5-Mavzu: pul massasi va pul agregatlari. Reja


Download 16.5 Kb.
bet1/4
Sana14.11.2023
Hajmi16.5 Kb.
#1772023
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu


5-Mavzu: PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI.


Reja:
5.1. Pul muomalasi qonuni va uning moxiyati.
5.2. Pul massasi va uning tarkibiy qismlari.
5.3.Pul muomalasini tartibga solish usullari.


Asosiy tushunchalar: pul muomalasi, pul emmisiyasi, pul massasi, pul agregatlari, kvazim pullar, majburiy rezerv, ochiq bozor, kayta moliyalash.


5.1. Pul muomalasi qonuni va uning
moxiyati.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqiy iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va pulli xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo‘jaligidagi tovarsiz to‘lovlarga xizmat ko‘rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakillardagi harakatidir.
Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining ob’yektiv negizi bo‘lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o‘ziga va tovar-pullarga bo‘linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakillardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotning holatiga qarab har bir mamlakatda turli miqdordagi pul aylanib turadi. Aholisi ko‘p va iqtisodiyoti rivojlangan AQSH va Yaponiya bilan, iqtisodiyoti zaif va aholisi kam Mavritaniya yoki Fidji uchun bir xil miqdorda pul talab qilinmaydi.
Iqtisodiyotning asl talabi shuki, har qanday sharoitda ham pul muomalaga keragidan ortiqcha chiqarilmasligi lozim. Shu sababli pul emissiyasi bilan davlat shug‘ullanadi.
Davlat tomonidan muomalaga pul chiqarilishi pul emissiyasi deyiladi. Iqtisodiyot uchun zaruriy pul miqdori ikki narsaga bog‘liq:
1.Sotish uchun bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning pulga chaqilgan miqdori. Bozorga qancha ko‘p va qimmat mahsulotlar chiqarilsa, shuncha ko‘p pul kerak bo‘ladi va aksincha, qancha kam va arzon mahsulotlar chiqarilsa, shuncha kam pul kerak bo‘ladi.
2.Pul aylanish tezligi. Bu pul birligining yil davomida necha marta oldi-sotdiga xizmat qilgani, ya’ni «qo‘ldan-qo‘lga» o‘tganini bildiradi. Pul qanchalik tez aylansa shuncha kam, qanchalik sekin aylansa, shuncha ko‘p kerak bo‘ladi.


Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri, pul aylanish tezligiga esa teskari mutanosibdir, ya’ni:

Pul aylanishini tezlatish pul operasiyalarini o‘tkazish texnikasiga bog‘liq. Kassa apparatlarining bo‘lishi, pul sanaydigan mashinalarni ishlatish, yig‘ilgan pulni tezyurar vositalar bilan yetkazib berish, pul operasiyalarini avtomatik tarzda xujjatlashtirish kabilar pul harakatini tezlashtiradi.


Bank operasiyalarini avtomatlashtirish bir hisob raqamidan ikkinchisiga pul o‘tkazishni g‘oyat tezlashtiradi. Pul to‘lash qanchalik tez bo‘lsa, oldi-sotdi ham tez bitadi. Qonuniyat shundayki, iqtisodiyot rivoj topgan sari, kam miqdordagi pul bilan ko‘p miqdordagi pul operasiyalarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.



Download 16.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling