(208), (209), (210), (211) formulalarda aniqlanuvchi harorat deb qizigan
yuzadan uzoqroqdagi harorat qabul qilinadi.
(208) va (211) formulalarda aniqlanishi kerak bo‘lgan kattalik sifatida x qabul
qilingan. x — devorning boshidan boshlab issiqlik berish koeffltsienti aniqlanuvchi
maydonga bo‘lgan masofa, (209) ifodada ℓ — devor uzunligi, (210) formulada esa
d — quvurning tashqi diametri.
Agar suyuqlik hajmi katta bo‘lmasa, devor har
xil kichik teshiklar bilan
chegaralangan bo‘lsa, bu chegaralangan hajm deb ataladi. Bunda issiqlik berish
koeffltsienti suyuqlikning turiga, uning harakati, devorlar orasidagi haroratlar farqi,
teshiklarning geometrik kattaliklariga bog‘liq bo‘ladi.
Amaliy hisobda ko‘pincha suyuqlik qatlamidan issiqlik oqimini topish kerak
bo‘ladi. Bunday sharoitda chegaralangan hajmdagi qo‘sh
jarayonlar issiqlik
o‘tkazuvchanlikning ekvivalent jarayoniga almashtirib hisoblanadi:
Issiqlik nurlanish, temperaturaviy nurlanish —
jismning ichki energiyasi
hisobiga chiqariladigan elektromagnit nurlanish.
Masalan, choʻgʻlangan metallar sirtidan, yer atmosferasi va boshqalardan. dan
issiklik nurlanadi.Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 98 foizi infra qizil
nurlanishdir. Issiqlik nurlanish moddaning
mikroskopik jarayoniga, uning mutlaq
temperaturasi va optik xossalariga bogʻliq. Issiqlik
nurlanishning asosiy
tavsiyalaridan biri — jismning nurlanish qobiliyati; u Issiqlik nurlanish paytida jism
yorituvchanligining spektr zichligiga teng . Qizigan jism bilan termodinamik
muvozanatda boʻlgan Issiqlik nurlanish
uchun Kirxgof nurlanish qonuni, mutlaq
qora jism uchun Plank nurlanish qonuni, Stefan— Bolsman nurlanish qonuni va b.
bajariladi.