatlarni to`lash uchun regressiv talablar (da‘volar) bo`yicha ish beruvchilar va fuqarolardan ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to`g`risida‖gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag`larning 15 foizi; majburiy ajratmalar, badallar va Jamg`armaga boshqa to`lovlarning o`z vaqtida to`lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar, penyalar summasining 5 foizi. Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag`batlantirish jamg`armasi, shuningdek Pensiya jamg`armasi mablag`larini sarflash tartibi to`g`risidagi Nizom Pensiya jamg`armasining Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Download 71.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling