5-mavzu. Rossiya imperiyasi davrida turkistonda arxiv ishi


Turkiston general-gubernatorligida boshqaruvni tashkil etish


Download 76.55 Kb.
bet2/6
Sana06.11.2023
Hajmi76.55 Kb.
#1751728
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu chor rossiya davri

2. Turkiston general-gubernatorligida boshqaruvni tashkil etish.
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Rossiya imperiyasi tomonidan o‘lkaning katta qismini egallab olinishi va bu erda o‘ziga xos boshqaruv tizimini o‘rnatilishi ham aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. 1865 yil 2 martda Rossiya senatining Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Orol dengizidan Issiqko‘lgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilind. SHunday bir sharoitda Turkiston viloyatining ma’muriy qurilishini tartibga solishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi chor harbiy qo‘mondonligi qo‘liga o‘tdi. SHu mazmundagi birinchi hujjat YAngi Qo‘qon liniyasi qo‘mondoni M.G.CHernyaevning shtabida ishlab chiqilib, Peterburgga “O‘rta Osiy chegara viloyati haqidagi nizom loyihasi ko‘rinishida taqdim etildi. Bu loyiha Harbiy vazirlikda qayta ishlandi va 1865 yilning 6 avgustida Aleksandr II “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”ga imzo chekdi. Ushbu Nizomga muvofiq, mahalliy ma’muriyat boshlig‘i harbiy gubernator hisoblanib, uning qo‘liga harbiy va harbiy bo‘lmagan hokimiyat berilgan edi. Bu lavozimga rus amaldorlari tayinlangan bo‘lib, mahalliy aholi egallab turgan biy, oqsoqol, rais, qozi kabi lavozimlari vakillari ustidan umumiy nazorat yuritish va ularning lavozimlarini tasdiqlash, lavozimga tayinlash, bo‘shatish, almashtirish vakolatlariga ega bo‘lgan.
Mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi boshqaruvchilarning vazifalari joylarda tinchlikni saqlash, karvonlar xavfsizligini ta’minlash, o‘rmon, suv inshootlarini qo‘riqlash, o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni oldini olish, nizolarni hal qilish, aholiga soliq va maajburiyatlarni belgilash, ularni o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda undirilishini nazorat qilish, nazorat natijalarni ma’muriyatga etkazishdan iborat bo‘lgan.
1866 yil harbiy vazir D.A.Milyutinning tashabbusiga ko‘ra joylardagi ahvol bilan tanishish uchun, Turkiston viloyatiga maxsus komissiya jo‘natilgan. Uning a’zolari vaziyatni o‘rganib chiqib, viloyatni Orenburg general-gubernatorligidan ajratish va mustaqil boshqaruvni tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Ushbu masala D.A.Milyutin raisligida, Orenburg gubernatori N.A.Krijanovskiy, bosh shtab boshlig‘i, Osiyo departamenti direktori va boshqa amaldorlar ishtirokida o‘tgan O‘rta Osiyo viloyatlari tuzilishiga bag‘ishlangan maxsus komitet majlisida ko‘rib chiqilgan.
Orenburg general-gubernatorligidan tashqari barcha majlis qatnashchilari bitta fikrga keldilar. N.A.Krijanovskiyning etirozlari quyidagicha bo‘ldi: Turkiston va Rossiya o‘rtasida “ko‘chmanchi aholi yashaydi va shu tufayli viloyatlar hamda imperiyaning ichki qismi o‘rtasida o‘zaro mustahkam aloqa o‘rnatishga imkon bo‘lmaydi, bunday sharoitda Turkistondagi boshliqlar “o‘z faoliyatini faqat O‘rta Osiyodagi turmushga qarab amalga oshiradilar va natijada bir kuni kelib, mazkur faoliyat bilan imperiya manfaatlari o‘rtasida tafovut yuzaga keladi”. Orenburg general-gubernatori “avval Rossiya tomonidan yangi qo‘lga kiritilgan o‘lkada mustahkam o‘rnashish, aloqa yo‘llarini yaxshilash, Turkiston viloyatida ruslashtirishni amalga oshirish va shundan so‘ng alohida boshqaruvni joriy qilish lozim”, deb hisoblaydi.
Ushbu komissiyaning vazifasi bosib olingan hududlardagi sharoitni o‘rganish hamda ularni qanday boshqarish haqida nizom tuzish uchun ma’lumotlar to‘plashdan iborat bo‘lgan. Komissiya o‘z ishi jarayonida bosib olingan erlardan quyidagi qoidalarga asoslangan holda foydalanishni belgilab bergan:

  • o‘lkani harbiy va fuqaro hokimiyatini bir qo‘lda to‘plagan holda boshqarish.;

  • siyosiy hokimiyatga ega bo‘lmagan barcha ichki ishlarni boshqarishni erli aholining xulq-atvori va urf-odatlarini hisobga olib, mahalliy aholi qo‘liga topshirish;

  • davlat manfaatlariga ziyon etkazadigan mahalliy boshqarma qonun va urf-odatlarini yo‘qotish;

  • imkoniyat darajasida sudni hokimiyatdan ajratib qo‘yish.

Mazkur komissiya tomonidan ishlab chiqilgan “Ettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish haqidagi qoidalar loyihasi” bo‘yicha Rossiya imperiyasi hukumati qabul qilgan qarorda quyidagilar qayd etib o‘tilgan:

  • loyihada ko‘rsatilgan hududlarda Ettisuv va Sirdaryo viloyatlari tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilsin;

  • general-gubernatorga o‘lkani boshqarish uchun loyihada nazarda tutilgan shtatlardan kelib chiqqan holda, boshqarish uchun amaldorlar olishga imkoniyat berilsin;

  • General-gubernatorga loyida ko‘rsatilgan holatlarni o‘lkadagi mahalliy xalqlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda so‘nggi marta qonuniy tartibda ko‘rib chiqib, xulosa berish uchun topshirilsin;

  • ungacha, o‘lkani tuzilishi uchun favqulodda muhim va foydali hisoblangan choralarni ko‘rish uchun vakolat berilsin.

1867 yil 11 aprelda Aleksandr II komissiya a’zolarining fikrini tasdiqlagan va 1867 yil 11 iyulda Rossiya imperiyasi tarkibida “Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qonun e’lon qilingan. Uning birinchi general-gubernatori qilib fon Kaufman tayinlangan.
Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga G‘arbiy Sibir general-gubernatorligi tasarrufida bo‘lgan Semipalatinsk viloyati hududining bir qismi kiritildi. CHegara chizig‘i Semipalatinsk viloyati cheragasidan Balxash ko‘lining o‘rtasigacha, undan Sarisuv daryosiga qadar davom etgan. Orenburg general-gubernatorligi bilan chegara chizig‘i Perovsk ko‘rfazi o‘rtasigacha, Termenbes tog‘iga, undan Terken, Qalmas, Muzbil, Oqqum, CHubartepa tog‘lari bo‘ylab Mo‘yinqumning Janubiy etaklari va Sarisuv daryosi CHu daryosi bilan qo‘shilgan joyga qadar borgan.
Dastlab, Turkiston general-gubernatorligi ikki viloyat: markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo hamda markazi Verniy shahrida bo‘lgan Ettisuv viloyatiga bo‘lingan. Keyinchalik bosib olingan hududlar himobiga qo‘shimcha tarzda quyidagi ma’muriy-hududiy birliklar tashkil qilindi: 1868 yilda – markazi Samarqand bo‘lgan Zarafshon okrugi; 1874 yilda – markazi Petroaleksandrovsk (To‘rtko‘l)da bo‘lgan Amudaryo bo‘limi; 1876 yilda Qo‘qon xonligining tugatilishi hisobiga – markazi YAngi Marg‘ilon (Farg‘ona) shahrida bo‘lgan Farg‘ona viloyati. Ettisuv viloyati Sergiopolsk, Ko‘pal, Verniy, Issiqko‘l va To‘qmoq uezdlariga bo‘lingan. 1882 yili u Turkiston general-gubernatorligi tarkibidan chiqarilgan.
Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati imperiyaning boshqa o‘lkalari boshqaruvidan o‘zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turadi. Rossiya hukumatining Turkiston o‘lkasi uchun 1865-1916 yillar oralig‘ida ishlab chiqqan va amalga tadbiq etgan o‘nta qonun loyihalari (1865, 1867, 1971, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916 yillar)da adliya, moliya, harbiy hamda ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o‘zgarishlarda ana shu holat o‘z aksini topgan.
Arxiv manbalarining guvohlik berishicha, chor hukumatining 1867 yilgi manifestiga ko‘ra, Aleksandr II tomonidan fon Kaufmanga o‘lkani boshqarish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilgan. Manbalarda keltirilishicha, general-gubernatorga siyosiy, chegaraviy va savdo ishlarini hal qilish, qo‘shni mamlakatlar bilan Rossiya imeriyasining o‘zaro aloqalariga tegishli muzokaralar olib borish va bitimlar imzolash, o‘zaro kelishuvga erishish, qarorlar qabul qilish uchun ishonchli vakillarni jo‘natishda cheklanmagan vakolatlar berilgan. Turkistonning birinchi general-gubernatori uddaburon va ayyor general fon K.P.Kaufman o‘ziga berilgan “Turkiston o‘lkasida tartib o‘rnatuvchi” degan nomni oqlab, 15 yil (1867-1882 yy.) davomida Rossiya imperiyaning o‘lkadagi mustamlakachilik siyosatini mustahkamlashga sadoqat bilan xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasi hukumatining Turkiston o‘lkasi borasidagi 1867 yilgi nizomi loyihasida Turkiston o‘lkasining harbiy vazirlik tarkibida bo‘lishi, o‘lka harbiy hokimiyat orqali boshqarilishi, o‘lka boshqaruvini imperiyada mavjud boshqaruv tizimiga yaqinlashtirish, uning ma’muriy-hududiy bo‘linishida imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va strategik maqsadlaridan kelib chiqib ish ko‘rillishi va boshqalar ko‘rsatib o‘tilgan.
Turkiston general-gubernatorligini boshqarish bo‘yicha ilk dasturiy hujjatlarning ishlab chiqilishida harbiy vaziyat omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular yangi hududlar bosib olinishi bilan yuzaga kegan va qoida tarzida “muvaqqat” xususiyatga ega bo‘lgan. CHunonchi Sirdaryo va Ettisuv viloyatlaridagi “Boshqaruv to‘g‘risidagi Nizom” 1867 yili tajriba tarzida uch yilga joriy qilingan. Undan tashqari, 1868 yilning iyunida “Zarafshon okrugini boshqarish Muvaqqat Qoidalari”, “Farg‘ona viloyatini boshqarish bo‘yicha 1873 yil Muvaqqat Nizom”, “Amudaryo bo‘limini brshqarish bo‘yicha 1874 yil 21 may nizomi” ham ishlab chiqilgan.
Rossiya imperiyasining 1968, 1871, 1873 , 1874 yillarda Turkiston o‘lkasini boshqarishga oid nizomlari tasdiqlanmagan bo‘lsada, ularda keltirilgan tartiblar 1876 yilda yangi tashkil etilgan Farg‘ona viloyatida joriy etilgan.
Viloyatlar boshqaruvida bosh rolni o‘ynovchi moliya va xo‘jalik bo‘linmasiga quyidagi muhim vazifalar yuklangan edi: o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida er taqsimoti, vaqflar bilan bog‘liq ishlarni yuritish, suvdan foydalanish va tub aholiga soliq solish ishlarini boshqarish; mahalliy pul majburiyatlari smetasini tuzish va mahalliy sarf-xarajatlarni boshqarish, boj yig‘imlarining nazorati va nizom ishlarini hal qilish; turli shartnomalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash, yakka shaxslarning iltimosiga ko‘ra, viloyat xom ashyo manbalari bilan ish olib borish, sanoat korxonalari va firmalar ochishga litsenziyalarni rasmiylashtirish; savdo bitimlari va pudratlarini rasmiylashtirish.
1882 yil 8 mayda imperatorning “Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinadi. Taftish ishlariga rais etib Turkmiston o‘lkasini bosib olish va boshqarish bo‘yyicha komiyassiyaning sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F.K.Girs tayinlangan. 1883 yilda Girs taftish ishlarini tugallab, imperatorga general-gubernatorlik va unga qarashli tashkilotlarning umumiy ahvoli to‘g‘risidagi hisoboti bilan birga “O‘lkani boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” loyihasini taqdim etadi.
Mazkur Nizomning qayta ishlangan so‘nggi loyig‘asini tayyorlash maqsadida 1884 yil 21 yanvarda imperator ko‘rsatmasi bilan Davlat Kengashi a’zosi, general-ad’yutant, graf N.Ignatev boshchiligida komissiya tuziladi.
1886 yil 12 iyunda “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” Rossiya imperatori tomonidan tasdiqlanadi. O‘lkani boshqarish bo‘yicha qabul qilingan shu va boshqa hujjatlarning barchasi rasmiylashtirilgan va ularning ijrosini ta’minlanishi qat’iy nazorat qilingan.
1886 yilgi “Nizom”ga ko‘ra, Turkiston o‘lkasini boshqarish quyidagilarga bo‘lingan:

  • Bosh boshqarma;

  • turli tarmoqlarning alohida qismlarini boshqarish;

  • mahalliy ma’muriy boshqaruv: viloyat-uezd-volost-qishloq;

  • sud boshqaruvi.

Turkiston general-gubernatorligi huzurida Kengash, maxsus topshiriqlarni bajarish uchun amaldorlar, tarjimon va bunda faoliyat yuritayotgan kanselyariyaning rasmiy hujjatlarini yurituvchi xodim faoliyat yuritgan.

Download 76.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling