5-Mavzu: pul massasi va pul agregatlari. Reja
O‘zbekistonda 4 ta pul agregatlaridan foydalaniladi
Download 16.5 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3.Pul muomalasini tartibga solish usullari.
- Majburiy zaxiralar
O‘zbekistonda 4 ta pul agregatlaridan foydalaniladi.
M0 – naqd pullar; M1 = M0 + schyotlardagi pul koldigi + maxalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, jamoa va boshka tashkilot jamg‘armalari; M2 = M1 + Xalk bankidagi muddatli jamg‘armalar; M3 = M2 + Sertifikatlar, maksadli zayom obligatsiyalari, davlat zayom obligatsiyalari, xazina majburiyatlari. Pul massasi va tarkibini xamda dinamikasini taxlil kilish Markaziy bank tomonidan pul kredit siyosatini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 5.3.Pul muomalasini tartibga solish usullari. Turli davlatlarda pul muomalasi ma’lum koidalar asosida tartibga solib turiladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib boriladi. Bizda pul muomalasini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ko‘yidagi usullardan foydalaniladi: Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash. Tijorat banklari ochik bozorda qatnashishi. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash. Markaziy emissiya banki aktivlarining ko‘paytirilishi ayni bir vaqtda uning passivlarining ham tegishlicha o‘sishini anglatadi, ya’ni pul bazasining tashkil etilishiga olib keladi. Pul bazasi muomaladagi naqd pullardan, shuningdek, tijorat banklarning mamlakat Markaziy bankdagi majburiy va majburiy bo‘lmagan (ixtiyoriy va ortiqcha) zaxiralardan iborat bo‘ladi. Umuman olganda, tijorat banklarining zaxiralari deganda, bank omonatchilari to‘satdan katta miqdordagi to‘lov talablarini qo‘ygani holda, uning tezkorlik bilan muomalaga kiritadigan aktivlari tushuniladi. Tijorat banklarining Markaziy bankdagi zaxiralari majburiy va majburiy bo‘lmagan (ixtiyoriy va ortiqcha) zaxiralardan tarkib topadi. Majburiy zaxiralar deganda tijorat banklarining Markaziy bankdagi omonatlari (depozitlari)ning qonuniy tartibda belgilab qo‘yiladigan eng kam normasi tushuniladi. Mustaqillik yillarida makroiqtisodiy barqarorlik va o‘sishni ta’minlash uchun muomaladagi pul massasining asossiz yuqori sur’atlarda o‘sishining oldini olish maqsadida monetar siyosatning bilvosita instrumentlarini qo‘llash usullari takomilashtirildi, ulardan foydalanish qo‘lamlari yanada kengaytirildi. Shuningdek, ushbu davrda ochiq bozordagi operatsiyalarda qo‘llaniladigan qimmatli qog‘ozlar turlarini kengaytirish maqsadida Markaziy bankning yuridik va jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalar va depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi. Banklarning barqarorligini yanada mustaxkamlash va ularning likvidlikni tartibga solish maqsadida 2008 yilning 1 noyabridan boshlab, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar fondiga o‘tkazmalar bo‘yicha me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun bir xil, ya’ni 15 foiz etib belgilandi. Shuningdek, 1991-2010 yillar davomida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 300 foizdan 12 foizgacha bosqichma-bosqich kamaytirildi. 2011 yilning 1-yanvaridan boshlab, amaldagi qayta moliyalash stavkasi yillik 12 foiz etib belgilanishi tijorat banklarining depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir ko‘rsatishi natijasida tijorat banklarida uzoq muddatli kreditlar olishga, shuningdek mos ravishda iqtisodiyotning real tarmoqlariga ajratiladigan kreditlar hajmining sezilarli darajada oshishiga zamin yaratiladi. Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling