5-Mavzu: pul massasi va pul agregatlari. Reja
Pul massasi va uning tarkibiy
Download 16.5 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul agregatlari
- M2 = M1 +
5.2. Pul massasi va uning tarkibiy
qismlari. Jamiyatda kredit pullarning rivojlanib ketishi, asta-sekinlik bilan nakd pullarning muomaladan siqib chikarilishi, bu borada davlatlarning rolini oshib borishi pulning massasini taxlil qilib borilishini talab qilib bordi. Agarda XIX asrning yuzinchi yillarida pul massasi konunlariga pulning tabiiyligi, turlari uning vazifalari, baxo masshtabi, pul tizimi xamda pulning sotib olish kobiliyatlarining o‘zgarishlari ta’sir etgan bo‘lsa, XX-XXI asrlarda bu muammo keskin o‘zgardi. Endi, pulning ishlab chikarishdagi roli, pul massasining iqtisodiy o‘sishga ta’siri, davlat siyosatining pul-kredit siyosatiga ta’siri asosiy masala bo‘lib qoldi. Pul massasi juda murakkab, o‘zgaruvchan va turli kategoriyali, xozirgi bank-moliya tizimining maxsuli bo‘lib rivojlanish boskichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasi tijorat banklari tizimidagi pul bazasining oshishi natijasida vujudga keladi va muomaladagi naqd pullardan va mijozlar hisobvaraqlaridagi pullar qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. Pul massasi barcha xo‘jalik sub’yektlari, aholi, davlat tashkilotlaridagi pul vositalarining yalpi xajmini o‘zida ifoda etadi. Xozirgi vaqtda jami pul massasini shartli ravishda pul agregetalariga taksimlash va foydalanish kabul kilingan. Pul agregatlari – bu, pul massasining bir kismi xisoblanib, belgilangan muddat va davr ichidagi pul aktivlarining jamlanmasiga aytiladi. Pul agregatlari turli davlatlarda turlicha statistik xisobotlarda olib boriladi va umuman olganda ular quyidagicha ifodalaniladi: Mo = muomaladagi nakd pullar (banknotalar, tanga pullar) va joriy bank schyotlaridagi mablaglarni uz ichiga oladi. M1 = Mo + tijorat banklardagi muddatli jamgarmalar va xisob raqalardagi quyilmalardan tarkib topadi. M2 = M1 + banklardagi muddatli va muddatsiz jamg‘armalar. M3 = M2 + iqtisoslashgan kredit-bank muassalardagi jamg‘armalar. M4 = M3 + aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, jismoniy shaxslarning banklardagi aktivlari. M5 = M4 + jismoniy va yuridik shaxslarning xorijiy valyutalardagi jamg‘armalari. Pul massasi va pul agregatlari turli mamlakatlarda turlicha aniqlaniladi, masalan: AQSH da 4 ta pul agregatlari, Yaponiyada va Germaniyada 3 ta va Fransiyada 2 ta pul agregatlaridan foydalaniladi. Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling