5-Mavzu: Shaxs


Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi


Download 63.34 Kb.
bet5/13
Sana18.02.2023
Hajmi63.34 Kb.
#1212196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-maruza sirtqi (2)

Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi
O‘z-o‘zini anglashning yana bir xususiyati shundan iboratki, uning ijtimoiylashuv jarayonida rivojlanishidir. Bunday rivojlanish nazorat etiladigan, shuningdek faoliyat va muloqot diapozonining kengayishi sharoitida ijtimoiy tajribani muntazam egallash orqali aniqlashtirilib boriladigan jarayondir. O‘z-o‘zini anglash shaxsdagi chuqur, intim xarakteristikalariga mansub bo‘lib, uning rivojlanishi faoliyatdan tashqarida amalga oshmaydi. Shaxs faqat faoliyat jarayonidagina o‘zining o‘zi haqidagi tasavvurlar bilan atrofdagilarning u haqidagi tasavvurlarini taqqoslab boradi, kerak bo‘lsa, “korreksiyalaydi”.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash sohasi - bu "Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borish jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida shaxs dastlab o‘zining boshqalardan farqli jihatlarini anglash bilan birga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so‘ng, shaxsda o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
«Men» siymosi – ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men» siymolar bo‘lishini qayd etishadi.
O‘spirinlik davriga xos bo‘lgan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o‘spirinning «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.
R.Bernsning «Men» konsepsiyasi. R.Berns «Men» konsepsiyasining differensiyalashgan tizimini taklif qildi. Unga ko‘ra «Men» konsepsiyasining asosini o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkalari tizimi tashkil qiladi. «Men» konsepsiyasi strukturasining asosiy komponentini quyidagi ustanovkalar tashkil qiladi: - kognitiv; - emotsional; - xulq-atvor.
R.Berns «Men» konsepsiyasining ierarxik (ketma-ketlik bilan bir-biriga teng bo‘ysundirish usuli) tizimi ko‘rinishida «Men» konsepsiyasi cho‘qqisiga erishib, o‘z-o‘zini anglashdagi imkoniyatlar chegarasini ochib berdi. R.Berns «Men» konsepsiyasi elementlarini quyidagicha tasniflagan:
a) «Men» - anglovchi; b) «Men» - ob’ekt.
U «Men» konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan ustanovkalarining yig‘indisi deb tushuntiradi. U buni ikki komponentga bo‘ladi, bu komponentlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki o‘zini qabul qilish – «Men - anglovchi» - «Men» obrazi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida «Men ob’ekt» bilan bog‘liq bo‘ladi.
R.Berns o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkasini 3 ga bo‘ladi:
- real (haqiqiy) Men ustanovkasi – bu individning o‘z aktual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishi.
- oynadagi Men ustanovkasi
- kelajakdagi Men ustanovkasi.
R.Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog‘onada “Men” konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. Bular: - ijtimoiy men; - ma’naviy men; - jismoniy men.
R.Berns nazariyasida jismoniy men aspekti boshqa elementlarga nisbatan zaifroq ochib berilgan
“Men” konsepsiya doirasiga kiradigan tushunchalar quyidagilar:
Ideal yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men”. Shaxsning “Men” konsepsiyasi uning ayni paytdagi xarakterlovchi “Men” tizimlarini emas, balki shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan “Men”larni o‘z ichiga ham oladi. Amerikalik psixolog tadqiqotchi J.Markus va uning hammualliflarining fikricha, bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men” o‘z tarkibiga shaxs bo‘lishni istagan tasavvurlar - badavlat, yoqimtoy, sevimli “Men”larni oladi (Marcus et al.,1989; Marcus & Nurius, 1986). Bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men”ning ichiga shaxs bo‘lishdan qo‘rqadigan “Men”lar ham kiradi - ishsiz “Men”, “ikkichi” Men, yoqimsiz “Men”. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men” shaxsni har doim ma’lum maqsadlarga erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so‘ng, shaxs o‘zi intilgan hayotni ko‘rishga muyassar bo‘lishi mumkin.

Download 63.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling